Odob-axloqning o’ziga xos tomonlari, elementlari bor bo’lib, ular o’z ichiga
axloqiy normalarni, axloq tamoillarini, axloqiy maqsadlarni, axloqiy mezonlarni
qamrab oladi.
Axloqiy normalar bu insonning jamiyatdagi xatti-harakati, uning boshqa
kishilar bilan muomalasi, jamiyatga va o’ziga nisbatan bo’lgan muomalasi
hisoblanadi. Axloqiy normalar ijtimoiy normalar bo’lib, ularning bajarilishi
ijtimoiy fikr, yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik, ezgulik va yomonlik va
b.lar haqida ushbu jamiyatdan olgan tushunchalar asosidagi ichki ishonch orqali
ta’minlanadi.
Axloqiy normalar ushbu jamiyatga, axloqning ijtimoiy guruhiga mos muayan
holatga xos xatti-harakatning mazmunini belgilaydi. Axloqiy normalar jamiyatda
mavjud tartibga soluchi boshqa – iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, estetik normalardan
insonlarning xatti-harakatlarini tartibga solish usuli bilan farqlanadi. Xulq, fe’l-
atvorlar jamiyat hayotida an’analar kuchi, obro’ va umumtanolingan va barcha
tomonidan qo’llab – quvvatlangan intizom, jamoaviy fikr, muayan sharoitlarda
lozim xulq-atvorda bo’lishga jamiyat a’zolarini ishontirish bilan amalda bo’ladi.
Oddiy odatlarda masalan tug’ilgan kunni nishonlash, armiyaga kuzastish
kabi insonlarning bir xildagi xatti-harakatlardan farqli o’laroq, axloqiy normalar
hafaqat umumqabul qilingan tartibda amalga oshiriladi, balki inson tasavvurida
jamiyatda yoki muayan hayotiy sharoitda losim yoki lozim bo’lmagan xatti-
harakatning g’oyaviy asosi b’olib, unga asosan amalga oshiriladi.
Axloqiy tamoillarga quydagilar kiradi:
- insonparvarlik – insonni oily qadriyat deb bilish;
-al’turizm – yaqin kishisiga beg’araz xizmat qilish;
- rahmdillik - nimagadir muhtoj bo’lgan har qanday insonga yordamga tayorlik;
-jamoaviylik - umumiy manfaatga ko’maklashishga ongli intilish.
Dostları ilə paylaş: