Koʻmir sanoati



Yüklə 25,38 Kb.
tarix07.04.2023
ölçüsü25,38 Kb.
#94257
Koʻmir sanoati


Koʻmir sanoati — yoqilgʻi sanoatining asosiy tarmoqlaridan biri. K.s koʻmirni qazib olish (ayrim holdarda boyitish, briketlash) va isteʼmolchilarga yetkazib berish jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Kumir qazib olishning eng afzal va samarali usuli uni ochiq usulda, karyerlardan qazib olish hisoblanadi. Komir konlari chuqurda joylashgan boʻlsa, u yopiq (shaxta) usulida qazib olinadi. Hozirgi paytda koʻmirni tejamli gidravlik usulda qazib olish keng qoʻllanilmoqsa. Koʻp holdarda koʻmir yer tagida toʻgʻridantoʻgʻri gazga aylantirish yoʻli bilan isteʼmolchilarga bevosita quvurlar orqali uzatiladi.
Qadim zamonlarda koʻmir oddiy usulda (Xitoy, Gretsiya) qazib olingan va yoqilgʻi sifatida foydalanilgan. Keng miqyosda foydalanish va Koʻmir sanoatining tarmoq sifatida vujudga kelishi 18-asr ning 2-yarmiga toʻgʻri keladi. Bu paytda qazib olingan koʻmirdan Angliyada choʻyan eritishda foydalana boshlandi. 19-asr dan boshlab koʻmir transport sohasida keng koʻlamda ishlatila boshlandi. 20-asr boshlarida koʻmir insoniyatning yoqilgʻiga boʻlgan ehtiyojining 70% ini qondirgan boʻlsa, hozirgi vaqtda ushbu koʻrsatkich 20—25% dan oshmaydi. Uning oʻrnini tabiiy gaz va neft egʻallamoqda. Jahondagi 60 mamlakatda koʻmir qazib chiqariladi (qarang [[Kumir konlari). Koʻmirning 90% qazib olinadigan davlatda ishlatiladi, uning faqat 10% eksport qilinadi. Koʻp miqdorda koʻmir eksport qiladigan davlatlar qatoriga AQSH, Avstraliya, JAR, Rossiya, Qozogʻiston va boshqa kiradi. Dunyoda jami qazib olinayotgan 5 mlrd. t koʻmirning 1 mlrd. t dan ortigʻi qoʻngʻir koʻmirdir. Qoʻngʻir koʻmirning yirik konlari Rossiya, Qozogʻiston, Polsha, AQSH (gʻarbiy qismida), Xitoy va boshqa mamlakatlarda joylashgan. Ulkan qoʻngʻir koʻmir konlar: Kansk — Achinsk, Moskva ostonasi, Chelyabinsk (Rossiya), Ekibas-tuz (Qozogʻiston), Yuqori Sileziya (Polsha), Leypsig (Germaniya) va boshqa Bu konlarning har birida 100 mlrd. dan to bir necha trln. tonnagacha koʻmir zahiralari mavjud.
Koʻmir sanoatiga xos muhim xususiyatlardan biri uning metallurgiya va ogir mashinasozlik sanoati tarmoqlari bilan bir hududda joylashishidir. Ana shunday koʻmir-metallurgiya-mashinasozlik markazlari qatoriga Appalachi (AQSH), Rur (Germaniya), Donbass (Ukraina), Koʻzbass (Rossiya), Shim.-Sharqiy Xitoy va boshqa kiradi.
Oʻrta Osiyodagi koʻmir konlarini oʻzlashtirish 19-asrda (1882-yildan boshlab) Belgiya, Fransiya va Angliyaning xususiy kompaniyalari tomonidan boshlangan. Bu yerdarda konlarini ochish ishlari 1882-yilda Fargʻona vodiysida boshlandi. Sulukta, Qizilqiya, Shoʻrob koʻmir konlari Oʻrta Osiyodagi toʻngʻich koʻmir konlaridir. Umuman, Oʻzbekistonda koʻmirni sanoat usulida qazib olish 1930-yillar oxiridan boshlangan.
Bu paytda Angren koʻmir koni, Shargʻun koʻmir koni, Boysun toshkoʻmir koni ochilgan.
1990-yildan keyingi davrda koʻmir qazib chiqarish hajmi respublikada keskin qisqarib, 2001-yilga kelib 2,6 mln. tonnani tashkil qildi. Oʻzbekiston Respublikasi yoqilgʻi balansi koʻmir hissasi 1,5%ni tashkil etadi (2000). Respublikada koʻmir qazib olish texnologiyasini yanada zamonaviylashtirish dasturi amalga oshirilmoqda (qarang "Koʻmir" aksiyadorlik birlashmasi).
O'zbekko'mir” AJda Angren ko'mir sanoati korxonalarida foydalaniladigan texnologiyalar, 2021-2022-yillar qishki davrida aholi va byudjet tashkilotlarini ko'mir bilan ta'minlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirish maqsadida OAV vakillari uchun media tur tashkil etildi.
“O'zbekko'mir” AJ Toshkent viloyatining Angren shahrida joylashgan bo'lib, O'zbekistonda yirik ko'mir qazib oluvchi va yetkazib beruvchi korxona sanaladi. Bu yerda har yili 4 million tonnadan ortiq ko'mir qazib olinadi. Qattiq yoqilg'ining asosiy iste'molchisi elektr energiyasi sektori hisoblanadi, bu esa ko'mir umumiy iste'molining 85 foizidan ortig'ini tashkil qiladi. Qattiq yoqilg'iga talab sanoat, ijtimoiy va kommunal soha korxonalari, shuningdek, aholi o'rtasida ham yuqori.
O'zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarishda ishlatiladigan tabiiy gaz va neft mahsulotlari, elektr energiyasi balansi tarkibida ko'mir ulushining o'sishi, ko'mir sanoatining ustuvor yo'nalishi bo'yicha asosiy omil hisoblanadi. “O'zbekko'mir” AJ ko'ng'ir ko'mirni Angren ko'mir havzasidagi “Angren” va “Apartak” ko'mir konlaridan qazib oladi. Angren konlaridan ko'mir bilan birga yo'lakats qazilmalar, jumladan, kaolin ham qazib olinadi.
Joriy 2021-yilda “O'zbekko'mir” AJ tomonidan 4,45 million tonna ko'mir qazib olish rejalashtirilgan (bu o'tgan yildagiga nisbatan 115,1%ni tashkil qiladi):
− issiqlik elektr stansiyalariga − 3,3 million tonna
− byudjet tashkilotlariga − 440 ming tonna
− aholi uchun − 940 ming tonna
− iqtisodiyotning real sektoriga − 0,1 million tonna yoqilg'i yetkazib beriladi.
Ayni paytda iste'molchilarga jo'natilayotgan ko'mirning sifatini yaxshilashga ham jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Bu borada qudratli og'ir kon texnikalaridan unumli foydalanish va zamonaviy tejamkor loyihalarni keng joriy etish muhim ahamiyatga ega.
“Angren” ko'mir koni “O'zbekko'mir” AJning asosiy ko'mir qazib oluvchi korxonasi hisoblanadi. 1949-yilda qurib ishga tushirilgan ushbu konda turli yillarda bir necha bor rekonstruksiya va texnik qayta jihozlash ishlari olib borilgan. Ayni paytda konda ko'mir ustki qatlamini ochish va ko'mir qazib olish jarayonida turli rusumdagi qudratli ekskavtorlar kechayu kunduz tinim bilmaydi. Ustki qatlamdan ko'chirib olinayotgan tog' jinslari va ko'mirni tashishda avtomobil, temir yo'l va konveyer transportidan keng foydalanilmoqda.
“Angren” ko'mir konida hozirda kovushi 5 kubometrdan 16 kubometrgacha bo'lgan turli rusumdagi ekskavatorlar ishlab turibdi. Tajribali ekskavator mashinisti, “Mehnat shuhrati” ordeni sohiblari Abdunabi Rustamqulov, Abdunabi Xakimovlar ana shunday serunum ekskavatorlarni mohirlik bilan boshqarib keladi.
2021-yil 5-maydan boshlab Byudjet tashkilotlari uchun ko'mir etkazib berish boshlandi. O'tgan yili bu ish oktyabr oyida boshlangan edi. Ko'mir yuklashda tig'izlikning oldini olish maqsadida 2-konveyer liniyasi qurib ishga tushirildi va hozirda sinov ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda.
Press tur davomida jurnalistlar kon texnikalari hamda byudjet tashkilotlariga ko'mir yuklash jarayonlari bilan tanishdilar hamda o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar.
2020-2021 yillar kuz-qish mavsumida aholi va byudjet tashkilotlarining ko‘mir bilan doimiy ravishda ta’minlanishi bo‘yicha qanday choralar ko‘rilmoqda. O‘zbekistonda ko‘mir zaxirasi necha yilga yetadi? Shu kabi savollarga javob topish maqsadida QALAMPIR.UZ “O‘zbekko‘mir” AJda bo‘ldi. O‘zbekistonda asosiy ikkita ko‘mir koni bo‘lib, bulardan biri Toshkent viloyati Angren shahri hududida joylashgan “O‘zbekko‘mir” AJga qarashli bo‘lsa, ikkinchisi Surxondaryoda joylashgan “Sharg‘unko‘mir” konidir. Angren ko‘mir zavodidan qo‘ng‘ir ko‘mir qazib olinsa, Surxandaryoda joylashgan ko‘mir konida toshko‘mir qazib olinadi. 
7 ming gektar yer maydonini egallagan Angren Ko‘mir koni 1947 yildan buyon qaziladi. Ko‘mir konida ish tinimsiz 24 soat davomida olib boriladi. Bir yilda aholiga to‘rt million tonnadan ortiq ko‘mir yetkazib beriladi. 
ugungi kunda “O‘zbekko‘mir”AJda 6 mingdan ortiq xodim ishlaydi. Ko‘mir konida 1700 dan ortiq xodim ish faoliyatini olib boradi. 
Ishning asosiy qismi Angren ko‘mir havzasi hududida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish hududida “Angren, “Apartak” ochiq ko‘mir konlari hamda “Shaxta uslubida ko‘mir qazib olish koni" joylashgan. 
Bugungi kunda ko‘mir ochiq usulda qazib olinadigan Angren koni O‘zbekistonda qattiq yoqilg‘i ishlab chiqarish hajmining 85 foizini ta’minlaydi
Angren konida ko‘mir bilan birga yo‘l-yo‘lakay kaolinli gil ham qazib olinadi. Kon birlamchi va ikkilamchi kaolin qatlamlariga ham boy bo‘lib, ushbu depozitning noyobligini anglatadi.
Angren konida qazib olinayotgan ko‘mir respublika iqtisodiyot tarmoqlari, byudjet tashkilotlari hamda aholi ehtiyojlari uchun yetkazib beriladi. Angren va Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyalari asosiy iste’molchilardir.
Bir smenada o‘rtacha hisobda 300-350 nafar xodim faoliyat olib boradi. Agar bir sutka hisobida olinca, bir kunda 12 ming tonnagacha ko‘mir qazib olinadi. Bir oyda esa 330-350 ming tonnagacha ko‘mir qazib olinib, saralanadi.
Ko‘mir qazib olinib, aholiga yetib borgunigacha bo‘lgan jarayon to‘rt bosqichni o‘z ichiga oladi. Eng muhim maydonlardan biri – bu ko‘mir qazib olish maydoni bo‘lib, avval ko‘mirning ustki qatlami ochiladi, so‘ng ko‘mir qazish ishlari amalga oshiriladi. Ko‘mir qazib olingach, maxsus avtomashinalarda ko‘mir omboriga yuboriladi
Turli hajmdagi ko‘mirlar konveyer yordamida elakdan o‘tkazilib, 2200 metr uzunlikdagi konveyer orqali saralashga yuboriladi.
Jigariston saralash kompleksida ko‘mirlarning kullilik va namlik darajasi laboratoriyada aniqlanib, barcha talablarga javob bergach, hajmiga qarab vagonlarga ortiladi va iste’molchilarga yuboriladi. 
Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, ko‘mir konida bir smenada 12 tonnagacha ko‘mir qazib olinar ekan. Ko‘mir qazib olish, saralash ishlari 24 soat davomida tinimsiz olib boriladi. Ayni vaqtda bu yerda qancha ko‘mir zaxirasi bor degan savol bilan Angren ko‘mir konining bosh mutaxassisi Farrux Otajonovga yuzlandik. 

“Siz ko‘rib turgan joy ko‘mirni saralash va vagonlarga yuklash maydoni. Bu yerda ko‘mirlar ajratiladi.Saralash kompleksi ko‘mir konidagi so‘nggi jarayonlardan biri, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Yuqorida guvohi bo‘lganingizdek, ko‘mirning yetti xil turi bo‘lsa, bu yerda ular saralanadi. Bu kompleksda bir kunda 24 soat davomida yetti ming tonna ko‘mir saralanib, iste’molchiga yetkaziladi. 
So‘nggi ma’lumotlardan kelib chiqib aytish mumkinki, Angren ko‘mir konida 1 mlrd 786 mln tonna ko‘mir zaxirasi mavjud. Agar ish hozirgidek davom etsa, 200 yillik zaxira mavjud deya olamiz. Bu maydonda ikki xil ko‘mir bor va bu pastki qatlamdagi ko‘mirlar. Ko‘mirlarning hajmi iste’molchining talabidan kelib chiqib yetkaziladi”, deydi Farrux Otajonov.
Ko‘mir konida tayyorlangan maxus reportajni yuqoridagi videopleyerda yoki QALAMPIR.UZ'ning YouTube'dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. 
Maqola muallifi

Feruza Najmiddinova


Teglar
Yüklə 25,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin