III.bob. Mavzusini o`qitishda modulli, didaktik o`yinli texnologiyalardan
foydalanish.
3.1 Darsni tushintirish jarayonida turli xil pedagogik modulli didaktik
o`yinlardan foydalanish
Ta’limning bugungi vazifasi o‘quvchilarni kun sayin ortib borayotgan
axborot — ta’lim muhiti sharoitida mustaqil faoliyat ko‘rsata olish, turli sohalarda
zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali qo‘llash va axborot oqimidan
oqilona foydalanishga o‘rgatishdan iborat.
Shu maqsadda, o‘quvchilarga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va
sharoitini yaratib berish hamda ijodiy fikrlash va mustaqil qarorlar qabul qilishga
o‘rgatish zarur. Bu masalaning yechimi tabiiyki, mazkur jarayonning asosiy
tashkilotchisi — pedagoglarni tayyorlash sifatiga bog‘liq. Har bir jamiyatning
kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim tizimining qay
darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot
yo‘lidan ildam borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish
va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va
axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat
siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlar ta’lim tizimida ham o‘ziga xos o‘zgarishlarni kiritish va
yangiliklarni joriy etish zaruratini belgilab bermoqda. Hozirgi kunda barcha
sohalarga jadal joriy etilib borayotgan zamonaviy axborot texnologiyalariga oid
23
bilimlarni egallashga qaratilgan «Informatika» fani samarali o‘qitilyaptimi?
O‘quvchilar kasbiy faoliyati sohalari uchun zarur bo‘lgan axborot texnologiyalari
bilan ishlashning dastlabki ko‘nikmalariga ega bo‘lib borayaptilarmi? Bugungi
kunda barcha o‘qituvchilar dars mashg‘ulotini to‘g‘ri loyihalay oladimi? Dars
mashg‘ulotining samaradorligi qanday omillarga bog‘liq? Bu kabi savollarga
hozircha ijobiy javob bera olmasligimiz, achinarli holdir. O‘tkazilgan anketa
tekshiruvlariga ko‘ra Namangan shahridagi ayrim ta’lim muassasalarining aniq bir
guruhlarida informatika fanidan olingan nazorat ishida o‘quvchilar nisbatan past
baholanganlar. Bu past sifat ko‘rsatkichidir. O‘quvchi bugungi kunda ta’lim
sohasini egallar ekan, kelgusi ta’lim bosqichini davom ettirishi uchun zamonaviy
dasturiy, texnik va kommunikativ vositalardan samarali foydalana olish
salohiyatiga ega bo‘lishi, xususan: zamonaviy taraqqiy etgan jamiyatda axborot va
axborot texnologiyalarining o‘rnini bilishi; axborotni boshqarish vositasi sifatida
axborotlarni olish, yig‘ish, qayta ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; global
kompyuter tarmoqlarida ishlash va ular orqali foydali axborotlar olish va ulardan
ijodiy fikrlashni o‘stirishda foydalanish usullarini egallashi talab etiladi.
Jamiyatning axborotlashuvi ta’lim tizimida uzluksiz innovatsiyalarni talab
etadi. Bugun har qanday uslub darhol eskirishi va yangi metodlar bilan boyitilishi
mumkin. Dars mashg‘ulotida kerakli natijalarga erishish qaysi omillarga bog‘liq?
Dunyoning turli mamlakatlarida ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan ta’limda
innovatsiyalarni qo‘llash bo‘yicha izlanishlar olib borilgan. Ularda «innovatsiya»,
«interfaol usullar», «innovatsion texnologiyalar» to‘g‘risida yaxshi axborotlar
to‘plangan, biroq axborot texnologiyalarini ta’lim muassasalarida o‘rgatish
samaradorligini orttirish bo‘yicha aniq tavsiyalar yetarli emas. Shuning uchun
asosiy maqsad yuqori darajada o‘zlashtirish natijalariga erishishni ta’minlovchi
innovatsion texnologiyalardan foydalanishning samarali usullarini ishlab chiqish,
xususan, zamon talab etayotgan axborot texnologiyalari bo‘yicha pedagogik
innovatsiyalardan foydalanish masalalarini tadqiq etishdan iboratdir. Ta’lim
jarayoniga innovatsiyalarni qo‘llash bugungi kunda quyidagi vazifalarni amalga
oshirishni talab etadi:
24
o‘quv fanining aniq maqsadini aniqlash;
fanning hajmi va mazmunini aniqlash;
zarur bo‘lgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va tavsiya etish;
fanning moddiy va texnik ta’minotini yaratish;
ta’lim oluvchilarning xususiyatlarini o‘rganish;
o‘qituvchining tayyorgarligi va dars mashg‘ulotini loyihalash.
Yuqoridagi vazifalar ichida eng muhimi, bu o‘quv jarayonini tashkil etish uchun
eng maqbul bo‘lgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqishdir. Bu muammolarni u
yoki bu aniq bir usulni tavsiya etish bilan, ayniqsa, pedagog reproduktiv ta’lim
usullarinigina qo‘llashni maqsad qilgan bo‘lsa, hal etib bo‘lmaydi. Maqsadga
erishishning eng to‘g‘ri yo‘li, bu dars mashg‘ulotini loyihalashda integrallashgan
ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan darsning turli bosqichlarida
samarali foydalanish imkoniyatlarini izlashdir. Informatika fanini o‘qitishda
shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning quyidagi metodlarini qo‘llash maqsadga
muvofiqdir. O‘yinli texnologiyalar; muammoli o‘qitish; dasturlashtirilgan o‘qitish;
kompyuterlashtirilgan o‘qitish; modulli o‘qitish.
Bu texnologiyalar o‘quv mavzusi maqsadidan va mavzuning mazmunidan kelib
chiqib, darsning turli bosqichlarida turlicha qo‘llanishi mumkin. Maktab
o‘quvchilarining yosh xususiyatlarini hisobga olib, fanni o‘qitishda g‘oyat samarali
bo‘lgan qator o‘yinli texnologiyalar ishlab chiqilgan. Mutaxassislarning fikricha,
insonning asosiy faoliyat turi uch ko‘rinish: mehnat faoliyati, o‘yin faoliyati, o‘quv
faoliyatida shakllanadi. Ularning barchasi o‘zaro bog‘liq holda sodir bo‘ladi.
Ta’kidlashlaricha, bolalarning maktabdagi o‘quv materiallari asosidagi aqliy
harakatlarini shakllanish qonuniyatlari o‘yin faoliyatlarida tarkib topadi. Biroq
o‘yinli ta’limni o‘quvchilar bilan ishlashdagi asosiy ta’lim shakli deyish to‘g‘ri
emas. U o‘quvchida bilish qobiliyatini shakllantirmaydi, biroq ularning bilish
faolligini oshiradi, xolos. O‘quvchini aqliy rivojlantirishga yordam beruvchi
quyidagi guruhdagi o‘yinlarni ajratish mumkin.
25
1-guruh. Buyumlar va predmetlarga bog‘liq bo‘lgan predmetli o‘yinlar. Bunda
o‘quvchi o‘yinchoq-predmet orqali moddiy olamni, ularning xususiyatini anglashi
mumkin.
2-guruh. Intellektual faoliyatni shakllantiruvchi sujetli — rolli ijodiy o‘yinlar.
Masalan, «Baxtli tasodif», «Nima? Qayerda? Qachon?» va boshqalar. Bunday
o‘yinlar nafaqat ko‘ngil ochuvchi vosita, balki ulkan evristik va ishontiruvchi
energiya manbaidir.
3-guruh. O‘quvchining aqliy qobiliyatini rivojlantiruvchi tayyor qoidalarga
asoslangan didaktik o‘yinlar. Qoidalarga ko‘ra, u o‘quvchidan anglashni,
taqqoslashni, qismlarga ajratishni, umumlashtirishni, muhimi bilishni talab etadi.
4-guruh. Kattalarning kasbiy faoliyatlarini ifodalovchi texnik-konstruktorlik
o‘yinlari. Ular o‘quvchida o‘z ishini rivojlantirish, zaruriy materialni yig‘ish, o‘zini
va o‘zgalar faoliyatini tanqidiy baholash imkoniyatlarini hosil qiladi. Mehnat
faolligi bilish faolligiga undaydi.
5-guruh. Psixik muhitda sodir bo‘luvchi intellektual o‘yinlar. O‘quvchilarning
tayyorgarlik darajalarini ko‘rsatuvchi taqqoslash imkonini beruvchi, musobaqa
asosida o‘tkaziladigan o‘yinlar. Ular o‘zini shakllantirishga va demak, aqliy
faollikka undaydi. Yuqorida tavsiflangan o‘yinlarni o‘quv jarayonida qo‘llash
natijasida o‘quvchilarni o‘quv bilim faoliyatlarini keng boshqarish imkoniyatlari
hosil bo‘ladi.
|