Kengayishga qodirlik. Foydalanuvchilar dasturni kuzatib borish
paytida tez-tez tizimga yangi funksiyalarni qo‘shishni iltimos qiladilar.
Obyektlar kutubxonasini tuzishning o‘zida ham ushbu obyektlarning
funksiyalarini kengaytirishga to‘g‘ri keladi.
Dasturiy ta'minot statik (qotib qolgan) emas. Dasturiy ta’minot foydali
bo‘lib qolishi uchun, uning imkoniyatlarini muttasil kengaytirib borish
lozim. OMY da dasturni kengaytirish usullari ko‘p. Vorislik, polimorfizm,
qayta aniqlash, vakillik hamda ishlab chiqish jarayonida foydalanish
mumkin bo‘lgan ko‘plab boshqa shablonlar shular jumlasidandir.
Yangi versiyalarning davriy chiqarilishi. Zamonaviy dasturiy
mahsulotning ish berish davri ko‘p hollarda haftalar bilan o‘lchanadi. OMY
tufayli dasturlarni ishlab chiqish davrini qisqartirishga erishildi, chunki
dasturlar ancha ishonchli bo‘lib bormoqda, kengayishi osonroq hamda
takroran qo‘llanishi mumkin.
Dasturiy ta’minotning tabiiyligi murakkab tizimlarning ishlab
chiqilishini osonlashtiradi. Har qanday ishlanma hafsala bilan yondashuvni
talab qiladi, shuning uchun tabiiylik dasturiy ta’minotning ishlab chiqish
davrlarini qisqartirish imkonini beradi, chunki butun diqqat-e’tiborni
yechilayotgan masalaga jalb qildiradi.
Dastur qator obyektlarga bo‘lingach, har bir alohida dastur qismini
boshqalari bilan parallel ravishda ishlab chiqish mumkin bo‘ladi. Bir nechta
ishlab chiquvchi sinflarni bir-birlaridan mustaqil ravishda ishlab chiqishi
mumkin bo‘ladi. Ishlab chiqishdagi bunday parallellik ishlab chiqish vaqtini
qisqartiradi
Dostları ilə paylaş: |