8.
Kvars – piritli konlar. Bu konlarga Uraldagi Berezovskiy, O‘zbekistondagi
Muruntov, Kuchbuloq, Kovuldi konlari kiradi.
9.
Kvars – arsenopirit konlari. Bunday ruda kon turlariga Qo‘chqorli, Yettisuv,
Daugiz tog kabilar kiradi.
10.
Kvars – surmali rudalar. Bunday konlar Armashevsk (Rossiya), Amantay-
tog, Zarafshon (O‘zbekiston) konlari kiradi.
11.
Mis – sulfidli oltin tarkibli tomirlar (Toshkent viloyati Qalmoqir va Sariq
cho‘qqi konlari, Olmalik) kiradi. Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan konlar Qozog‘istonda,
g‘arbiy Sibirda 20 ga yaqin kvars-oltin va sochma konlar mavjud. Qadimdan beri
ishlatilib kelingan konlar Sharqiy Sibirda, Yoqutistonda, Uzoq Sharqda ma’lumdir.
3.
Juda qadim zamonlardanoq odamlar oltin va tarkibida oltin bo‘lgan rudalarning
zarralari boshqa tog‘ jinslaridan og‘irroq ekanini anglab yetganlar.
Shu boisdan qiya tekislikdagi tarnovlarda suda oqizilgan oltin qumlari og‘ir va
yengil qismga ajraldi. Shu tariqa gravitatsiya usulida boyitish vujudga keldi. Oltin
qumlari turli yuvish idishlarida, nov va tarnovlarda, harakatdagi elak-g‘alvirlarda yuvildi.
Ayrim holda rudalar suv tosh tegirmonida maydalanib, qiya suv ariq-tarnovida yuvildi.
Shunday usul qoldiq namunalarini 1976 yil Toshkent viloyati Olmaliq shahriga 5
km g‘arbi-janubda joylashgan Tukkent X-XII asr shahar xarobalaridan arxeologiya-
qidiruv ishlari paytida topildi.
Ko‘pincha suvda yuviladigan oltin qumlarda tuproq zarralari bo‘ladi. Shu sababga
ko‘ra oltin qumlar 4 toifaga bo‘linadi.
1. Yengil yuviluvchi (3- 10 % loyqali).
2. O‘rtacha yuviluvchi (10- 30% loyqali)
3. Qiyin yuviluvchi (30- 60% loyqali)
4. Juda qiyin yuviluvchi (60- 80% loyqali).
Qum yuvish dastgohini tanlashda, xom ashe tarkibidagi oltin zarra o‘lchami va
shakli asosiy rol o‘ynaydi.
Donador oltin zarralarni boyitishda cho‘ktiruvchi (otsodochnaya mashina), shlyuz
(qiya tarnov) boyitish stoli (konsentratsiya stoli) ishlatiladi.
Olingan yarim mahsulot simob bilan qorishtirilib amalgamalantiriladi. Suv
havzalaridagi oltinni yuvishda suv havzalarida suzib yurib ishlaydigan, o‘zida oltin
saralash uskuna va dastgohlarini jamlagan moslama-kema “Dragalarda” amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: