1. Oltin metallurgiyasining dastlabki rivojlanish bosqichlari-fayllar.org
2. Nodir metallar ishlab chiqarishning hozirgi holati Oltin qazib olishning tezkor suratda o’sish davri urushdan keyin
1970yilda Janubiy Afrika Respublikasi hissasiga to’g’ri keldi, unga asosan 1 yilda JAR 1000,3t oltin qazib olib, bu butun dunyoda qazib olingan oltinning 80%ni tashkil qildi. So’nggi yillarda JAR oltin qazib olish hajmi 450-500t gacha qisqardi. Shuningdek 2-jahon urushidan so’ng AQSH va Kanadada ham oltin qazib olish hajmi ancha qisqardi.1995-98yy.larga kelib esa oltin ishlab chiqarish sanoati yangi oltin qazib olish fabrikalari hisobidan oshdi, bu AQSH, Kanada, Avstraliya, Xitoy, Indoneziya, Papua-Yangi Gvineya davlatlari hissasiga to’g’ri keldi.
Ayni vaqtda oltin qazib olish bo’yicha 1-o’rinni JAR, 2-o’rinni AQSH, 3o’rinni Avstraliya, 4-o’rinni Kanada, 5-o’rinni Xitoy egallagan. (1-jadval.)
Oltinning katta qismi (94-96%)rudalardan qazib olinadi, 2,5-3% esa yo’ldosh usulda boshqa rangli metallarni olish vaqtida qazib olinadi. Biroq yetakchi kapitalistik davlatlar hisoblangan Kanada va AQSHda bu ko’rsatgich 20-25-30%ni tashkil qiladi.
So’nggi yillarda jahon miqyosida oltinga bo’lgan talabning oshishi ko’p miqdorda oltin zahiralarining vujudga kelishiga imkon yaratdi. Jahon iqtisodiyotida ikkilamchi resurslarning qo’llanilishining tinimsiz o’sishiga olib keldi. Oltin zaxiralari taxminan quyidagicha taqsimlanadi: 60% davlat g’aznasida(banklarda), 20% - xususiy qo’lda(tuplanishi) va 20% - qimmatbaho buyumlar holatida (zargarlik va tasviriy ishlanmalar kurinishida) va sanoat mahsulotlari shaklida.
Hozirgi vaqtda oltin metallurgiyasi oldida murakkab tarkibli atalmish sulfidli, mishyakli, surmali va glinali rudalardan oltin va boshqa metallarni to’liq ajratib olish yangi rivojlangan usullar evaziga amalga oshirilmoqda. Bo’tanalardan oltinni sorbsiya usulida ajratib olish keng miqyosida qo’llanilmoqda. Rangli metallarni yo’ldosh usulda qazib olish hajmi yanada kengaymoqda. Oltin ajratib olishning MDH davlatlarida tarqalishi taxminan quyidagicha ko’rinishga ega: rudadan 50%, sochma konlardan 40%, yo’ldosh usulda qayta ishlash 10%ni tashkil qiladi.