17.Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi. Ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot. IX asr o'rtalarida Qarluqlar Issiqko’lning janubiy sohili va Qoshg'arda yashagan yag'mo qabilasi hamda o'zlaridan shimoli sharqda yashovchi chikil, sharqroqda qaror topgan o'g'uz va boshqa qabilalar bilan yagona ittifoqqa birlashib, «Xoqoniya» o'lkasiga asos olishadi. Mazkur davlat hukmdorlari «jabg'u» deb yuritilgan unvonning o'rniga o'zlarini «qoraxon», ya'ni «buyukxon» deb ataydilar. XI-XII asrlarda «Xoqoniya» rivoj topib kuchaygach, u «Qarluq-Qoraxoniylar» davlati nomini olgan. Mazkur yirik davlat qator qabilalar ittifoqi asosida tashkil topgani bois hukmdorlari «arslonxon», «bug'roxon» va «tavg'achxon» unvonlari bilan yuritilgan. Buyuklik yoki ulug'lik esa qadimda turkiy xalqlarda «qora» so'zi bilan sifatlangan. Shu boisdan taxtda o'tir-gan arslonxon, bug'roxon va tavg'ochxonlar «qoraxon» deya e'tirof etilgan. 992-yilda Horun Bug'roxon boshliq qoraxoniylar Movarounnahrga tomon hujum boshlaydilar. Bu davrda somoniylar sulolasi chuqur ichki ziddiyatlar girdobiga tushib qolgan edi. Qoraxoniylar Buxoroni qarshiliksiz ishg'ol qiladilar. 999-yilda Buxoroning Nasr Eloqxon boshchiligida qoraxoniylar tomonidan zabt etilishi bilan somoniylar hukmronligi barham topdi. Qoraxoniylar endi Xurosonni ham o'z davlatiga qo'shib olish uchun harakat qiladilar. Oradan ko'p vaqt o'tmay qoraxoniylar va g'aznaviylar o'rtasida shiddatli urushlar boshlanadi. 1006- va 1008-yil-larda qoraxoniylar Xuroson ustiga ikki marta qo'shin tortadilar. Lekin Mahmud G'aznaviy qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni o'z davlati tasarrufida saqlab qolishga muvaffaq bo'ladi. Bu davrda saljuqiylar g'aznaviylarga xavf sola boshlaydi. Saljuqiylar bilan jiddiy kurash boshlanadi. Bundan foydalangan qoraxoniylarning mahalliy hukmdori Ibrohim Bo'ritegin 1038-yilda Amudaryo bo'yi viloyatlari-Xuttalon, Vaxsh va Chag'oniyonni g'aznaviylardan tortib oladi. Ko'p vaqt o'tmay u Movarounnahrni va Farg'onani o'ziga bo'ysundirib, mustaqil siyosat yurita boshlaydi. Natijada qoraxoniylar ikki mustaqil davlatga ajralib ketadi. Biri poytaxti Bolasog'unda bo'lgan Sharqiy qoraxoniylar, ikkinchisi markazi Samarqandda bo'lgan Movarounnahrdagi Qoraxoniylar davlati edi. Ibrohim Bo'ritegin «bug'roxon» unvonini olgan. Qoraxoniylar davlatni el-yurt va viloyatlarga bo'lib idora qilardilar. Ularni eloqxon va takin(yoki tegin)lar boshqarardilar. Hokimlari faqat qoraxoniylar xonadonining eloqxon unvoniga sazovor bo'lgan a'zolaridan saylanar edi. Viloyat boshqaruv ma'muriyatida somoniylar davridagidek vazirlar sohibbaridlar, mustovfiylar xizmat qilardi. Qoraxoniylar mamlakatda o'z hukmronligini mustahkamlab olishda musulmon ruhoniylari bilan yaqin va do'stona munosabatlar o'matadilar. Bu davrda imomlar, sayyidlar, shayxlar va sadrlarga e'tibor kuchayib, ularning obro'yi har qachongidan ham balandga ko'tariladi. XII asming 30-yillari oxiriga kelganda Qoraxoniylar davlati sharqdan kelgan yangi istilochilar-ko'chmanchi qoraxitoylar hujumiga duchor bo'ldi. Shu tariqa . 1141-yilda bo'lib o'tgan jangda qoraxitoylarning g'alabasi oqibatida Qoraxoniylar davlati tugatiladi. XI asrda Movarounnahrga kirib kelgan ko'chmanchi chorvadorlar dehqonchilik maydonlarini toptab, oyoqosti qiladilar. O'tloq va yaylovlarga aylantirilgan ekinzorlar qoraxoniy qabilalarning asosiy mulkiga aylantiriladi. Qoraxoniylarning tazyiqi oqibatida mulkdor dehqonlar jon saqlash maqsadida o'z yerlarini tashlab ketishga majbur bo'ladilar. Qoraxoniylar hukmronligi davrida mahalliy mulkdor dehqonlar yer-suv mulklaridan hamda mamlakatda tutgan siyosiy mavqelaridan ajralib, jamiyat hayotida o'zining ilgarigi o'rni va ahamiyatini butunlay yo'qotadilar. XI asrdan boshlab yerdan foydalanishda iqto tartiboti juda keng yoyiladi. Qoraxoniylar tomonidan hukmron sulola namoyandalaridan tashqari oliy darajali harbiylar, davlat ma'murlari va mahalliy zodagonlarga ham katta-katta yer maydonlari iqto tarzida hadya qilinadi. Bu davrga kelib musulmon ruhoniylariga bo'lgan e'tiborning kuchayishi va mamlakatda ularning siyosiy ta'sirining tobora ortib borishi bilan vaqf yerlari ham ancha ko'paydi. XI-XII asrlarda shaharlar kengayadi, aholisining soni ko'payib, ular yanada gavjumlashadi. Samarqand, Buxoro, Termiz, O'zgan, Toshkent kabi shaharlar ichki va tashqi savdo uchun xilma-xil hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan hamda chaqa-tangalar vositasi bilan olib boriladigan bozor tijoratining markaziga aylanadi. Shaharlar markazida shohona saroylar, masjid, madrasa, minora va hammom kabi ko'plab mahobatli imoratlar qad ko'taradi. XI-XII asrning sirli koshinkor va qabartma naqshli sopol idish va tovoqlari, rangdor shisha buyumlari, naqshinkor mis idishlari o'zining xilma-xilligi va yuqori darajada nafisligi bilan ajralib turadi. Hunarmandchilikning taraqqiy etishi hamda ichki va tashqi savdoning kengayishi bilan bozor tijoratida pulga talab oshadi. Natijada qoraxoniylar va ularning viloyat hokimlari eloqxonlar tomonidan kumush va misdan ko'plab chaqa va tangalar zarb qilinadi. O'sha vaqtlarda Bolasog'un, Taroz, O'zgan, Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarda pul ishlab chiqaradigan zarbxonalar bo'lgan.