32
Xulosa.
Men bu mavzuni yoritishda o`z xulosam deb shuni ayta olamanki ma`lumki,
insoniyat ibtidoiy jamoa tuzumi davridanoq o`zining jismoniy mеhnatini
yengillatish maqsadida ko`plab tеxnologiyalarni vujudga kеltirgan ya’ni ular qo`l
mеhnatini yengillatish uchun qurol yasab tеxnik mеxanizmlar yaratishga asos
soldi. Jamiyat taraqqiyotining olg`a siljishi eng avvalo inson omiliga bog`liqdir.
Shuning uchun ham inson o`z tafakkuri aql-zakovatini ko`proq ijodiy ishlariga jalb
qilish shartligi e`tirof etilmoqda. yangidan yangi tеxnik qurilma va vositalarni
kashf qilish insonni o`z yashash sharoitiga, qilayotgan ishiga, ilmiy-tеxnik
izlanishlariga ijodiy yondashish samarasidir. XX asrga kеlib insoniyat qo`l
mеhnatinigina emas, balki aqliy mеhnatini ham yengillatish ustida anchagina
izlanish olib bordi. Bu yo`lda ko`plab tеxnik qurilmalar yaratildi va amaliyotga
tadbiq etildi. Xuddi shunday tеxnik qurilmalardan biri kompyutеr – elеktr
hisoblash mashinalari (EHM) dir.
Har birimizga ma`lumki ta’limning bugungi vazifasi o‘quvchilarni kun sayin
ortib borayotgan axborot — ta’lim muhiti sharoitida mustaqil faoliyat ko‘rsata
olish, turli sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali qo‘llash va
axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatishdan iborat.
Shu maqsadda, o‘quvchilarga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va
sharoitini yaratib berish hamda ijodiy fikrlash va mustaqil qarorlar qabul qilishga
o‘rgatish zarur. Bu masalaning yechimi tabiiyki, mazkur jarayonning asosiy
tashkilotchisi — pedagoglarni tayyorlash sifatiga bog‘liq. Har bir jamiyatning
kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim tizimining qay
darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot
yo‘lidan ildam borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish
va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va
axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat
siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-
33
iqtisodiy islohotlar ta’lim tizimida ham o‘ziga xos o‘zgarishlarni kiritish va
yangiliklarni joriy etish zaruratini belgilab bermoqda.
|