1. Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik



Yüklə 95,14 Kb.
səhifə2/13
tarix02.01.2022
ölçüsü95,14 Kb.
#46410
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1854 09.09.2008

QOIDALARI

Ushbu qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 75-moddasi, Jinoyat-ijroiya kodeksining 165-moddasi va Jinoyat-protsessual kodeksining 534 va 542-moddalariga muvofiq mahkumlarni kasalligi tufayli jazoni o‘tashdan ozod qilishga taqdim etish tartibini belgilaydi.



I. Og‘ir kasallikka chalingan mahkumlarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish va ularni kasalligi tufayli jazoni o‘tashdan ozod qilishga taqdim etish tartibi.

1. Sud hukmi bilan jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar jazoni o‘tash davrida og‘ir kasallikka chalinsalar yoki ularda sudlanishdan oldin bor bo‘lgan kasalliklar jazo muddatini o‘tash davrida kuchayib ketib, jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq, Mahkumlarni kasalligi tufayli jazoni o‘tashdan ozod qilishga taqdim etish uchun asos bo‘ladigan kasalliklar Ro‘yxati (bundan keyin matnda kasalliklar Ro‘yxati deb yuritiladi)da ko‘rsatilgan kasalliklardan birining yoki bir nechtasining tusini olsa, ular O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Maxsus tibbiy komissiyasi (bundan keyin matnda IIV maxsus tibbiy komissiya deb yuritiladi), joylarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar IIB maxsus tibbiy komissiyalari (bundan keyin matnda joylardagi maxsus tibbiy komissiyalar deb yuritiladi) tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladilar.

2. IIV maxsus tibbiy komissiyasi va joylardagi maxsus tibbiy komissiyalar quyidagi tarkibda tuziladi:

rais — Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari (joylarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar IIB Tibbiyot bo‘limlari boshlig‘i);

a’zolari — O‘zbekiston Respublikasi IIV Tibbiyot boshqarmasi bosh mutaxassislari, joylarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar IIB Tibbiyot bo‘limlari mutaxassis shifokorlari; (jami uch kishidan kam bo‘lmagan tarkibda tuziladi).

IIV maxsus tibbiy komissiyasi bemor mahkumlarni (joylardagi maxsus tibbiy komissiya esa, faqat joyidan qo‘zg‘atib bo‘lmaydigan og‘ir bemor mahkumlarni, IIV maxsus tibbiy komissiya a’zolaridan biri ishtirokidagina), tibbiy tekshiruvdan o‘tkazadi va ularda kasalliklar Ro‘yxatida qayd etilgan kasalliklar borligi tasdiqlangan holatlarda ularni kasalligi tufayli jazoni o‘tashdan ozod etish uchun sudga tavsiya kiritish haqida qaror qabul qiladi va mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq mahkumni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi haqida xulosa tuzadi.

Oldingi tahrirga qarang.



3. IIV maxsus tibbiy komissiyasi tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, joylardagi maxsus tibbiy komissiyalar tarkibi esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, viloyatlar IIB boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi. IIV maxsus tibbiy komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari, Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining me’yoriy hujjatlariga hamda ushbu Qoidalarga asosan faoliyat yuritadi.

(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)

IIV maxsus tibbiy komissiyasi a’zolari jazoni ijro etish muassasalariga kirib chiqishlari uchun Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi tomonidan o‘rnatilgan tartibda doimiy ruxsatnoma bilan ta’minlanadilar.

IIV maxsus tibbiy komissiyaga o‘z majlislarini o‘tkazishi uchun qulay xonalar ajratish, zarur xollarda avtotransport bilan ta’minlash jazoni ijro etish muassasasi boshlig‘iga yuklatiladi.

IIV maxsus tibbiy komissiyasi faoliyatiga aralashish, komissiya a’zolariga tazyiq o‘tkazish qat’iyan taqiqlanadi.

4. IIV maxsus tibbiy komissiyasi kasalliklar Ro‘yxatida qayd etilgan og‘ir kasallikka chalinganligi haqidagi qarorni, bemor mahkum davolash muassasalarida statsionar sharoitda chuqur tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, undagi klinik tashxis sog‘liqni saqlash idoralarining yetakchi mutaxassislari tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng qabul qiladi.

Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga qarashli respublika miqyosidagi kasalxonada davolanayotgan og‘ir bemorlar tashxisi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasi bosh mutaxassislari tomonidan ham tasdiqlanishi lozim.

Ruhiy kasallikka duchor bo‘lgan mahkumlar ruhiy bemorlar kasalxonasida yoki ruhiy kasalliklarni davolash bo‘linmasida statsionar sharoitda sinchiklab tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladilar.

Ushbu statsionarlarda ularga qo‘yilgan klinik tashxis Sog‘liqni saqlash vazirligining psixiatriya bo‘yicha yetakchi mutaxassisi va Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasi bosh psixiatri tomonidan maslahat ko‘rigida tasdiqlanishi lozim.

Klinik tashxisi tasdiqlangan va bemorning ruhiy holati bo‘yicha kamida ikkita vrach-psixiatr ishtirokida psixiatrik tekshiruv dalolatnomasi tuzilgan bemorlar komissiya ko‘rigiga taqdim etiladilar.

Jazoni ijro etish muassasalari kasalxonalarida davolanayotgan bu toifadagi mahkumlar tomonidan sodir etilgan har bir o‘z joniga yoki o‘zga shaxsning sog‘ligi va joniga suiqasd qilish, shuningdek muassasaning ichki tartib intizomini buzish holatlari tegishli nazoratchi-navbatchi guruh xodimlari tomonidan hujjatlashtirib borilishi lozim.

5. Mutaxassis-shifokorlar tomonidan klinik tashxis qo‘yilishi jarayonida tibbiy ko‘rik bayoni to‘liq, aniq dalillar bilan yoritilishi, klinik simptomlar va laborator tahlillar bilan isbotlanishi lozim. Bemor qo‘yilgan klinik tashxisga binoan zaruriy adekvat (konservativ, radikal, xirurgik va ba’zi kasalliklar uchun maxsus) davo muolajalarini imkon boricha olgan bo‘lishi lozim.

Agar mahkumni Sog‘liqni saqlash tizimidagi kasalxonalarda qo‘shimcha tarzda tekshirish va statsionar sharoitda davo muolajalarini o‘tkazishga zarurat bo‘lsa muassasa boshlig‘i ushbu masalani shifokorlar tomonidan kiritilgan bildirgida ko‘rsatilgan vaqtdan kechiktirmay Sog‘liqni saqlash vazirligi, joylardagi Sog‘liqni saqlash boshqarmalari bilan avvaldan kelishilgan tartibga muvofiq hal qiladi.

6. Bemorga nisbatan davo muolajalarining o‘z vaqtida to‘liq o‘tkazilayotgani, o‘tkazilgan adekvat davo muolajalari natijasida bemorning holatida ijobiy natijalarga erishilmayotganligi, hamda bemorning sog‘ligi holatida hayoti uchun xavfli alomatlar paydo bo‘layotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd etish bilan bir qatorda kasallik tarixini sifatli, aniq va to‘g‘ri to‘ldirilishiga davolovchi shifokor va bo‘linma (kasalxona) boshlig‘i javobgar bo‘ladi.

Bunday og‘ir bemorlarni o‘z vaqtida, o‘rnatilgan tartibda IIV maxsus tibbiy komissiyasi ko‘rigiga taqdim etish jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi tizimidagi respublika miqyosidagi kasalxona, joylarda tergov hibsxonasi, jazoni ijro etish muassasalari (shu jumladan manzil-koloniyalar ham) tibbiyot bo‘limlari va bu muassasalarning boshliqlari zimmasiga yuklatiladi.

7. Mahkumga nisbatan o‘tkazilgan tekshiruv va davolash natijalariga asosan IIV maxsus tibbiy komissiyasi uni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi.

Bemor mahkumlarda aniqlangan kasalliklar, kasalliklar Ro‘yxatida qayd etilgan kasalliklardan biri yoki bir nechtasining tusini olganligi va ular jazoni o‘tashga monelik qilishi ma’lum bo‘lgan hollarda, IIV maxsus tibbiy komissiyasi ularga nisbatan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi haqida xulosa tuzadi.

Xulosa IIV maxsus tibbiy komissiyasi a’zolari tomonidan imzolanadi va unga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasining (joylarda IIV, IIB Tibbiyot bo‘limlarining) gerbli muhri qo‘yiladi. Imzolangan va muhr qo‘yilgan xulosa muassasa ma’muriyatiga komissiya majlisi o‘tkazilgan paytdan boshlab 12 soatdan kechiktirilmay topshirilishi shart.

8. Bemor mahkumda aniqlangan kasalliklar, kasalliklar Ro‘yxatidagi kasalliklarga to‘g‘ri kelmaganligi va komissiya bemor mahkumga nisbatan tegishli tibbiy xulosa tuzishni rad etish haqida qabul qilgan qarori bemorning kasallik tarixiga yozib qo‘yiladi.

Ushbu rad qarori mahkumga davolovchi shifokor yoki turkum boshlig‘i ishtirokida komissiya raisi tomonidan e’lon qilinadi.

Joylarda, rad qarori IIV maxsus tibbiy komissiyasi vakili tomonidan e’lon qilinadi. Komissiya ko‘rigidan o‘tgan mahkumlar mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq maxsus daftarda qayd qilinadi.

9. Mahkumdagi kasallik jazo muddatini o‘tash davrida o‘ziga-o‘zi ataylab shikast yetkazish natijasida paydo bo‘lganligi aniqlansa, hamda bemor mahkum davo muolajalaridan bosh tortgan hollarda (bu holat tegishli dalolatnomalar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak) u kasalligi tufayli jazo muddatini o‘tashdan ozod qilinishga tavsiya etilmaydi.

Mahkumlarning o‘tkir ruhiy holatda o‘ziga-o‘zi shikast yetkazganligi yoki o‘zini boshqara olmay davo muolajalarini to‘liq olmaganligi mutaxassis-shifokorlar tomonidan tasdiqlangan holatlar bundan mustasno.

10. Mahkumlarni kasalligi tufayli o‘talmay qolgan jazodan ozod qilish masalasi u saqlanayotgan joydagi sud tomonidan qonunda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi lozim.

Sud majlisida bemor mahkum, prokuror, qonunda belgilangan holatlarda himoyachi, taqdimnoma kiritgan muassasa boshlig‘i va kasalxona (tibbiyot bo‘limi) mas’ul xodimi hamda bemorning davolovchi (ruhiy kasallikka chalingan bemor masalasi ko‘rilayotganda — psixiatr) shifokor ishtirok etadi.

Himoyachi qatnashishi majburiy bo‘lgan hollarda uning ishtirok etishi muassasa boshlig‘i tomonidan ta’minlanadi.

11. Mahkumni kasalligi tufayli jazoni o‘tashdan ozod qilish haqidagi taqdimnoma bo‘yicha qabul qilingan sud qarori ustidan yuqori turuvchi sudga prokuror, himoyachi va mahkum tomonidan protest yoki shikoyat kiritilishi mumkin.

12. Kasallikning kechishidagi o‘zgarishlar to‘xtamay, bemor mahkumning salomatligi yomonlashishi davom etsa, bunday bemor mahkum taqdimnomani rad etish haqida sudning ajrimi chiqqan kundan qancha vaqt o‘tishidan qat’i nazar, o‘rnatilgan tartibda, qaytadan komissiya ko‘rigiga taqdim etilishi lozim.

13. Joylardagi maxsus tibbiy komissiya qaroriga norozilik bildirilgan hollarda IIV Maxsus tibbiy komissiyasiga murojaat kiritiladi. IIV maxsus tibbiy komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorga norozilik bildirish belgilangan tartibda sudga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi.

Sud, bemor mahkumga nisbatan berilgan IIV maxsus tibbiy komissiyasining xulosasi bilan kelishmagan yoki xulosada ko‘rsatilgan holatlar ishning haqiqiy holatiga mos kelmagan yoxud shubha tug‘dirgan taqdirda, xulosaning asosliligini tekshirib ko‘rish maqsadida, ko‘rilayotgan ish bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda tegishli sud-tibbiyot, sud-psixiatrik yoki boshqa turdagi ekspertiza tayinlash huquqiga ega.

Ekspertiza tayinlangan holda uning xulosasi olingunga qadar ishni ko‘rish muddati vaqtincha to‘xtatiladi.

14. Orttirilgan immunitet tanqisligi virusi (OIV), Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) kasalligiga chalingan bemor mahkumlarning tahlil uchun olinadigan qoni jazoni ijro etish muassasasi rahbariyati tomonidan tuzilgan, kamida ikki kishilik guruh, xususan muassasa va kasalxona (tibbiyot bo‘limi) vakili ishtirokida olinishi shart.

Tahlil uchun olingan qon va uning natijasi maxsus kitobda, hamda kasallik tarixida qayd etiladi.

Komissiya ko‘rigiga orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi — OITS klinik tashxisi qo‘yilgan bemor mahkum taqdim etiladi. Bunday bemorning qon tahlili respublika (viloyat) OITS Markazi laboratoriyasida tekshirilgan bo‘lishi shart.

15. Bemor mahkum tomonidan kasallik alomatlari bo‘rttirib ko‘rsatilayotganligi yoki bemor noqonuniy yo‘l bilan komissiyaga taqdim etilayotganligi haqida ma’lumotlar bo‘lsa muassasa ma’muriyati bu holatlar to‘g‘risida IIV maxsus tibbiy komissiyasiga (joylardagi maxsus tibbiy komissiyaga) darhol bildirishi shart.

16. Bemor mahkumda aniqlangan kasalliklar, kasalliklar Ro‘yxatida qayd etilgan kasalliklar tusini olganligi, IIV maxsus tibbiy komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, tibbiy xulosa tuzilgan hollarda, muassasa boshlig‘i mahkumning o‘talmay qolgan jazodan ozod qilish to‘g‘risidagi taqdimnomani mazkur tibbiy xulosa bilan birgalikda uning shaxsiy yig‘ma jildi va boshqa zarur hujjatlarni komissiya xulosa tuzib bergan paytdan boshlab 24 soat mobaynida jinoyat ishlari bo‘yicha hududiy sudga taqdim etishi shart.

17. Og‘ir kasallikka duchor bo‘lgan mahkumdagi tashxisga aniqlik kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ilmiy tibbiy markazlarda va boshqa tibbiy muassasalarda zamonaviy tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazish hamda bemor mahkumdagi kasallik, kasalliklar Ro‘yxatidagi kasallik tusini olganligini tasdiqlash uchun uni yetakchi mutaxassislarning maslahat ko‘rigidan o‘tishini ta’minlash mas’uliyati qayd etilgan markazlar, tibbiy muassasalarning boshliqlariga yuklatiladi.

Bu holatda qo‘shimcha tekshirish va maslahat ko‘riklari uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan pul to‘lash yo‘li bilan hal qilish belgilangan bo‘lsa, bemor mahkum saqlanayotgan jazoni ijro etish muassasasi boshlig‘i ushbu masalani o‘rnatilgan tartibda hal qilishi lozim.

18. Og‘ir kasallikka duchor bo‘lganligi tufayli sud ajrimiga ko‘ra jazoni o‘tashdan ozod etilgan shaxs davolanishni davom ettirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar Sog‘liqni saqlash boshqarmalari tomonidan avvaldan belgilab qo‘yilgan, u ozod etilgan muassasaga yaqin joylashgan, uning kasalligi xususiyatiga mos bo‘lgan, tegishli kasalxonaga kechiktirilmasdan yotqizilishi shart.

Bemorning qarindosh-urug‘i iltimosiga ko‘ra, uning roziligi bilan, umumiy salomatlik holati u yashaydigan yoki tanlagan manzilga yetib borishi mumkinligi shifokor ma’lumotnomasi bilan kafolatlangan holatlar bundan mustasno.

II. Yakuniy qoidalar.

19. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan kelishilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi B. MUSTAFOYEV

Toshkent sh.,

2008-yil 13-avgust

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori 1-darajali davlat adliya maslahatchisi R. QODIROV

Toshkent sh.,

2008-yil 13-avgust

Og‘ir kasallikka chalingan mahkumlarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish va ularni kasalligi tufayli jazoni o‘tashdan ozod qilishga taqdim etish Qoidalariga


1-ILOVA

Mahkumlarni kasalligi tufayli jazoni o‘tashdan ozod qilishga taqdim etish uchun asos bo‘ladigan kasalliklar


Yüklə 95,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin