Amalgamalarga ishlov berish
Amalgama bochkalaridan tushirilgan amalgamalar og‘ir rangli metallar bilan
qorishgan bo‘ladi. Bularni maxsus oltin yuvish uskunalarida yuvib tozalanadi.
Oxirgi yuvish jarayoni cho‘yan va chinni kosalarda olib boriladi. Yuvilgan
amalgamani vintli presslarda zamsh (surup), suzgi (filtrlarda) suzdiriladi. Suzib olingan
amalgamada oltin butun son – foizlarda 20-50 % bo‘lishi ajablanarlidir. Suzib siqilgan
amalgama maxsus retorta – distilyatorlarda simobi haydalishi uchun kuydiriladi.
Retortalar kolosniklar - panjara ustida quyilib yokilg‘i yoki elektr toki bilan qizdiriladi.
Retortaning toraygan og‘zi sovitgichga ulangan. Retortalar ma’lum haroratda uzluksiz
qizdirilishi shart. Simobning asosiy qismi 350-400 0S da haydalgach, harorat 750-800 0S
ga ko‘tariladi. Simobi haydalib, oltin kukun holida retorta tubiga qoladi. Oltin kukuni
flyuslar (bura VaO, soda SaSO3, selitra NaNO3) qo‘shilib, maxsus tigellarda eritiladi.
Simob haydalanadigan bino, ishchilarning simob bug‘lari bilan zaharlanmasligi uchun
yaxshi shamollatilgan bo‘lishi zarur.
Dostları ilə paylaş: |