beqarorlik tufayli Salavkiylar davlati zayiflasha boshlagan edi. Bundan unumli
foydalangan Mitridat I dastlab Ekbatanni, keyin esa Hindistonni bosib oldi. Mil.avv.
141-yilda Bobil bo‘ysundirildi. Shu tariqa Mitridat I
Parfiyani qudratli davlatga
aylantirib, Arshakiylarning ko‘pgina erkinliklarini qayta tikladi.
Shu tariqa milodning III asriga qadar Parfiya davlatiga Arshakiylar sulolasi
hukmronlik qildi. Milodning 207-222-yillarida Parfiya davlati ikkiga bo‘linib ketadi
(213-y.). Shu davrda Prafiyadan janubi sharqda yangi davlat-sosoniylar davlati
tashkil topadi. Tez orada sosoniylar ulkan Parfiya saltanatini ag‘darib tashlaydilar.
Shunday qilib, milodiy III asrning birinchi choragida
sosoniylar arshakiylar
hukmronligini tugatib, Parfiyada hokimiyatni to‘la qo‘lga oldilar.
Antik davrda Parfiya qishloq xo‘jaligida yollanma ishchilar mehnatidan keng
foydalanilgan. Mil. avv. III asr o‘rtalaridan boshlab Parfiya davlati hozirgi
O‘zbekiston hududlarida joylashgan qadimgi viloyatlar – Xorazm, Baqtriya,
So‘g‘diyona
bilan siyosiy, madaniy va iqtisodiy munosabatlarni ayniqsa
rivojlantiradi. Antik davrlarda jamiyat va davlatning asosiy harakatlantiruvchi
kuchini va ishlab chiqarish asosini erkin dehqon jamoa a’zolari
hamda qishloq
oqsoqollari va ularning xususiy mulki tashki etgan, shu bilan birga qishloq
jamoalariga tegishli yaylovlar, chorva mollari ham mavjud edi. Parfiyaliklar besh
asr
davomida Hindiston, O‘rta Osiyo va Xitoyning Gʻarb mamlakatlari bilan qilgan
savdo aloqalarida vositachilik qildilar. Parfiyaliklarning yozuvi oromiy (Niso
hujjatlari) yozuvi bo‘lib, zardo‘shtiylik diniga e’tiqod qilishgan.
Antik davrlarda O‘rta Osiyoning qadimgi davlatlari nafaqat mintaqa davlatlari
bilan, balki Xitoy, Hindiston, Eron, Vizantiya kabi davlatlar bilan ham jadal savdo,
iqtisodiy, madaniy aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Bunday aloqalar shubhasiz chet ellik
savdogarlar, katta yer egalari, hukmdorlar, tadqiqotchilar
hatto tarixchilarni ham
o‘lkaga qiziqishini orttirgan. Xususan, qadimgi grek va rimliklar O‘rta Osiyoning
tabiiy- geografik o‘rni, aholisining turmush tarzi xususida ma’lumotlar berib
o‘tganlar, bu esa mintaqalar o‘rtasida o‘z davrida savdo-iqtisodiy aloqalar
rivojlanganligidan dalolatdir.
Antik davrda O‘rta Osiyoda hukmronlik qilgan davlatlardan yana biri
Dostları ilə paylaş: