5
Chorvachilik tarmoqlari ishlab chiqarishi va uning iqtisodiy samaradorligi.
Respublikada uzoq yillardan beri ayrim chorva mahsulotlarini, shu jumladan, mol
va parranda go‟ shtlarini, jun, pilla ishlab chiqarish va sotishdan ko‟pchilik korxonalar
zarar ko‟rmoqdalar. Boshqa mahsulotlarning rentabellik darajasi ham bozor iqtisodiyoti
qonunlari talablariga to‟laroq javob bermaydi.
Barcha turdagi chorvachilik mahsulotlarining iqtisodiy samaradorligini oshirish
uchun quyidagi omil va imkoniyatlaridan to‟laroq foydalanish zarur:
1.
Chorva hayvonlari mahsuldorligini oshirish. Bu o‟ta dolzarb vazifani
bajarish uchun ularni turli xil ozuqalarga bo‟lgan talablarini ilmiy asoslangan rasionlar
bo‟yicha muntazam qondirish. Natijada zotdor hayvonlarning mahsuldorlik potensiali
hamda sarflangan ozuqalar samaradorligini oshirish imkoniyatlaridan to‟laroq
foydalanish, ko‟proq, sifatliroq hamda arzonroq mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish
imkoniyati yaratiladi;
2.
Chorva
hayvonlarning zotdorlik belgilarini saqlash va yanada
mustahkamlash maqsadida seleksiya, naslchilik ishlarini yuqori darajada tashkil etish,
jumladan, sun‟iy urchitish, geterozis ustunliklaridan to‟laroq foydalanish;
3.
Qishloq
xo‟jalik korxonalari, fermer, dehqon xo‟jaliklarini yuqori
mahsuldor zotli chorva mollari bilan muntazam ta‟minlash maqsadida yuqori
mas‟uliyatli naslchilik zavod va naslchilik xo‟jaliklarini barpo qilish ularni imtiyozli
sharoitlardan foydalanishga imkon yaratish.
4.
Chorvadorlarning
mehnat unumdorligi va mehnat haqini
barqaror oshirish uchun texnologik jarayonlarni kompleks mexanizasiyalash va
avtomatlashtirish usullaridan foydalanish; dastavval, ozuqalarni taqsimlash, sigirlarni
sog‟ish, qo‟y va echkilar junini qirqish, sug‟orish, binolarni chorva qoldiqlaridan
tozalash, ulardan foydalanish bilan bog‟liq va boshqa ishlarni progressiv vositalar
yordamida bajarish;
5.
Hayvonlarni saqlashning progressiv usullaridan, shu jumladan,
bog‟lamasdan saqlash, mahsus qo‟ralardan foydalanish;
6.
Asosiy
vositalardan
ayniqsa,
chorva
binolari
va
inshoatlari
quvvatidan oqilona foydalanish;
7.
Progressiv
zooveterinariya xizmatlaridan foydalanish va h.k.
Dostları ilə paylaş: |