1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


Movarounnahr Ulug’bеk hukmronligi davrida



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə32/83
tarix13.03.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#87658
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83
тарих

34.Movarounnahr Ulug’bеk hukmronligi davrida.1409-yil da Shohrux Samarqanddan Hirotga qaytish oldidan o'n besh yoshli Mirzo Ulug'bekni Movarounnahr va Turkistonga hokim qilib tayinlaydi. Uning hokimiyati chegaralari Samarqand, Buxoro va Nasaf viloyatlari bilan cheklanardi. 1410-yilda Muhammad Jahongir, Yangi va Sayram viloyatlarining hokimi Amir Abdulholiq hamda Oq o'rdalik xonzodalardan Chingiz o'g'lonlar bilan ittifoq tuzib, temuriylarga qarshi isyon ko'taradi. 1410-yil 20-aprelda Samarqand yaqinida Qizilravot mavzeyida isyonkor ittifoqchilar bilan Mirzo Ulug'bek qo'shinlari o'rtasida jang bo'ladi. Jangda Ulug'bek mag'lubiyatga uchrab, Kalifga tomon chekinadi. Shohrux Samarqandga yetib kelib, Shayx Nuriddin isyonini bostiradi. Movarounnahr va Turkistonni to'liq boshqarish 18 yashar Ulug'bek qo'liga o'tadi. Ulug'bek 1414-yilda Farg'ona va Qoshg'arni egallaydi. 1413-yilda Shohrux tomonidan Xorazm Oltin O'rda xonlari tasarrufidan qaytarib olingach, Ulug'bek davlatining g'arbiy va janubiy chegaralarining xavfsizligi barqarorlashgan bo'lsada , ammo uning shimoli g'arbiy va shimoli sharqiy tomonlari hali xavotirli edi. Shu sababli Ulug'bek Dashti Qipchoqda boshlangan o'zaro nizoga hamda Mo'g'ulistonda avj olgan ichki kurashlarga jiddiy e'tibor berishga va aralashishga majbur bo'ladi. Ulug'bek otasining rizosi bilan 1425-yilning erta bahorida Mo'g'uliston ustiga yurish boshlaydi. Issiqko'l yaqinida sodir bo'lgan to'qnashuvda Ulug'bek mo'g'ullar ustidan g'alaba qozonadi va ma­halliy muxolifotchi kuchlarni bartaraf etib, mamlakat sharqiy chega­ralarini mustahkamlaydi.Dashti Qipchoqqa qarshi qilingan yurishda esa Ulug'bekning omadi kelmaydi. Otasi Shohruxning katta qo'shin bilan yetib kelishigina Ulug'bekni halokatdan saqlab qolgan. Shohrux 1447-yil 12-mart kuni nevarasi Sulton Muhammad isyonini bostirish vaqtida Ray viloyatida o'rniga voris belgilashga ulgurmay olamdan o'tadi. Shohrux vafot etishi bilan toj-taxt uchun kurash avjga chiqadi. Odatga ko'ra taxtga Shohraxning to'ng'ich o'g'li Ulug'bek o'tirishi kerak edi. Ammo taxtni Boysung'urning o'g'li Alouddavla egallaydi. Toj-u taxt uchun yana kurash boshlanadi. 1447-yilning bahorida Alouddavla Ulug'bekning katta o'g'li Ab-dullatifning qo'shinini tor-mor qilib, asirga oladi. Ulug'bek Aloud­davla bilan sulh tuzishga majbur bo'ladi. Unga ko'ra Abdullatif ozod qilinadi, Ulug'bek esa Hirot va Xurosonga bo'lgan da'vosidan voz kechadi. Biroq ko'p o'tmay sulh buziladi. 1448-yilning bahorida Ulug'bek va Abdullatifning 90 ming kishilik birlashgan qo'shini Hirotga yurish qiladi. Tarnob yaqinida bo'lgan jangda Alouddavla qo'shini tor-mor keltirilib, Hirot qo'lga kiritiladi. Abdullatif garchi bobosi Shohruxning Hirotdagi taxtiga o'tirishga muyassar bo'lsada, ammo unda otasiga nisbatan adovat paydo bo'ladi. G'alaba to'g'risida tevarak-atrofga yuborilgan fathnomalarda Abdullatifning nomi inisi Abdulazizdan keyin tilga olingani, Ixtiyorid-din qal'asidagi xazina Ulug'bek tomonidan olib qo'yilgani o'ta shuhratparast hamda mol-dunyoga o'ch Abdullatif uchun bahona bo'ladi. U otasining dushmanlari bilan yashirin tarzda til biriktirib, zimdan Ulug'bekka qarshi harakat boshlaydi. Abdullatif Hirotda faqat o'n besh kun hokimlik qiladi. Abulqosim Bobur qo'shinining shaharga yaqinlashib kelayotganidan xabar topib poytaxtni jangsiz bo'shatib, Movarounnahr tomon qochadi. Ulug'bek farmoni bilan Balxga noib qilib tayinlangach, viloyatda «tamg'a» solig'ini bekor qilib, savdogarlarni o'z tarafiga og'dirib oladi. Shunday qilib, Abdullatif o'z otasiga qarshi ochiqdan ochiq dushmanlik yo'liga o'tadi. Hirotdan Samarqandga qaytar ekan, Ulug'bek old tomondan Dashti Qipcho ko'chmanchilarining hujumiga duchor bo'ladi. Ikki tarafdan kelgan dushmanlar bilan bo'lgan to'qnashuvlar oqibatida Ulug'bek qo'shini qattiq shikast topib, zaiflashib qoladi. Shu vaqtda Samarqandda vaqtinchalik noib qilib qoldirilgan Ulug'bekning kichik o'g'li Abdulazizga qarshi Samarqand amirlarining noroziligi kuchayib, Ulug'bek uni bartaraf qilishga majbur bo'ladi. Otasining qiyin ahvolda qolganini kuzatib turgan Abdullatif qulay fursatdan foydalanib, bosh ko'taradi va Amudaryodan kechib o'tib, Termiz, Shahrisabz va Xuzorni osongina zabt etadi. So'ngra Samar­qandga qarab yo’l oladi. 1449-yil oktabrda Damashq qishlog'i yaqinidagi jangda Ulug'bek yengiladi, Samar­qand amiri Mironshoh Qavchin shahar darvozalarini berkittirib Ulug'bekni ichkariga kirishga qo'ymaydi. U Shohruxiyaga ham kirolmaydi va Abdullatifga ta’slim bo'lishga majbur bo'ladi. Ab­dullatif jaholatparast ulamolarning yashirin fatvosini chiqartirib, otasining o'ldirilishini uyushtiradi. 1449-yil Mirzo Ulug'bek 55 yoshida fojiali halok bo'ladi. Shunday qilib, Ulug'bek Movarounnahrni qirq yil idora qildi. Bu davrda mamlakatning siyosiy hayotida keskin kurash davom etganligiga qaramay, davlatni mustahkamlashga, mamlakat birligini saqlab qolishga va madaniy hayotni ko'tarishga, rivojlantirishga harakat qildi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin