1. Оғиз бўшлиғи юмшоқ тўқимаси (пародонт, шиллиқ қават, тил)



Yüklə 23,5 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü23,5 Kb.
#41337
Nazarbek otrabotka


1.Оғиз бўшлиғи юмшоқ тўқимаси (пародонт, шиллиқ қават, тил)

Og'iz bo'shlig'i yumshoq to'qimalariga bir necha xil to'qimalar kiradi:Parodont o'z ichiga yana sement,milk,periodont va alveolyar o'siqni oladi.Bundan tashqari og'iz shilliq qavati + til ham bor.

Parodontdan boshlasak.Uning asosiy vazifasi:

-oziqlantirish(trofik)

-himoya(antimexanik va antibakterial)

-retensiya

-to'ldirish

-amortizatsiya

Va boshqalar.

Og'iz shilliq qavati ko'p qavatli yassi muguzlanmaydigan epiteliydan iborat.Uning vazifalari:namlash,tovush hosil qilishda,himoya,qoplash...

Til muskul va epiteliy to'qimalaridan hosil bo'ladi.Vazifalari:ta'm sezish,tovush hosil qilishda.

2.Оғиз бўшлиғида микроорганизмларини тўқимага колонизациясига таъсир қилувчи омиллар

Bunga bir nechta omillar sabab bo'lishi mumkin.Misol uchun:

-chekish


-spirtli ichimliklar ichish

-og'iz gigienasiga qaramaslik

-vitaminlar yetishmasligi

-qandli diabet

-moddalar almashinuvi buzilishi

-psixik o'zgarishlar

-ichki sekretsiya kasalliklari

-juda achchiq,sho'r,nordon va shirin ovqatlar yeyish ratsioni

-antibiotiklarni pala partish qabul qilish

-balog'atga yetish davrida

-aql tishi chiqish paytida

3.Тиш пилакчалари (бляшка) шаклланишига таъсир қилувчи омиллар

Tish qatlami (karash)ning paydo bo'lishida streptokok, suvda

erimaydigan glyukon, polimemi sintez qiluvchi streptokokklar, so'lakdagi

sekretor antitelolar, S mutans faol qatnashadi.

Tish qatlamidagi turli xil mikroorganizmlarning koloniyalari so'lakdagi

glyukoproteid, oqsil va boshqa moddalardan tashkil topgan organik qobiq

bilan o'raladi.

Tish qatlami va so'lak tarkibidagi streptokokk, laktoba kteriyalar, aktinomitsetlar, ovqat bilan og'izga tushadigan saxarozadan gLyukoza va fruktozaning bir polimerlarini sintez qiladi. Bu polimerlar o 'z navbatida bakteriyalaming tish yuzasiga birikib qolishini ta’minlaydi.

Yig'ilgan bakteriya,glyukoza,kislotalar,oziq moddalar tish karashini hosil qiladi

4.Тиш тоши

Yuqoridagi tish karashi vaqti kelib tish toshiga aylanadi.

Tishdagi yumshoq karashlar o'z vaqtida davolanmasa, unga ohak tuzlari oʻtirib, Tish toshi ga aylanadi. Tish toshi astasekin milkni ezib qoʻyadi; bunda milk qonaydi, qichishadi, ogʻizdan qoʻlansa hid keladi, yiring ajralib, milk shilliq pardasining yalligʻlanishi (gingivit)ga, shuningdek, parodontozga sabab boʻlishi mumkin.

Tish toshi tish toʻqimalariga zararli taʼsir etmaydi. Uni faqat vrach olib tashlaydi (maxsus asbob yoki ultratovush apparati yordamida.

Tish toshi paydo boʻlishining oldini olish uchun ovqatni normal chaynash (hamma tishlar bilan), suvi qochgan non, suxari, sabzi, olma yeb turish, kasal tishlarni davolatish; yoʻq tishlar oʻrnini tuldirish (yasama tishlar bilan), yalliglangan milkni davolatish lozim. Ovqatdan soʻng ogʻizni chayqash, vaqtvaqti bilan stomatolog vrach koʻrigidan oʻtib turish lozim.

5.Шиллиқ қават микрофлораси

Og'iz bo'shlig'ini o'ziga xos normal mikroflorasi bo'ladi.Bularga Lactobacillus acidephilus, T.macrodentium, diplokkokk, streptokokk, mikrokokkLactobacillus acidephilus, T.macrodentium, diplokkokk, streptokokk, mikrokokklarni misol qilib keltirish mumkin.

Mikroorganizmlar og'izg a ovqat, suv,havo, qo'l va boshqalar orqali tushishi, ayrim hollarda ular shartli patogen b o iis h i mumkin. Normal mikroflora miqdori va sifati doimo bir xil b o iib turis hida so iak muhim rol o'ynaydi. U mikroorganizmlaming tishlarga putu r yetkazishiga yo'liga qo'ymaydi, ya’ni tishni doimo tozalab turadi; so'lak tarkibida lizotsim, laktoferrin, peroksidaza, nukleaza hamda maxsus sekretlar, immunoglobulin A bo'lganligi uchun u mikroblarni o'ldirish (baleteritsid) xususiyatiga ega.O g i z bo‘shlig‘ining shilliq qavatida patogen va shartli patogen turlar, streptokokk, stafilokokk, bakteroid, korinebakteriya, aktinomitsetlar, entezrovirus, koronovirus, kandida, trixomonada va boshqa 160 dan ortiq mikroorganizmlar uchraydi

Og‘iz bo‘shlig‘idagi mikroorganizmlarning ko‘pchiligi tishlarning bo‘yin qismida, tishlar orasida va so‘lak ta’siri kamroq jo y lard a bo'Iadi.

Bu mikroorganizm lar o g ‘iz b o ‘shlig‘idagi biokimyoviy jarayon pH muhitining o ‘zgarishi, vitaminlar yetishmasligi hamda tishdagi emal, og'iz bo‘shlig‘i shilliq qavati himoya qilish xususiyatining pasayishi natijasida patogen ta’sir etib, turli kasalliklarga sabab bo'Iadi.

6.Тиш юзаси биопленкасини шаклланишида замонавий (тасаввур) қарашлар

Plaque dentale ya'ni tish bioplyonkasining paydo bo'lishi haqida aynan isbotlangan dalillar yo'q.Ammo bir qancha nazariyalar mavjud.Bularga organizm moddalar almashinuvi oqibatida,bakteriologik ta'sir orqali va bakterio-uglevodli nazariyalarni misol qilib keltirish mumkin.



Hozirgi eng zamonaviy nazariya bu bakterio-uglevodli nazariya.

Bu nazariyaga ko'ra tish yuzasida uglevod to'planishi(glyukoza,fruktoza) bakteriya uchun yashsh muhitini hosil qilib beradi.Bu bakteriyalarga asosan streptococcus oilasini olish mumkin.Bakteriya shu uglevodlarni parchalab organik va noorganik kislotalarni hosil qilib kislotali muhitni hosil qiladi.Bioplyonka parchalangan kislotalar,uglevod,bakteriya,boshqa oziq moddalar,tish yemirilish minerallari,so'lak dan iborat.Uni doim tishni yuvish orqali yo'qotilib turiladi.Ba'zi manbalarga ko'ra bioplyonka tishni emal qavatini oziqlantirib turadi.
Yüklə 23,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin