1. O‘rta Osiyoda ilk davlatchilikning shakllanishidagi asosiy omillar va boshqaruv



Yüklə 273,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/16
tarix11.10.2023
ölçüsü273,36 Kb.
#153623
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
2 mavzu

Yunon-
Baqtriya 
davlatidir. Ushbu davlat hozirgi Qashqadaryo, Surxondaryo, Tojikiston 
janubi, Zarafshon vohasi, Afg‘onistonning shimoliy, Turmanistonning sharqiy 
hudularida tarkib topgan. Mil. avv. 250-140, 130 yillar davomida Yunon-Baqtriya 
davlati mustaqil davlat sifatida mavjud bo‘lib, bu davrda Diodot, Yevtidem, 
Yevkratid kabi podsholar hokimiyatni boshqarganlar. Davlatning markazi Baqtra 
shahri edi, hukmdorlari esa asosan yunon aslzodalari bo‘lgan. Mustaqil Yunon-
Baqtriya davlatiga asos solgan, o‘zini shoh deb e’lon qilgan Diadot va uning o‘g‘li 
davrlarida bir muncha yuksaladi. 
Bu jarayon Evtidem va evtidimiylar sulolasi boshqaruvi davrida yanada 
kuchayadi. Baqtriya davlati sarhadi keyinchalik Sharqiy Turkiston, Sharqiy 


Eron, shimoliy-g‘arbiy Hindiston, Sind o‘lkasi hududlarigacha kengaygan. Uning 
xo‘jalik, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti ham ancha yuksak darajaga 
ko‘tarilganligidan guvohlik beradi. Davlatning poytaxti xalqaro karvon savdosi - 
Buyuk Ipak yo‘lining muhim chorrahasida joylashganligidan, unda savdo-
hunarmandchilik sohalari bir muncha rivoj topgan. Mamlakatning Eron, Xitoy, 
Hindiston, singari o‘sha davrning rivojlangan davlatlari bilan olib borgan savdo-
tijorat munosbatlari asosan mana shu shahar orqali o‘tgan. Shuningdek, eski Termiz, 
Marv, Qo‘hnaqal’a, Marokanda (Samarqand) singari shaharlarning ham savdo- 
sotiqning yirik markazlari sifatidagi mavqei yuksak bo‘lgan. 
Yunon-Baqtriya davlati o‘zining pul birligiga ega bo‘lgan. Oltin, kumush va 
misdan tanga pullar zarb etilib muomalaga chiqarilgan. Bundan tashqari bu 
mamlakatda turli xil don ekinlari, serunum erlarida uzumzor bog‘lar ko‘p bo‘lgan, 
sharbatli mevalar etishtirilgan. Bu hol unda dehqonchilik madaniyati o‘sganligidan, 
sun’iy-sug‘orish inshootlari tizimi keng tarmoq otganligidan yaqqol dalolatdir. 
Garchand Yunon-Baqtriya davlatida ayrim quldorlik munosabatlari mavjud bo‘lsa-
da, biroq unda erkin dehqon jamoalari mehnati salmoqli rol o‘ynagan. Bu esa ishlab 
chiqarish jarayonlarining nisbatan tez o‘sishiga, shaharlar hayotining rivojlanishiga 
muhim turtki bergan. 
Miloddan avvalgi II asr o‘rtalariga kelib bir qator ichki va tashqi vaziyat 
taqozosi bilan yuz bergan keskin o‘zgarishlar oqibatida Yunon- Baqtriya davlati 
tushkunlikka yuz tutdi. Buning muhim sabablaridan biri- qo‘shni Parfiya davlatining 
kuchayib ketishi va o‘z hududlarini Yunon- Baqtriya hisobiga kengaytirishga 
intilishi bo‘ldi. Bu hol Yunon-Baqtriya davlatini mushkul ahvolga solib qo‘ydi. Tez 
orada Hind erlari hamda Sug‘diyona uning tarkibidan ajralib ketdi. Mamlakatning 
shimoliy va sharqiy hududlariga esa sharqdan kelgan ko‘p sonli katta yuyechji 
qabilalarining hujumi kuchayib, ular asta-sekin Farg‘ona, Surxondaryo hududlari 
sari siljiy boradi. 
Qadimgi davlatchilik hukmronlik qilgan kezlarda xamda antik davrlardayoq 
So‘g‘diyona, qadimgi Xorazm, Baqtriya, qadimgi Farg‘ona, Qang‘ davlat 
birlashmalari chet davlatlar bilan jadal savdo-iqtisodiy munosabatlar o‘rnatar 
ekanlar, harbiy yurishlar mahalida mag‘lub davlat g‘olib tomonga o‘lpon tarzida 
katta miqdorda soliqlar to‘lashi bilan birga, garovga ko‘plab miqdorda asirlar va 
qullarni ham hadya etganlar. Xususan, chet elliklarni o‘lkada yetishtirilgan qishloq 
xo‘jalik, chorvachilik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlari, birgina shisha, 
qog‘oz, jun, qorako‘l teri, qovun, tarvuz, ot, tuya kabilar e’tiborni tortgan. 
Masalan, yuqorigi paragraflarda qayd qilinganidek, qadimgi Farg‘ona turli davr 
manbalarida Dovon, Parkana kabi nomlar bilan eslatib o‘tiladi. Ya’ni, qadimgi 
Farg‘onada mahalliy kadxudotlar, vispati va zantupati maqeidagi hokimliklar 
siyosiy uyushmasidan iborat Davan davlati tarkib topdi. 


Mil. avv. III asrlar boshlarida paydo bo‘lgan 

Yüklə 273,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin