Puxta ishlab chiqilgan va tartib bilan yozilgan obyektga mo‘ljallangan
dastur ishonchli bo‘ladi. Obyektlarning modulli tabiati dastur qismlaridan
birida, uning boshqa qismlariga tegmagan holda, o‘zgartirishlarni amalga
oshirish imkonini beradi. Obyekt tushunchasi tufayli, axborotga ushbu
axborot kerak bo‘lgan shaxslar egalik qiladi, ma’suliyat esa berilgan
funksiyalarni bajaruvchilar zimmasiga yuklatiladi.
Qayta qo‘llanish imkoniyati. Quruvchi uy qurishga kirishar ekan, har gal
g‘ishtlarning yangi turini ixtiro qilmaydi. Radiomuhandis yangi sxemani
yaratishda, har gal rezistorlarning yangi turini o‘ylab topmaydi. Unda nima
uchun dasturchi “g‘ildirak ixtiro qilaverishi kerak?” Masala o‘z yechimini
topgan ekan, bu yechimdan ko‘p martalab foydalanish lozim.
Malakali ishlab chiqilgan obyektga mo‘ljallangan sinflarni bemalol
takroran ishlatish mumkin. Xuddi modullar kabi obyektlarni ham turli
dasturlarda takroran qo‘llash mumkin. Modulli dasturlashdan farqli o‘laroq,
OMY mavjud obyektlarni kengaytirish uchun vorislikdan, sozlanayotgan
kodni yozish uchun esa polimorfizmdan foydalanish imkonini beradi.
Kuzatib borishda qulaylik. Dasturiy mahsulotning ish berish davri uning
ishlab chiqilishi bilan tugamaydi. Dasturni ishlatish jarayonida kuzatib
borish deb nomlanuvchi jarayon muhimdir. Dasturga sarflangan 60 foizdan
80 foizgacha vaqt kuzatib borishga ketadi. Ishlab chiqish esa ish berish
siklining 20 foizinigina tashkil etadi.
Puxta ishlangan obyektga mo‘ljallangan dastur ishlatishda qulay bo‘ladi.
Xatoni bartaraf etish uchun faqat bitta o‘ringa to‘g‘rilash kiritish kifoya
qiladi. Chunki ishlatishdagi o‘zgarishlar, boshqa barcha obyektlar
takomillashtirish afzalliklaridan avtomatik ravishda foydalana boshlaydi.
O‘zining tabliyligi tufayli dastur matni boshqa ishlab chiquvchilar uchun
tushunarli bo‘lmog‘i lozim.
Dostları ilə paylaş: