Kushonlar davlati tashkil topadi. Kushon davlatiga
jangovar xunn qabilalarining ta’qibi natijasida Shimoliy-sharqdan Yunon-Baqtriya
davlatiga miloddan avvalgi 140-130 yillarda bostirib kirgan yuechji qabilalari asos
solganlar. Sug‘diyona va Baqtriyaga kelib o‘rnashgan
yuechjilar xyumi, shuanji,
guyshuan, xi - se va dumi (dyumi) kabi yirik, bir-biriga qarindosh xonadonlardan
iborat ediki, ular o‘rtasida hokimiyat uchun kurashda Guyshuan xonadoni g‘olib
chiqadi va Guyshuan (Kushon) podsholigiga asos solinadi.
Qadimgi xitoy manbalariga ko‘ra yuechji qabilalari miloddan avvalgi IV-
III asrlar chegarasida Mongoliya hududida yashovchi xunnlarning qo‘shnilari
bo‘lishgan. Miloddan avvalgi III asrning ikkinchi yarmiga kelib yuechjilar juda katta
kuchga aylanganlar. Xunnlarning boshlig‘i ularga o‘lpon to‘lashga majbur bo‘lgan.
Ammo bir oz vaqt o‘tgach xunnlar sardori Maodun xunlarni kuchli hokimiyat ostida
birlashtirib, bu ko‘chmanchi qabilalarni qudratli kuchga aylantirdi. Miloddan avvalgi
176 yilda xunn lashkarboshilaridan biri yuechjilarni jangda mag‘lubiyatga uchratadi.
Maodunning o‘g‘li Laoshin mil.avv. 174 yilda yuechjilarni yana tor-mor keltiradi va
hukmdorini ham o‘ldirib bosh chanog‘idan may qadaxi yasattiradi. Mag‘lubiyatga
uchragan ko‘chmanchi yuechjilar g‘arbga-Sharqiy Turkiston va O‘rta Osiyo
hudulariga kirib kela boshlaydilar. Ammo bu hududlarida yuechjilar xitoy
manbalaridan “usun” deb ataluvchi ko‘chmanchi chorvador qabilalar bilan to‘qnash
keladilar. O‘zaro urushlarda oxir oqibat usun qabilalarining qo‘li baland kelib,
yuechji qabilalari Tyanshan, Farg‘ona va Pomir tog‘lari osha Shimoliy Gʻarbiy
Hindiston va Baqtriya yerlariga kirib keladilar.
Yuechji qabilalari haqida ma’lumotlar faqat qadimgi va o‘rta asr xitoy
manbalarida saqlangan. Qadimgi yunon-rim tarixchilari (Strabon, Pompey Trog)
asarlarida esa bu nom umuman uchratilmaydi. Aftidan ular yuechjilarni boshqa
nomda atagan bo‘lsalar kerak. Ular Yunon-Baqtriya davlatining qulashi haqida
bergan ma’lumotlarida esa asianlar, pasianlar, toxarlar, sakaraullar haqida yozadilar.
Yuechjilarning kelib chiqishi haqida tadqiqotchilar o‘rtasida yakdil fikr yo‘q.
Ba’zi olimlar yuechjilarni massagetlarning avlodi deb hisoblasalar (S.P.Tolstov),
ba’zilar ularni toxarlarning avlodi deb hisoblaydilar (I.Markvart, E.Pulleyblenk).
O‘zbek olimi akademik A.Asqarov fikriga ko‘ra, yuechjilar skif-sak qabilalari
ittifoqiga kiruvchi toxarlarning Xitoycha nomlanishidir. Yuechjilarning geografik
joylashuvi, moddiy va madaniy hayot darajasiga qarab turkiy qabilalardan deb
hisoblash mumkin. Jumladan yapon olimi K.Yenoki “miloddan avvalgi III
asrlardagi yuechjilar joylashgan o‘rni va xo‘jalik hayotiga ko‘ra VI asrdagi turklar
bilan juda o‘xshash” deb qayd qiladi.
Umuman