1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


Tеmur va tеmuriylar davrida madaniyat, ilm-fan. Ulug’bеkning astronomiya maktabi. Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi, Kamoliddin Bеhzod



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə33/83
tarix13.03.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#87658
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   83
тарих

35.Tеmur va tеmuriylar davrida madaniyat, ilm-fan. Ulug’bеkning astronomiya maktabi. Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi, Kamoliddin Bеhzod. XV asrda Samarqand va Hirotda olimlaru fuzalolar, shoirlaru bastakorlarning kattagina guruhi to'plangan edi. Ilm-fan va san'atning taraqqiyotida zamonasining madaniy muhitida tarbiyalanib, yoshligidayoq mashhur olim sifatida shuhrat qozongan Ulug'bekning hissasi nihoyatda buyukdir. Ulug'bek farmoni bilan Buxoroda, Samarqandda, G'ijduvonda madrasalar qad ko'taradi. Hatto Buxoro madrasasining darvozasiga «Bilim olish har bir musul-mon ayol va erkakning burchidir» degan xitobnoma o'yib yozib qo'yiladi. Movarounnahrning bu uchta qadimiy shaharlarida barpo etilgan ilmgohlar, xususan Samarqand madrasasi zamonasining dorilfununi edi. Ushbu madrasalarda diniy ilmlar: Qur 'on, hadis, tafsir, Jiqh (din va shariat qonun va qoidalari) bilan bir qatorda riyoziyot (matematika), handasa (geometriya), ilmi hay'at (astronomiya), tibbiyot (meditsina), tarix, jo 'g 'rojiya, ilmi aruz (nazm), arab tili va uning morfologiyasi (qofiya) kabi dunyoviy ilmlar ham o'qitilardi 1420-yilda ochilgan Samarqand madrasasi ikki qavatli, ellik hujrali bo'lgan. Har bir hujra uch xonaga: qaznoq (omborxona), yotoqxona va darsxonalarga bo'lingan. O'rta asrlarning mashhur olimlari Qozizoda Rumiy, G'iyosiddin Jamshid Koshoniy, Mirzo Ulug'bek va uning shogirdi Alouddin Ali Qushchilar turli fanlardan dars berganlar. Madrasada kamida 15-16 yil tahsil ko'rib, uning dasturi bo'yicha fanlarni to'la o'zlashtirgan va imtihonlarda o'z bilimini namoyish qila olgan tolibi ilmlarga sanad yozib berilgan. Samarqandda o'z atrofida to'plangan taniqli olimlaming bevosita ishtiroki va yordamida Mirzo Ulug'bek 1424-1429-yillarda shahar yaqinidagi Obirahmat anhori bo'yida rasadxona qurdirdi. Hanuzgacha olimlaming qiziqishini uyg'otib kelayotgan bu ulkan imoratning balandligi 31 metr edi. Binoning ichki sahni sekstant va koridorlar bilan uch qismga ajratilgan. Rasadxona joylashgan bu mavze mahalliy aholi o'rtasida «Naqshijahon» degan nom bilan shuhrat qozongan. G'iyosiddin Jamshid boshchiligida rasadxonaning asosiy o'lchov asbob-uskunasi-ulkan sekstant o'rnatilgan. Samarqand sekstanti o'sha davrda Sharqda ma'lum bo'lgan sekstantlarning eng kattasi hisoblangan. Ulug'bek rasadxona qoshida zamonasining boy kutubxonasini ham tashkil etadi. Bu kutubxonada fanning deyarli hamma sohalariga tegishli qariyb o'n besh ming jild kitob saqlangan. Ulug'bekning faol ishtiroki bilan Ulug'bek rasadxonasi o'sha zamon sharoitiga mukammal astronomik asbob va uskunalar bilan jihozlangan oliy darajadagi ilmgohga aylanadi. Rasadxonada Ulug'bek bi­lan birga mashhur matematik va astronomlardan Aflotuni zamon deb nom olgan Qozizoda Rumiy, G'iyo­siddin Jamshid Koshoniy, «o’z davrining Ptolemeyi» nomi bilan shuhrat qozongan Ali Qushchi va ko'pgina boshqa olimlar ilmiy kuzatishlar va tadqiqotlar olib boradilar. Xullas, Ulug'bek Samarqandda butun bir astronomiya maktabini yaratdi.Ulug'bekning shoh asari «Ziji jadidi Ko'ragoniy» (Ko'ragoniyning yangi astronomik jadvali) nomli kitobidir. «Ziji jadidi Ko'ragoniy» asosan ikki qismdan: keng muqaddima va 1018 qo'zg'almas yulduzlarning o'rni va holati aniqlab berilgan jadvallardan iborat. Ulug'bekning astronomik jadvalini hozirgi hisob-kitoblarga solishtirgudek bo'lsak, u bor-yo'g'i bir minutu ikki sekundga farq qiladi. Bu XV asr uchun g'oyat yuksak aniqlik bo'lib, hozirgi zamon o'lchovlariga juda yaqindir. Ulug'bek «Tarixi arba 'ulus» (To'rt ulus tarixi) nomli tarixiy asar hamda musiqa ilmiga bag'ishlangan beshta risola ham yozgan. Ulug'bekning astronomiya maktabi o'z davrining o'ziga xos akademiyasi edi. Kamoliddin Behzod XV asr tasviriy san'atining ulug' namoyandasidir. U musavvirlikda «Hirot maktabi» deb nomlangan yangi bir ijodiy uslubning asoschisi bo'ldi. U ustoz san'atkor sifatida O'rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon va boshqa o'lkalar tasviriy san'atining taraqqiyotiga samarali ta'sir etdi. Behzodning ijodi xilma-xil mazmunga ega bo'lib, u tarixiy siymolar (Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Alisher Navoiy) portretlaridan tortib to serjilo hukmdor saroylaridagi qabul marosimlari va jang maydoni manzaralarigacha haqqoniy va ta'sirli qilib bera olgan. Ayniqsa, Dehlaviyning «Layli va Majnun» dostoniga bag'ishlangan uning lirik manzaralari yoki Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma » asari uchun chizilgan jang maydonidagi shiddatli jang tasvir etilgan miniaturalari nihoyatda jozibador va ta'sirchandir. Xullas, tasviriy san'at asarlari bilan badiiy adabiyotning o'zaro uzviy aloqada ravnaq topganligi, biri ikkinchisiga samarali ta'sir etganini ko'rsatadi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin