Misqol
- og'irlik o'lchovi va o'lchov
birligi mamlakatimizda, shuningdek, boshqa ba'zi
mamlakatlarda qo'llanilgan.
Bobokalonlarimiz oldida misqolning og'irligini belgilash muammosi ko'ndalang bo'lgan. Ular bu
muammoni arpa va bug'doy donlaridan foydalanib hal qildilar. Ular 1 misqolning og'irligini o'zlari
yetishtirgan arpa (yoki bug'doy) donidan yuz donasining og'irligiga tengladilar. Agar bir dona arpa donini
qadimda o'rtacha 0,0409512 g ga teng qilib
olishganini hisobga olinsa, u holda 1m=100 arpa doni
=100x0,0409512 = 4,09512 g bo'ladi. Lekin arpani yetishtirish davri, joyi va sharoitga qarab, uning katta-
kichikligi, ya'ni og'irligi ham har xil bo'lgan. 1 misqol = 100 arpa doni =5 g bo'lgan.
Abu rayxon Beruniy va Ibn Sino asarlarida berilgan jadvallarda misqolning o'rtacha qiymati 4,25
g ga teng qilib berilgan.
Dostları ilə paylaş: