1. Operatsion tizim tushunchasi ot ni tashkil etuvchilari va buyruqlar



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/14
tarix20.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#76603
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1. Operatsion tizim tushunchasi ot ni tashkil etuvchilari va buy




2-maruza
Operatsion tizimlar va ularning turlari .Windows OTning 
imkonitaylari 
Reja
1. Operatsion tizim tushunchasi 
2. OT ni tashkil etuvchilari va buyruqlar 
3. WINDOWS OT imkoniyatlari 
4. Fayl va kataloglar bilan ishlash 
 Windows operatsion sistemasi haqida ma`lumot 
 Windows operatsion 
sistemasining kelib chiqish tarixi
Zamonaviy kompyuter yordamida ishlash uchun mo’ljallangan ushbu bo’lim, 
Windows operasion tizimida ishlash uchun mo’ljallan-gan bo’lib, unda Windows 
operasion tizimi xaqida ma’lumot va ana shu operasion tizimdagi ba’zi bir eng 
ko’p ishlatiladigan dasturlar bilan ishlash yoritilgan. 
Windows nima? Bu operasion sistema (OS). Ya’ni inson bilan kompyuterni 
o’zaro bog’lash uchun qo’llaniladigan vositalardan biri. OSning turlari juda ko’p 
bo’lib, ulardan MS DOS, OS/2,UNIX va hokazolar. Bulardan eng ko’p tarqalgani 
MICROSOFT kompaniyasi-ning Windows operasion tizimlaridir. 
Ularda ishlashning qulayligi - ekran elementlarining soddaligi va ish stolidan 
kerakli vaqtda foydalanish uchun ko’rinib turishidir. 



Windows - oynalar degan ma’noni anglatadi. Microsoft (MS) firmasining 
dastur mahsuli bo’lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo’lmagan kompyuterdan 
foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan operasion tizimdir. Uning asosiy maqsadi - 
kompyuterdan foydalanish-ni iloji boricha sodda va o’rganish uchun oson, shu 
bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga 
keltirishdir. Mazkur talablarga javob beruvchi MS Windows 2000 operasion tizimi 
2000 yildan ishlatila boshlangan. 
Operatsion tizim - bu maxsus dastur bo’lib, bu dastur asosiy vazifasi - 
kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni 
o’rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni 
o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini ta‘minlash.
Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS va 
Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh dasturi, Unix va Linux 
dasturlari. 
Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan 
operatsion tizimlar bilan jihozlangan. Bo’lardan 1981 yilda yaratilgan - MS-DOS 
dasturi, 1991 yilda yaratilgan - Windows 3,1 dasturi, 1995 yilda yaratilgan - 
Windows 95 dasturi, 1998 yilda yaratilgan – Windows 98 dasturi, 2000 yilda 
yaratilgan - Windows 2000 dasturi, 2001 yilda yaratilgan - Windows Millennium 
Edition va Windows XP dasturlari. Windows dasturning taniqli bo’lishining asosiy 



sababi bu - ish jarayoni soddaligi, ko’p vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi va 
boshqa qulayliklar. Boshqa operatsion tizimlarga o’xshab Windows dasturi ham 
kompyuter xotirasiga kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik ravishda yuklanadi. 
Hozirgi kunda keng ommaga taqdim qilinadigan kompyuterlarga WINDOWS 
operatsion tizimlari o’rnatilib taqdim etilayapti. Agar kompyuterlar ilgariroq 
olingan bo’lsa, bu kompyuterlarga ham WINDOWS operatsion tizimlarini 
o’rnatish mumkin.Buning uchun ma’lum shartlar (resurslar) bajarilishi shart. 
WINDOWS 95/98 operatsion tizimlarini o’rnatish uchun WINDOWS 95 ning 
minimal varianti uchun 50 Mb hajm vinchesterda bo’sh joy, 8 Mb operativ xotira 
va protssesor eng kamida ( ishlash taktik chastotasi 66 Mgs) 486 bo’lishi lozim. 
WINDOWS 98 operatsion tizimini o’rnatish uchun eng kamida 16 Mb operativ 
xotira, 120 Mb dan 295 Mb gacha qattiq diskda bo’sh joy bo’lishi lozim. Agar 
Windowsning 
imkoniyatlaridan 
foydalanmoqchi 
bo’lsangiz, 
Pentium 
kompyuterlariga WINDOWS tizimini o’rnatganingiz ma’qul. 
WINDOWS foydalanuvchi uchun qulay bo’lgan ko’pgina imkoniyatlarga ega 
bo’lgan dasturiy muhitdir. Uning imkoniyatlari MS DOS dan sezilarli darajada 
yuqori. Windows muhitida ishlashda foydalanuvchi ko’p qulayliklarga ega bo’ladi. 
Bunda fayl va kataloglarning nusxasini olish, ko’chirish, qayta nomlash, o’chirish 
va hokazo amallar tez va yaqqol bajariladi. Shu bilan birga bir paytning o’zida bir 
necha katalog bilan ishlash imkoniyatiga ega.
Windows bir paytning o’zida bir necha masalalarni echish qobiliyatiga ega. 
Yagona interfeysga, ya’ni Windows turli lahjalari va dastur ilovalari bilan 
ishlashning standart qoidalariga egaligi muhimdir.



Hozirgi kunda Windows millionlab foydalanuvchilarning e’tiborini o’ziga 
tortdi. Microsoft firmasi Windowsni takomillashtirish borasida tinimsiz ish olib 
bormoqda. Windows operatsion sistemasi amaliy dasturlarni ishlatish 
imkoniyatini beradi. 32 razryadga mo’ljallangan amaliy dasturlar interfeysi 
Application Programming Interface (API) ùozirda ko’p ishlatiladigan tarmoq 
operasion tizimlar- Windows NT yordamida ishlaydigan amaliy dasturlar bilan 
bemalol ishlashi mumkin. Bu esa amaliy va operasion tizimlarni qo’llaydigan 
yangi dasturlar yaratish imkoniyatini beradi. Hatto kompyuter tarmoqlarini 
ishlatish va tizim adminstratorlari (boshqaruvchilari)dan foydalanish jarayoni qator 
qulayliklarga ega bo’ldi. Windows operatsion sistemasining (windowsOPning 
aynan yangi versiyalarida) ishchi holatida saqlab turish va uni o’rganish ilgarigiga 
nisbatan kam vaqt va urinishlarni talab qiladi. Tizim shunday «aqllilashganki», u 
qator murakkab amallarni o’zi mustaqil bajaradi. Bunday amallar sifatida 
periferiya qurilmalarining ishlashini ta’minlash, foydalanuvchi muhitini qayta 
o’zgartirishni (yangi imkoniyatlarni qo’shish) va boshqalarni keltirishimiz 
mumkin.
Windows dasturning taniqli bo’lishining asosiy sababi bu - ish jarayoni 
soddaligi, ko’p vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi va boshqa qulayliklar. 



Boshqa operatsion tizimlarga o’xshab Windows dasturi ham kompyuter xotirasiga 
kompyuter 
yoqilish 
vaqtda 
avtomatik 
ravishda 
yuklanadi. 
Windows so’zi inglizcha “window”-oyna degan ma’noni anglatadi. Windows-
oynalar, ya’ni Windows operatsion tizimida oynalar bilan ishlaydi.
Microsoft (MS) 
firmasining dastur mahsuli bo’lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo’lmagan 
kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan operasion tizimdir. Uning 
asosiy maqsadi - kompyuterdan foydalanish-ni iloji boricha sodda va o’rganish 
uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar 
yaratish holiga keltirishdir. Mazkur talablarga javob beruvchi MS Windows 2000 
operasion tizimi 2000 yildan ishlatila boshlangan. MS Windows 2000 murakkab 
dasturlar majmui bo’lib, shu bilan birga foydalanish uchun qulay operasion 
tizimdir. Windowsning avvalgi lahjalari (masalan, Windows 3.0, 3.1, 3.11, 3.12) 
asos sifatida MS DOSni qabul qilgan bo’lsa, Windows 2000, Windows 2000 o’zi 
mustaqil bo’lib, kompyuterda boshqa bir operasion tizimning bo’lishini talab 
qilmaydi. Lekin shu bilan birga bu muhitda MS DOS va Windowsning eski 
lahjalari bilan ishlash imkoniyati saqlangan. Operasion tizim sifatida MS Windows 
98/2000 quyidagi afzalliklarga ega:
O’zlashtirishda nihoyatda oddiy va imkoniyatlaridan foydalanish ko’lami qulay 
u yuqori samaradorlikka ega va mazkur xususiyati bilan Windowsning istalgan 
avvalgi lahjalaridan keskin farqlanadi. Xususan, Microsoft firmasi yangi 32 
razryadli yadroni tadbiq etish bilan samaradorlik va ishonchlilikni keskin 
oshirishga erishdi; 
Iste’molchi atiga bitta dasturiy ta’minot mahsulotini xarid qilib, qator muhim 
imkoniyatlarni qo’lga kiritadi: universal tarmoq mijoziga aylanadi, elektron 
pochtadan foydalana oladi, multimedia vositalaridan bahra oladi va hokazo; sodda 
dasturlar majmui yuqori unumlilikka ega. 
Bundan tashqarii Windows bilan ishlaganda uzun, ko’p belgili fayl nomlarini 
ishlatish mumkin, ularda hatto bo’sh joyni ishlatish mumkin, ixtiyoriy ob’ektni 
ekranning istalgan joyiga kontekstni (MATN parchasini) chaqirish va kontekstli 



menyu yordamini olish mumkin. Windowsning samarali ishlashi uchun kerak 
bo’lgan kompyuter konfigurasiyasi: 
Pentium-I va undan yuqori mikroprosessori; 
16 Mbaytdan yuqori sig’imli tezkor xotira; 
vinchesterda 500 M baytdan ortiq xotira sig’im; 
xotira 1 Mbaytdan kam bo’lmagan vidioadapter. 
Windows 
operatsion 
sistemasining 
taqdim 
etilishi 
bu 
ko`pgina 
imkoniyatlarning ya’ni ayniqsa kompyuterni ishlata olish imkoniyatini bir necha 
ko`p martaga oshirdi va ko`pgina qulayliklari mavjuddir. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin