1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


Avеstoda zardushtiylik dini tamoyillari va qonun-qoidalarining asoslab bеrilishi



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə3/83
tarix13.03.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#87658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
тарих

3.Avеstoda zardushtiylik dini tamoyillari va qonun-qoidalarining asoslab bеrilishi. Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra, butun Borliq va bizni qurshab turgan hamma narsa ikki ibtidodan, ya'ni Ezgulik va Yovuzlikdan tashkil topgan. Ezgulik va Yovuzlik o’rtasida doimiy kurash boradi. Masalan, yorug’lik zulmat bilan, hayot o’lim bilan, yaxshilik yomonlik bilan, haq-huquq esa haqsizlik bilan kurashadi.Zardushtiylar umrining tub ma'nosi ezgu amal, ezgu so’z va ezgu fikrdan iborat bo’lishi lozim. Insonning asosiy burchi eng avvalo adolatli turmush tarzi hisoblangan. Yovuzlik bilan kurashda Ezgulikka yordam berish lozim: yolg'on so’zlamaslik, aldamaslik, va'daga vafo qilish, faqat ezgu ishlarni amalga oshirish va b.Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra, inson o’z yo’lini o’zi tanlaydi, kimning yonini olish, kimni himoya qilishni ham o’zi hal qiladi.Olov, tuproq, suv va havoni zardushtiylar muqaddas hisoblashgan. Ularni Yovuzlikni ifoda etuvchi buyumlar bilan qorishtirib yubormaslik kerak.Yer yuzidagi eng qo’rqinchli yovuzlik o’limdir. Shuning uchun ham zardushtiylarda vafot etgan kimsalarni dafn etish borasida alohida marosim yuzaga kelgan. Inson vafot etganida bu hol unga yovuz ibtido-o’lim ko’chib kirganini anglatadi, yovuzlik bilan ezgulik ramzi boimish tuproqni bulg'amaslik kerak. Marhumning jasadini yerga ko’mish ham, olovda kudirish ham, suvga tashlab yuborish ham mumkin emas. Shuning uchun ham murdani qushlar va hayvonlar yeb ketishi uchun maxsus moslama (qurilma)da qoldirishgan. Yomgirlar poklagan va oftob qoqlagan suyaklarni maxsus sopol tobutchalar - ossuariylar (suyakdonlar)da dafn etishgan. Axuramazda zardushtiylarning ulug' va donishmand oliy xudosi hisoblanadi. Mitra - Quyosh va yoruglik xudosi, dehqonlar va chorvadorlarning hosildorlik, farovonlik va mol-davlat bag'ishlovchi homiysidir. Mitra o'tli chaqmoqlar yordamida u yovuzlik va o’lim xudosi bo’lmish Ahriman bilan jang qiladi. Yomg'irdan keyin hosil bo’ladigan kamalak Mitraning o’q uzayotgan yoyidek egilgandir. Anaxita zardushtiylikda hosildorlik va suv ilohasi hisoblangan. Zardushtiylik dini ta'limoti insoniyatning Ezgulik va Yovuzlik haqidagi dualistik qarashlari takomiliga katta ta'sir ko’rsatdi.
4. “Avеsto”da qadimgi ajdodlarimizning boshqaruv tizimi, ijtimoiy turmushi va madaniy hayotiga oid ma'lumotlar. Tarixdan ma’lumki, zardushtiylik miloddan oldingi VIIasrdan milodimizning VIIasrigacha qariyb ming yil Markaziy Osiyo, Eron, Ozorboyjon va boshqa o’lkalarda diniy e’tiqod sifatida yashadi. Zardusht yashagan va “Avesto” kitobi yozilgan davrda Markaziy Osiyoda aholining asosiy qismi o’troq hayotga, dehqonchilik va hunarmandchilikka o’ta boshlagan, ko’chmanchi chorvachilikka e’tibor kuchaygan, qadimgi shaharlar va dehqonchilik viloyatlari (So’gdiyona, Marg’iyona, Baqtriya, Parfiya, Xorazm)ning shakllanish jarayonlari kechayotgan paytda edi. Vatanimiz xalqlari hayotida yuz berayotgan bu ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar uning taraqqiyot yo’liga g’ov bo’layotgan mafkurani yangilanishni, yangi jamiyat talablariga javob beradigan diniy islohiyatni amalga oshirishni talab etardi. “Avesto”da ana shu islohiy talab o’z ifodasini topdi. Buning ustiga “Avesto”da zardushtiylikning umumbashariy ahamiyati va mohiyatidan tashqari unda o’lkada ilk boshqaruv tizimining amal qilganligi to’g’risidagi ham qimmatli ma’lumotlar uchraydi. Masalan, Avesto jamiyatning 4 asosiy qismga bo’ladi: uy, oila jamoasi-nmana, urug’ jamoasi-vis, qabila-zantu, qabilalar ittifoqi-daxiyu. Mamlakatni idora qilgan shaxs kavi deb atalgan. Oqsoqollar kengashi-varzanapati, xanjamana, xalq yig’ilishi-vyaxa deyilgan. Avesto qadimgi jamiyatning 4 asosiy toifasini alohida ajratib ko’rsatadi: kohinlar (ruhoniylar), askarlar, chorvadorlar va hunarmandlar. Avestoda jamiyatda binokorlar bo’lganligiga ham alohida ishora bor. Shuningdek, zargarlik, kulolchilik, to’quvchilik, temirchilik singari hunarmandlar ham o’ziga xos tarzda rivoj topgan. Asarda patriarxal urug’ jamoasi haqida uning so’nggi qismi Videvdotta iqtisodiy tengsizlik, sinfiy tabaqalanish haqidagi muammalar ochiladi. Манбада аввало, инсон эрки, унинг руҳий комиллиги масалалари устувор қўйилади. Масалан; “Мен яхши фикр, яхши сўз, яхши ишга шон-шавкат бахш этаман” дейилади Ясна (14) китобида. Ахурамазда, инсонлар ўртасида бўлаётган муносабатлар ўзаро самимийлик, ҳурмат беғаразлик, ёрдам ва оқибатли бўлиш зарурлигига, ёмон фикрлардан ҳоли бўлишга чақиради. Каттага ҳурмат ва кичикка иззат, сабр-бардош, ҳалоллик, меҳр-оқибат ва бошқа бир қатор тамойиллар борки, булар миллий ғоямизнинг асосий тамойилларига уйғун келади.Ғояларнинг бундай тарзда қўйилиши дунё ана шу кучларнинг ёнма-ён яшашидан иборат, деган фалсафанинг моҳиятини англашга ундайди. Шу тариқа “Авесто” ўша замонда яшаган одамлар ўртасидаги муносабатларни барқарорлаштириш, давлатга бўлган эҳтиёж ва зарурияти ўлароқ юзага келган манба бўлиб ҳисобланади. “Авесто”да энг муҳим масалалардан бири - бу ҳуқуқий муносабатларнинг назарий жиҳатдан шаклланганлигидир. Унда инсон ҳаёти ва одамлар ўртасидаги ижтимоий-иқтисодий муносабатлар ҳуқуққа асосланганлиги ҳақида маълумотлар бор. Ҳақиқат, яхши сўз ва мақсад, поклик ва эзгуликка интилиш, сув, ер, олов, хонадон ва чорвани асраб-авайлаш ахлоқий бурч бўлиб саналган. Инсон ўзининг ишлари ва фикрлари билан яхшилик, ёруғлик ва бахт келтирувчи, ҳаёт ва ҳақиқат берувчи олий тангри Ахурамаздага ёрдамчи бўлиб хизмат қилади.
Shunday qilib “Avesto” kitobi buyuk o’tmishdoshlarimizning keng qamrovli hayot tarzini, umubashariy urf-odatlari ta’lim-tarbiyasi, boshqaruv tizimini o’rganishimizda dasturilamal manba b’lib xizmat qiladi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin