1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


O’zbеk xalqining etnik shakllanishi va uning bosqichlari



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə11/83
tarix13.03.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#87658
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83
тарих

12.O’zbеk xalqining etnik shakllanishi va uning bosqichlari. Hozirgi kunga kelib Respublikamizda milliy-ma’naviy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish, milliy mafkura g’oyalarini fuqarolarimiz ongiga singdirish kuchayib, O’zbekiston xalqlarining o’z o’tmish va kelib chiqishiga qiziqishi ortib bormoqda. Etnogenez jarayoni turli xalqlarning ajdodlari tarixidan boshlanadi. O’zbek xalqi jdodlarining tarixi juda katta davrni o’z ichiga oladi. Uzoq tarixiy taraqqiyot yo’lida ajdodlarimiz murakkab etnogenez jarayonlarini boshdan kechirganlar. Bu jarayonlar antropologik qiyofalar, qabilalar, xalqlar va elatlarning aralashib ketishi, madaniy an’analarning qo’shilib yangi asosda rivojlanishi bilan uzviy bog’liq bo’lgan.antropologik izlanishlar natijalariga tayanib, o’zbek xalqining kelib chiqishi tarixida muhim ahamiyat kasb etgan uch tarixiy davrga to’xtalish lozim: 1)mil.avv. III-II asrlardaO’rta Osiyo dasht mintaqalarida hozirgi o’zbk xlqiga xos antropologik qiyofa shakllana boshlagan. Ushbu antrapologik tadqiqotlar natijalari yozma manbalarda ma’lum bo’lgan xalqlarning janubga yurishi va Yunon-Baqtriya davlatining istoli etilishi hamda buyuk Kushinlar saltanatining barpo etilish davriga mos keladi.O’zbek xalqi shakllanishidagi ikkinchi muhim davr bu IX-XII asrlar hisoblanadi. Bu davrda O’rta Osiyoda jumladan, O’zbekistonda hozirgi o’zbeklarga xos qiyofa, mahalliy aholining asosiy qismini tashkil etadi. Qayd etish lozimki, bu davrda mo’g’ullar bizning yurtimizga bosib kelgan bo’lsada ularO’zbekiston aholisining tashqi qiyofasiga sezilarli izlarni qoldirmaganlar. O’zbek xakqining shakllanishida uchinchi muhim davr XV asr va XVI asr hisoblanadi. Bu davrda Dashti qipchoq o’zbeklari O’rta Osiyoga kirib keldi va ular aholiga o’z nomini beradi. Shunday qilib, o’zbek xalqining etnik shakllanishi uzoq davom etgan murakkab jarayondir. O’zbek xalqining asosini hozirgi O’zbekison hududida bir necha ming yillar davomida yashab kelgan mahlliy so’g’diylar, baxtarlar, xorazmiylar, saklar, massagetlar va boshqalar tashkil etgan. Kelgindi aholi mahalliy aholiga o’z tilini berganligini inkor etib bo’lmaydi. Masalan: keying ikki ming yil mobaynida O’zbekistonda mahalliy aholining tili uch marta o’zgargan-sharqiy eron tillari o’rniga g’arbiy eron tillai (fors tili), va turkey tillar.ammo mahalliy xalqning qoni, ya’ni genetikasi aytarli o’zgarmadi va qadimiy xalqlarimizga xos antrapologik xususiyatlar shu kunlarga qadar saqlanib kelinmoqda.



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin