Qoramolchilik iqtisodiyoti va boshqaruvi.
Qoramolchilikni rivojlantirish to‟yimli ozuqalarga nisbatan anchagina arzon
o‟simlik ozuqa (ko‟k o‟t, dag‟al, shirali va boshqalar) resurslaridan foydalanib sut va
go‟sht mahsulotlarini ishlab chiqarishga imkoniyat yaratadi.
Bu tarmoqning samaradorligi, dastavval sigirlarning boshqa ona hayvonlarga
nisbatan bir necha barobar ko‟p sut berishi bilan ta‟minlanadi. O‟zbekistonda hozir
rivojlantirilayotgan qora-ola, qizil chul, shvis, kabi asosan zotdor sigirlardan bir yilda
3500-5000 kg sut va ogirligi 30 kg bir bosh buzoq olish potensial imkoniyati mavjud.
Laktasiya davrida har bir sigirdan sog‟ib olingan yalpi sutning 5-6 foizi buzog‟iga
sarflansa, qolgan qismi 12-15 kishini ilmiy asoslangan me‟yorda sut va qayta ishlangan
sut mahsulot (yog‟, pishloq, qaymoq, qatiq va boshqa)lari bilan ta‟min etishga imkoniyat
yaratadi. Olingan buzoqlarni intensiv ozuqlantirilsa uning tirik vazni bir yilda 180-200
kg ga yetadi va 5-6 kishini ilmiy asoslangan me‟yorda mol go‟shti va undan qayta
ishlangan mahsulot (kolbasa va boshqa)lar bilan ta‟minlashga imkoniyat yaratadi.
Oxirgi yillarda O‟zbekistonning sut balansi aktivida sigir suti 90% dan ortik, go‟sht
balansida esa -70% dan ortikrog‟i mol go‟shtidir. Bu mahsulotlarni barcha yoshdagi
odamlar iste‟mol qiladi, ularni jismoniy baquvvat qiladi va umrini uzaytiradi.
Tajribalar shuni ko‟rsatadiki, 1kg sut oqsiliga qoramol go‟shti oqsiliga nisbatan 5-6
marta kam kam ozuqa birligi sarflanadi. Qoramol podasida sigirlar hissasining
ko‟payishi tarmoqning samaradorligini bevosita oshiradi.
Qoramol terisidan sifatli charm tayyorlanadi, oyoq va boshqa kiyimlar ishlab
chiqariladi.
Qoramollar qoldig‟i go‟ngdan foydalanish tuproqning unumdorligini, binobarin,
o‟simliklar hosildorligini oshiradi.
Demak, qoramolchilikni intensiv rivojlantirish mavjud mehnat, yer, suv va boshqa
resurslardan samarali foydalanishga imkoniyatlar yaratadi va hokazo. Ulardan to‟laroq
va samaraliroq foydalanish asosiy vazifadir.
O‟zbekistonda uzoq yillar mahsuldorligi past, issiq iqlim sharoitiga moslashgan,
kasalliklarga chidamli qoramolchilik rivojlantirilgan. Tarmoqning sosial-iqtisodiy
samaradorligini oshirish maqsadida xorijiy mamlakatlardan zotdor va metis qoramollar
sotib olingan. Respublika olimlari va mutaxassislari ham ularni iqlim sharoitiga
moslashtirish ishlarini amalga oshirdilar va hokazo.
Taxlil shuni ko‟rsatadiki, O‟zbekistonda fuqarolar(grajdanlar) urushi yillarida
qoramollarning bosh soni keskin kamaygan. 1924 yili 1915 yilga nisbatan ularning bosh
soni 538 ming boshga yoki 39% ga kamaygan. Bunday holat 2-jaxon urushi yillariga
ham xos. 1945 yilda 1940 yilga nisbatan 445 ming boshga yoki 24% ga kamaygan. 2000
yilda 1960 yilga nisbatan mos ravishda 135 va 16 % ga ko‟paygan. yillarda sigirlar bosh
soni tezroq ko‟paygan. Ularning jami qoramollarga nisbatan hissasi ham oshgan. Mos
ravishda 1960 yilda 40,9 %, 1990 yilda-40,5, 2000yilda esa - 43,9% ni tashkil etgan.
Sigirlardan sut sog‟ib olish, so‟yilgan mollarning vazni va boshqa mahsuldorlik
ko‟rsatkichlarida ham o‟zgarishlar bo‟lgan. Masalan: 1990 yili 1960 yilga nisbatan bir
bosh sigirdan sog‟ib olingan sut qariyb 2 marta oshgan. 2000 yilda 1990 yilga nisbatan
esa mos ravishda qariyb 13% ga kamaygan. So‟yilgan qoramolning tirik vazni ham 2000
yilda 1990 yilga nisbatan 12% ga kamaygan. Maxsuldorlikning pasayishi yalpi sut va
go‟sht mahsulotlarining hajmiga salbiy ta‟sir etgan
Uzoq yillar davomida ko‟pchilik xo‟jaliklarda mol go‟shti ishlab chiqarish va
sotishdan zarar ko‟rdilar, sut tannarxiga kiritilgan xarajatlarning rentabellik darajasi ham
tarmoqda kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni tezlashtirishga sharoit yaratolmadi.
Ko‟proq, sifatliroq va arzonroq qoramolchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish
hamda sotish uchun quyidagi omillar va imkoniyatlardan oqilona foydalanish zarur:
1.Sigirlardan olinadigan sut va buzoq miqdorini ko‟paytirish lozim. Ko‟p
xo‟jaliklarda mahsuldorlikning bu ko‟rsatkichlari ularda rivojlanayotgan zotdor
sigirlarning potensial imkoniyatiga nisbatan 2-3 marta past bo‟lmoqda. Natijada ularni
oziqlantirish xarajatlari samaradorligi 3-4 marta pasaymoqda;
2.
Go‟sht
yo‟nalishdagi qoramollarni so‟qimga boqishga kunlik o‟sishi,
o‟rtacha tirik va so‟yilgan vazni va boshqa mahsuldorlik ko‟rsatkichlari ham
rivojlantirilayotgan zotlarning potensial imkoniyatidan 30-35% ga past tashkil topmoqda.
Natijada ularni oziqlantirish va saqlash muddatlari cho‟zilib ketadi, barcha xarajatlar
samaradorligi ham pasayadi;
3.
Rivojlanayotgan
iqlim
sharoitiga
moslashgan
qoramollarning zotdorlik belgilarini mustaxkamlash maqsadida seleksiya va naslchilik
ishlari sifatini ko‟tarish, shu jumladan, sun‟iy urug‟lantirishni amalga oshirish;
4.
Chorvadorlarning
mehnat unumdorligi va qili ngan mehnat
manfaatdorligini oshirish omillaridan va imkoniyatlaridan oqilona foydalanish;
5.
Asosiy
vositalardan, shu jumladan, mahsus chorva binolar va
inshoatlar quvvatidan yil davomida to‟laroq foydalanish;
6.
Progressiv
zooveterinariya xizmatlaridan foydalanish.
Dostları ilə paylaş: |