amaliy me’morchilik san’ati, naqoshlik barcha mavzular
GANCH O'YMAKORLIGIDA BEZASH ISHLARNI BAJARISHDA RANGLARDAN FOYDALANISH VA NAQSHLAR TAHLILI
Reja:
1. Ganchkorlikda ishlatiladigan asbob-uskunalar.
2.Ganchkorlik asboblarini o’ziga xos tomonlari va ulardan tugri foydelanish.
3. Ganchkorlik texnika xavfeizlik koidalari.
4. Pardoz va uning turlari
O’tmishda xalq ustalari ustachilik asboblarining mukaddas sanab kelganlar. Ular o’z asbob-uskunalarini shogirdlariga meros qilib qoldirganlar. Bu milliy an’analar zamirida chuqur insoniy ma’no va mazmun yotibdiki, buni xis etish baxtiyorlikdir. Ana shunday baxtga muyassar bo’lgan ustozlarimizdan biri Buxorolik ganch o’ymakor akademik Usta Shirin Murodovdir. Uning Ustozi Usta Xayot kunlardam bir kuni Shirinni oldiga chaqirib men, sendan xursandman, endi mustaqil ishlayversang bo’ladi degan edi.
Milliy anana bo’yicha, ya’ni 20-30 ta ustalar, shogirdlar o’rtasida usta nomini berishdi. O’rtaga chaqirib beliga eng yaxshi ganch uymakorlik asboblaridan shturgardonni kiyimiga qistirib qo’yishdi va fotixa berishdi. Shirin Murodov ana shundan keyin xalq o’rtasida Usta degan nomga ega bo’ladi.
Dono xalqimizda "Ish quroling soz bo’lsa, mashaqqating oz bo’lur". Bu maqolda shogird u yoki bu ishni bitirgandan, og’irini yengil, mushkulini oson qiladigan ish qurollarini xamisha shay qilib turishi kerakligini xamda biror ishni qilib bo’lgandan so’ng bir chekkaga tozalamasdan uloqtirib, zang bostirib qo’ymasligi, o’tmas bo’lib qolsa charxlab, o’tkir qilib qo’yishi, buzilsa darxol tuzatib. ularni maxsus joyda saqlash kerak Ganchkorlikda xam o’ziga xos asbob-uskunalar ishlatiladi. Naqsh kompozitsiyalar chiziqlar uchun chizg’ichlar, pargor, yumshok; va qattik qora qalamlar, daftar, albom, o’chirgichlar, shaffof qog’oz, oq kog’ozlar kerak bo’ladi.
Ganch qurish uchun sirli togorz, elaklar, katta va kichik chelaklar, ruletka, andava, ganch yuzasini ishlash uchun mayin latta, shovun, o’lchov asboblari, maxsus qo’lqopcha, qum qog’ozlar, simlar va boshqa asbob uskunalar ishlatiladi. Asboblarni charxlash uchun qayroq tosh ganch togora, qolip reykalar ishlatiladi. Ganch o’yish va pardozlash uchun jarroxlik pichogi, iskana, shturgardon tuya buyin, kalamtok (qalami shkufta), minkor, morpech qalamlar, qalam pux, latak bindi, lulakash, zamin qalam, navo qalam, pil gaqalam, dudgial qalam va boshqa asboblar ishlatiladi. Ganchkorlar qadimda 20 ga yaqin ganchkorlik asbob turlarini ishlatganlar. Xozirda bunday asbob turlarini tayyorlaydigan temirchi ustalarimiz juda oz qolganligi va bu asboblarmi rastalarda sotilmasligi natijasida xozirgi ustalarimiz asosan jarroxlik pichog’i (skalpel), minkr, iskana va shturgardon asboblarida ishlab kelyaptilar, Viz uchun dastlabki ganchkorlik sirlarini urganishda asosan jarroxlik pichog’i va iskana kerak bo’ladi. Ganch o’yish va pardozlash uchun ishlatiladigan asboblar bilan yaqindan tanishib chiqamiz.
Jarroxliq pichogi (skalpel) po’latdan yasalgan xar xil o’lchamli jarroxlik pichoqchasi. Undan hozirgi ganch o’ymakorligida xam keng foydalaniladi. O’ymani katta-kichikligiga ko’ra bu ustalar xar xil o’l]chamdagisini ishlatadilar. Undan foydalanishdan avval charxlab, dastasini qo’lga botmaydigan qilish uchun ikki tomoniga yupqa faner qo’yib, izolenta o’rab keyin ishlatadilar. Bu pichoq o’yilayotgan gulni chizishga, kesishga, o’yishda va pardoz berishda ishlatiladi. Ya’ni bu asbob o’ymakorlikdagi turli ishlarni bajarishda qo’l keladi. Iskana - duradgorlikda ishlatiladigan oddiy asbob, uning uchi og’ma xolatda kesik bo’lishi ham mumkin. Iskanalar har xil kat