5.Pedagogik tajriba natijasida hosil
qilingan pedagogik mahorat
tushunchasi.
Agarda pedagogning kasbiy mahorat dasturiga amaliy qaralsa, u holda
birinchi o’ringa uning integral sifati
– o’qituvchining mahoratidan iborat bo’ladi.
Pedagogik mahoratga berilgan ta'riflar shuncha ko’p bo’lishiga qaramay, ularda
mahoratning qaysidir tomonlari albatta ifodalanadi.
Mahorat - bu yuqori va doimo yuksalib boruvchi tarbiya va o’qitish san'atidan
iborat. Pedagog – o’z ishining ustasi, o’z fanini chuqur biluvchi, fan va san'atning
mos sohalari bilan yaxshi tanish, amalda umumiy va yoshlar psixologiyasini yaxshi
tushunuvchi, o’qitish va tarbiyalash metodikasini har tomonlama biluvchi hamda
yuqori madaniyatga ega bo’lgan mutaxassis.
Pedagogik nazariyada o’qituvchi mahoratini ikki xil tushunish mavjud. Birinchisi,
pedagogik mehnatni tushunish bilan bogliq bo’lsa, ikkinchisi tarbiyada pedagog
shaxsi asosiy o’rin tutadi.
Mahoratni egallash uchun ko’p narsani bilish va qila bilish zarur. Tarbiya
printsiplari va qonunlarini hamda uning tashkil etuvchilarini bilishi zarur. O’quv-
tarbiyaviy jarayon va uning tashkil etuvchilarni samarador texnologiyalardan
foydalanish uchun har bir konkret holat uchun ularni to’g’ri tanlab olishni,
diagnostikalashni, oldindan bilishni va berilgan daraja va sifat jarayonini loyihalashni
juda yaxshi bilishi zarur. “Men faqat «buyoqqa kel»ni 15-20 xilda gapira olganimdan,
aft, tashqi qiyofa va ovozni 20 ko’rinishda bera olganimdan sunggina xakikiy
masterga aylandim,- deydi buyuk pedagog A.S. Makarenko.
Pedogogik mahorat – shaxsning pedagogik sifatlari majmui va o’qituvchi
tomonidan kasbiy pedagogik faoliyatni mustaqil ravishda samarali tashkil etishni
ta'minlash bo'lib, u pedagogning faoliyat mohirligini eng yuqori choq-isiga
erishganligini bildiradi.
O’qituvchilik kasbi o'z mohiyatiga ko'ra o'ta individualdir. Har bir o’qituvchining
muhim hayotiy o'rni, uning o'z ishining ustasi bo'lishdir.
O’qituvchi mahorati uning faoliyatida ko'rinadi. O’qituvchi avvalo pedagogik
jarayonning qonuniyatlari va mexanizmlarini yaxshi egallagan bo'lishi lozim. Shu
ma'noda pedagogning umumlashgan malakalari va uning pedagogik texnikasi katta
ahamiyatga molik bo'ladi.
Biroq mahorat — bu alohida qudrat. Yuqori va kichik darajada Usta bo'lishi
mumkin emas. Mahoratga erishish ham, erishmaslik ham mumkin. Haqiqiy usta
mehnat faoliyati chohidagina go'zaldir.
Pedagogik mahoratga etishish o’qituvchining muayyan shaxsiy sifatlari bilan
amalga oshadi.
Pedagogik mahorat yuksak darajadagi pedagogik faoliyatning taraqqiy etishini,
pedagogik texnikani egallashni, shuningdek, pedagog shaxsi, uning tajribasi,
fuqarolik va kasbiy mavqeini ifodalaydi.
«Pedagogik mahorat» bir kategoriya sifatida o'zining ilmiy asoslariga ega. Turli
tadqiqotchilar ishlarida ayni bir hodisani tavsiflash uchun turlicha tushunchalardan
foydalanish boshqacha ma'no va mazmun tomonlariga ega.
Turli muallif asarlarida pedagogik mahoratning yagona, tan olingan ta'rifining
yo'qligi uni tadqiqotning jonli jarayoni deb xulosa chiqarishga asos bo'ladi.
Tushunchalar, fikrlaming turli-tumanligi bu hodisaning murakkabligi va
ko'p qirraliligidan dalolat beradi. Barcha ta'riflarda urg’u shaxsga beriladi va shu
tariqa ular pedagogik mahoratning sotsial mohiyatini aks ettiradi.
I.A.Zyazyun va NA.Lebedniklar shaxsning sotsial etukligi va kasbiy
mahoratining o'zaro bog’liqligini isbotlab berdilar.
Mahorat talabalar tomonidan ularning sotsial etuklikka erishish darajasiga qarab
bosqichma-bosqich egallanadi. Sotsial etuklik komponentlari pedagogik mahorat
komponenti bilan quyidagi nisbatda bo'ladi.
Bo'lg’usi pedagogning sotsial etuklik komponentlariga ushbular kiradi:
sotsial o'z-co'zini belgilash - o'zining pedagogik qobiliyatlari va e'tiqodini
namoyon qilish;
sotsial faollik — odamlar bilan ishlay qilish va boshqalarni tarbiyalash
tajribasini takomillashtirish;
sotsial masuliyat - o’qituvchining bilimdonligiga aylanadigan bilimlar.
Pedagogik mahorat komponentlari N.V.Kuzmina, V.A.Slastenin,
I.A.Zyazyun, V.I.Zagvyazinskiy, G.I.Xozyainov, T.F.Kuzina, A.I.Myashenko,
N.P.Lebednik, T.Noyner, Yu.K.Babanskiy, N.V.Kuxarevlarning tadqiqotlarida
o'rganilgan. Ular pedagogik mahoratning asosiy yo'nalishlarini muayyan mantiqiy
izchillikda belgilab berdilar.
Pedagogik mahorat asoslariga: kasbiy pedagogik bilimlar, insonparvarlikka
yo'nalganlik, pedagogik texnika, kasbiy pedagogik faoliyatni amalga oshirish
tajribasi, pedagog shaxsi taalluqlidir.
Mahoratning shakllanish bosqichlariga:
reproduktivlik (boshlang’ich),
ijodiylik, ijodiy-novatorlik kiradi.
Pedagogik mahorat darajalari o’qituvchi ish darajasining davomi
hisoblanadi:
reproduktiv (o'ta past);
moslashuvchan (past);
lokal (chegaralangan)- modellashtirish (o'rtacha qoniqarli).
Pedagogik mahorat komponentlari kasbiy faoliyatga kasbiy vazifalarini bajarish
uchun zarur bo'lgan malaka nuqtai nazardagi qarashlarni aks ettiradi.
Pedagogik mahorat komponentlarini hosil qiladigan quyidagi malaka guruhlari
farqlanadi:
loyihalash;
konstruktsiyalash;
tashkilotchilik;
muloqot;
bilish va reflektivlik.
Keyingi yillarda pedagogik mahorat kategoriyasiga nisbatan yangicha qarashlar
paydo bo'ldi. Pedagogik mahoratning an'anaviy izohlaridan bir qadar chekinish ham
yuz berdi (I.A.Zyazyun, N.V.Kuzmina, VASIastenin).
Pedagog tadqiqotchilarning Sankt-Peterburg maktabi, pedagogik mahoratni
kishining alohida holati - ya'ni uning kasbiy mashg’uloti keng ma'noda kishilar bilan
ishlashning o'ziga xos sohasi bo'lgan pedagogika hisoblanadi, deb tavsiflaydi.
Pedagogik mahoratning asosi pedagogik bilimdonlikdir.
Pedagogik bilimdonlik, deganda konkret tarixiy davrda qabul qilingan me'yorlar
(normalar), standartlar va talablarga muvofiq pedagogik vazifani bajarishga qobillik
va tayyorlik bilan belgilanadigan integral kasbiy-shaxsiy tavsifnoma tushuniladi.
Pedagogik bilimdonlik pedagogik sohada mahorat bilan ishlayotgan kishining
ta'lim va tarbiya ishida insoniyat to'plagan barcha tajribalardan ratsional foydalanish
qobiliyatini ko'zda tutar ekan, demak, u etarli darajada pedagogik faoliyat va
munosabatlarning maqsadga muvofiq usullari va shakllarini egallashi lozim bo'ladi.
Kasbiy-pedagogik bilimdonlikning bosh ko'rsatkichi bu insonga, shaxsga
yo'nalganlikdir.
Kasbiy-pedagogik bilimdonlik pedagogik voqelikni izchil idrok eta bilish va unda
izchil harakat qila olish malakasini qamrab oladi. Bu xislat pedagogik jarayon
mantiqining yaxlitligicha va butun tuzilmasi bilan birgalikda ko'ra olish, pedagogik
tizimning rivojlanish qonuniyatlari va yo'nalishlarini tushunish imkoniyatini
ta'minlaydi hamda maqsadga muvofiq faoliyatni konstruksiyalashni osonlashtiradi.
Bilimdonlik o’qituvchi uchun o'ta muhim bo'lgan uchta holat bilan bog’langan
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallashni taqozo etadi:
odamlar bilan o'zaro aloqada bo'ishda, madaniy muloqatda bo'lish;
fani sohasi bo'yicha axborotlarni qabul qila bilish va uni o’qitish mazmuniga
tnoslab qayta ishlash va undan mustaqil tahsil olishda foydalana olish;
o’quv axborotlarini boshqalarga bera olish.
Kasbiy-pedagogik bilimdonlik asosan to'rtta komponenti bilan xarakterlanadi:
shaxsga, insonga yo'nalganlik;
pedagogik voqelikni izchil idrok etish;
fan sohasiga yo'nalganlik;
pedagogik texnologiyalarni egallash.
hozirgita'lim sharoitida kasbiy-pedagogik bilimdonlik yana uch komponent bilan
to'ldiriladi:
bilimdonlik, umuman, o'z faoliyatini jahon pedagogik madaniyati darajasida
ishlab chiqilgan tajribalar asosida tashkil etish qobiliyati hamda unga va
vatanimizdagi pedagogikaga integrasiyalasha olish;
(o'z safdoshi tajribasi va innovatsion tajribalar bilan o'zaro samarali
munosabat o'rnatish qobiliyati;
o'z tajribalarini wnumlashtirish va boshqalarga bera olish malakasida
namoyon bo'ladi.
Pedagogning kasbiy bilimdonligi kreativlik bilan xarakterlanadi.
Kreativlik - bu kasbiy hayot usuli, ko'p qirrali ta'lim jarayoni va tizimining
maqsadlari, mazmuni, texnologiyalari sathida yangi pedagogik voqelikni yaratish
istagi va malakasidir. Kreativlik o’qituvchiga innovatsion o'zgarishlar oqimiga
moslashib olishiga yordam beradi.
Har qanday darajadagi kasbiy bilimdon pedagogik reflektsiyaga qodirdir.
Reflektsiya - fikrlashning maxsus usuli bo'lib, pedagogik voqelikka, tarixiy-
pedagogik tajribaga, muayyan kasbiy mavqening tashuvchisi bo'lgan o'z shaxsiyatiga
qayta nazar tashlashdir.
Yuqoridagi kasbiy-pedagogik bilimdonlikni tashkil etuvchi barcha komponentlar
murakkab tuzilmani hosil qilib, mutaxassisning «ideal modeli»ni shakllantira boradi
va pirovard natijada zich birlashib ketadi hamda o’qituvchi shaxsi faoliyati tavsifini
belgilaydi.
Bilimdonlik faqat faoliyat jarayonida va faqat konkret kasb doirasida namoyon
bo'ladi va baholanadi.
Pedagogik muhitda o’qituvchi faoliyatini baholashda, odatda, pedagogik
madaniyat termini qo'llanadi.
Pedagogik madaniyat kasbiy faoliyatning individual mazmuni bilan bog’lanadi.
Pedagogik bilimdonlik o’qituvchining yuksak natijalarga erishishini ta'minlaydi.
Pedagogik madaniyat faoliyat va munosabatlarga estetik shakl beradi.
Pedagogik faoliyat pedagogik madaniyat tushunchasi tahlili omili bo'ub xizmat
qiladi.
Pedagogik madaniyat umuman madaniyatning namoyon bo'lishidir.
Madaniyat faoliyat jarayoni va natijasi o'laroq subektning dunyo obektlarini
o'zlashtira borishdagi barcha hatti-harakatlarini qamrab oluvchi sotsial hodisani
bildiradi. Madaniyat inson yaratgan, shuningdek, qanday vosita va metod bilan
yaratgan barcha hodisalami o'zida birlashtiradi.
Pedagogik madaniyatda, umuman madaniyatda bo'lganidek, predmet-hosila va
texnik-texnologik jihatlar mavjud
Dostları ilə paylaş: |