14.Arablar tomonidan O’rta Osiyoning bosib olinishi. Arab bosqinchilari tomonidan amalga oshirilgan siyosat. Arab xalifaligi zulmiga qarshi ozodlik harakatlari. Qadimdan Arabiston yarimorolidagi arablar tarqoq holda yashardilar. VII asr boshlarida Arabistonda yagona e'tiqod asosida mamlakatni birlashtirish harakati boshlanadi. Bu buyuk e'tiqod yakka xudolikka asoslangan Islom dini edi. Islom-«bo’ysunish», «itoat etish», «o'zini Alloh irodasiga topshirish» degan ma'nolarni anglatib, rasulullohga ergashgan uning izdoshlari «muslim» deb atalgan. Muhammad (s.a.v.) 630-yilda arablarni yagona davlatga birlashtiradi. Muhammad (s.a.v.) vafot etgach, uning eng yaqin safdoshi Abu Bakr (632-634) xalifa (o'rinbosar) deb e'lon qilinadi. Arab qabilalarining islomni qabul qilib, siyosiy jihatdan yagona hokimiyatga birlashuvida, shuningdek, jahon dinlaridan biriga ayla-nishida islom aqidalari, huquqiy va axloqiy me'yorlarini o'z ichiga qamrab olgan Qur'oni karimning ahamiyati buyuk bo'ldi. Misr, Suriya, Falastin, Iroq, Eron kabi ko'p mamlakatlar bo'ysun-dirilib, behisob o'ljalarga ega bo'lgan Arab xalifaligi harbiy yurish-larni bizning o'lkamizga qaratdi. 651-yili arablar jangsiz Marv shahrini egallaydilar. Arablar bu yerda o'rnashib olgach, Amudaryodan shimolda joylashgan boy viloyatlarni zabt etishga tayyorgarlik ko'radilar. Bu yerlarni arablar «Movarounnahr» so'zi arabcha «daryoning narigi tomoni» degan ma'noni anglatadi. Arablar Movarounnahrga dastlab uni bosib olish uchun emas, balki harbiy jihatdan tayyorgarlik ko'rish, mahalliy hukmdorlarni sinash maqsadida yurish qiladi. Movarounnahrga ilk bor hujumlar 654-yilda Maymurg' va 667-yilda Chag'oniyon bosib olinadi. VIII asr boshlarida arablar Movarounnahr hududini to'liq bosib olishga kirishadilar. 704-yilda Qutayba ibn Muslim Xurosonga noib qilib tayinlanadi. Qutayba harbiy yurishni 705-yilda Balx viloyati atroflarini zabt etishdan boshlaydi. Shu tariqa Poykand, Buxoro, Naxshab va Kesh, Samarqand, Choch va Farg’ona egallanadi. Xalifalik o'lkani zabt etish jarayonida uning deyarli barcha obod dehqonchilik vohalarini oyoqosti qilib, juda ko'p shahar va qishloqlarga o't qo'yib vayron etdi. Marv, Poykand, Buxoro va Samarqand kabi shaharlarda shahriston yoki undagi xo-nadonlarning qoq yarmi arablar va ular bilan birga kelgan ajamlar (eronliklar)ga bo'shatib beriladi. «Xiroj», «ushr», «zakot», «jiz'ya» kabi soliqlar joriy etiladi.Arablar Movarounnahrda o'rnatilgan siyosiy hokimiyatni mustahkamlash va uning barqarorligini ta'minlash uchun islom di-nini da'vat etishga, aholi o'rtasida islomni yoyishga alohida ahamiyat berdilar. Shu boisdan ular Movarounnahr aholisining asosiy dini hisoblangan zardushtiylik (otashparastlik) va boshqa dinlarga qarshi qattiq kurash olib boradilar. Ibodatxonalar vayron etilib, ularning o'rniga jome masjidlari bino qilinadi. Islom dinini qabul qilib, musulmon bo'lgan mahalliy aholi vakillari dastlabki yillarda xiroj va jiz'ya soliqlaridan ozod etilgan. Islomni qabul qilishdan bosh tort-gan kimsalardan esa jon solig'i —jiz'ya undirilib olingan. Soliqlarni o'z vaqtida to'lamagan kishilar tutib olinib, bo'yinlariga «qarzdor» deb yozilgan taxtacha osib qo'yilardi. Bunday amaliy tadbir va choralar, shubhasiz, Movarounnahr aholisi o'rtasida islom dinining tarqalishiga yordam bcradi. Biroq, shunday bo'lsa-da, islomni qabul qilgan aholining ko'pchiligi nomigagina musulmon bo'lib, uzoq vaqtlargacha pinhona o'z dini va e'tiqodlariga sodiqligicha qolavergan.Movarounnahr zodagonlarining ko'pchiligi o'zini haqiqiy musulmon deb hisoblab, soliq to'lamay qo'yadi. So'ngra xalifalik ma'muriyati bir yo'la hammadan jiz'ya olish haqida buyruq bcradi. Natijada Movarounnahrda yoppasiga islomdan chiqish va eski dinlarga qaytish boshlanadi. Buning oqibatida mahalliy mulkdorlar bilan arab ma'muriyati o'rtasida ziddiyat keskinlashib, butun mamlakatda bosqinchilarga qarshi xalq qo'zg'olonlari ko'tariladi. Jumladan: Sug'dda Sug'd ixshidi G'urak va Panjikent hokimi Divashtich boshchiligidagi xalq qo’zg’aloni, Abu muslim qo’zg’aloni shular sarasidandir. «Oq kiyimlilar».769—783-yillarda Movarounnahrda juda katta xalq qo'zg'oloni bo'lib o'tgan. Qo'z-g'olonchilar oq libos kiyganlari uchun tarixda u «oq kiyimlilar» qo'zg'oloni nomi bilan tilga olinadi. Bu harakatning rahbari Muqanna deb atalmish Hoshim ibn Hakim ismli hunarmand bo'lgan. U Marv shahri yaqinidagi Koza qishlog'ida tug'ilgan. Uboshi va yuziga ko'k parda tutib yurgan. Shuning uchun ham uni «Muqanna», ya'ni «Niqobdor» laqabi bilan atashgan. Muqanna уoshlik chog'ida kudungarlik (matolarga ohor beruvchi) kasbi bilan shug'ullangan. usavodli, aqlli va tadbirkor bo'lgan. U Mazdak g'oyalariga asoslangan ijti-moiy tenglik va erkin hayotga da'vat etuvchi ta'limolni targ'ib ctgan. Ko'pgina qishloqlarning kadivarlari, shahar hunarmandlari va ayrim mulkdor dehqonlar unga ergashadilar. Tez orada butun Qashqadaryo vohasi «Oq kiyimlilar» qo'liga o'tadi. Natijada «Oq kiyimlilar» harakati kengayib, katta xalq qo'zg'oloniga aylanadi..Bunday kurashning oxirgi bosqichi Kesh vodiysida bo'lib o'tadi. Muqanna Som qal'asidagi qarorgohi qamalga olinadi. Uzoq davom etgan qamaldan so'ng kurashdan tinkasi qurigan muqannachilar taslim bo'ladilar. Istilochilarga taslim bo'lishni istamagan Muqanna o'zini yonib turgan tandirga tashlab halok bo'ladi. «Oq kiyimlilar» uyushqoqlik bilan harakat qila olmaganlar, Bu omil qo'zg'olon yengilishining asosiy sababi bo'ldi. Ikkinchidan, xalq harakalining ommalashib ketishidan cho'chigan mahalliy mulkdorlar birin-ketin arablar tomoniga o'tib ketganlar. Uchinchidan, qo'zg'olonning uzoq davom etganligi mehnatkashlarni holdan toydirgan. Qo'zg'olon bostirilgan bo'lsa-da, istilochilarga qarshi mahalliy xalq harakati uzil-kesil to'xtab qolmadi. Rofe ibn Lays boshchiligida xalifalikka qarshi yana qo'zg'olon ko'tariladi. Qo'zg'olon Samarqanddan boshlanib Shosh, Farg'ona, Buxoro, Naxshab va Xorazm viloyatlariga tarqalgan. Tez orada mazkur viloyatlar xalifalik qo'lidan ketadi. Mahalliy xalqlarning istilochilarga qarshi kurashlari behuda ketmadi. Asta-sekin xalifalikning hukmronligi zaiflasha bordi. Bu holi Movarounnahr aholisining ozodlikka erishuvini: tezlashtirdi.