1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


“Tеmur tuzuklari” va uning ahamiyati



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə30/83
tarix13.03.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#87658
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   83
тарих

32.“Tеmur tuzuklari” va uning ahamiyati. Sohibqiron Amir Temur zukko siyosatchi va buyuk davlat arbobi sifatida tarqoq, bo‘linib ketgan feodal davlatlar o‘rnida yirik markazlashgan kuchli davlat bunyod etdi. Sohibqiron tomonidan tuzilgan davlatning boshqarish usuli, tutgan udumi, tartib-intizomi g‘oyat ibratli bo‘lib, uning ko‘pgina sohalarda orttirgan tajribalari mustaqillikni qo‘lga kiritib, bu yo‘lda qadam tashlayotgan O‘zbekiston uchun hozirgi davrda katta ahamiyat kasb etadi. “Temur tuzuklari” asarida ularning shunday nasihatlarini o‘qiymiz: “saltanatni boshqarishda mashvaratu maslahat va tadbirkorlik bilan ish yurgizgin, toki oqibatda nadomat chekib, pushaymon bo‘lmagaysan. Xullas, bajarilishi shart bo‘lgan tadbirlarning ta’rifidan va zikridan so‘ng, qat’iylik, sabr, chidamlilik, sog‘lig‘u-sergaklik, ehtiyotkorlik va shijoat bilan barcha ishlar amalga oshirilur. Vassalom”. Amir Temur pirlari Zayniddin Abu Bakr Toybodiy, Shayx Sayyid Baraka va boshqalarning ko‘rsatmalariga sodiqlik bilan amal qilgan holda, davlatni boshqarishning barcha sohalariga jiddiy e’tibor berdi. Natijada markazlashgan davlatni vujudga keltirish, uni mustahkamlash, qudratli qilishda muvaffaqiyatlarga erishib, o‘ziga qaram bo‘lgan mamlakatlarning tinchligini ta’minladi. U eng avvalo, o‘z davlatini boshqarishda kengashga e’tibor berdi. Kengash o‘tkazish, unda qatnashuvchilarning darajasi bo‘yicha joylashishi hozirgi davrda ham diqqatni tortadi. Bu xususda “Tuzuklar”da qiziqarli misollar keltirilgan. Temur o‘z «Tuzuklari»da davlat tizimini yuqoridan quyigacha qanday boshqarish haqidagi siyosiy-huquqiy qarashlarini umumlashtirdi. Sohibqiron davlatni idora qilishda o‘n ikki qoidaga qat’iy asoslanganligini batafsil yozadi. “Temur tuzuklari”da shunday so‘zlar bitilgan: “...Endi mening nomdor farzandlarim va mamlakatni zabt etuvchi iqtidorli nabiralarimga yo‘l-yo‘rig‘im shuki, men o‘n ikki narsani o‘zimga shior qilib olib, saltanat martabasiga erishdim. Shu o‘n ikki narsa yordamida mamlakatni zabt etib, saltanatimni boshqardim va saltanat taxtiga zebu-ziynat berdim...”. Bu ijtimoiy-siyosiy qatlamlar quyidagilar edi: 1) sayyidlar (payg‘ambar avlodlari), ulamo, mashoyix, fozil kishilar, ya’ni ziyolilar; 2) ishning ko‘zini bilgan donishmand kishilar; 3) xudojo‘y, darvesh, qalandarlar; 4) no‘yonlar (xonzodalar), amirlar, sarkardalar, sipohsolalar; 5) sipoh va raiyat, ya’ni askarlar va avom un-nos; 6) saltanat ishlarini aytib, kengash qilishga loyiq, ishonchli kishilar; 7) vazirlar, sarkotib, devon munshiylar, muhandislar, roviylar; 8) hakimlar va tabiblar; 9) tafsir va hadis olimlari; 10) ahli sanoat (hunarmandlar, kosiblar); 11) so‘fiylar; 12) tujjor (savdogar) va sayyohlar. Amir Temur Movarounnahrdan boshqa mamlatlarni o‘z farzandlariga, qarindoshlariga, harbiy sarkardalarga “suyurg‘ol” qildi. Suyurg‘ol deganda, o‘sha vaqtda muayyan bir o‘lkani idora qilish ishlarini meros tariqasida boshqa birovga topshirib, o‘sha yer, hudud, qishloq va shahar aholisidan davlat soliqlari va o‘lponlarini suyurg‘ol egasi foydasiga to‘liq yoki qisman undirib olish huquqi tushuniladi. Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, Amir Temur bu yerda turk-mo‘g‘ul xalqining qadimgi yo‘siniga amal qildi va Movarounnahrni hech kimga bermay o‘z qo‘lida saqlab qoldi. Lekin shunday bo‘lsada, markazlashgan davlatning o‘sha suyurg‘ol qilingan hududlari sohibqironning diqqat markazidan chetda bo‘lmagan. U hukmronlik qilgan yillari davlatni boshqarish ishlari bilan qattiq shug‘ullangan. “Saltanat to‘nini kiygach, – deyiladi “Tuzuklar”da, – tinchligu sog‘lig‘im ketdi, o‘z to‘shagimda rohatda uxlash, huzur-halovatdan voz kechdim”Sohibqiron o‘z davlatining markazini 1370 yili Samarqandga ko‘chirib kelgandan so‘ng, davlat qurilishiga jiddiy e’tibor berib, davlat idoralarini uddaburon, qobiliyatli rahbarlar bilan mustahkamlash tadbirlarini ko‘rdi va o‘zi ham “Tuzuklar”da ta’kidlaganidek, “do‘stu-dushman bilan (muomalada) bir tekis yo‘l tutdi”2. Jumladan, vazirlarni tanlashda sohibqiron to‘rt sifatga qattiq e’tibor bergan. Bular “Tuzuklar”da ko‘rsatilganidek, birinchisi – asllik, toza nasllik; ikkinchisi – aql-farosatlilik; uchinchisi – sipohi-raiyat ahvolidan xabardorlik, ularga nisbatan xushmuomalada bo‘lish; to‘rtinchisi – sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik. Amir Temur vazirlarni tanlashda ularning shu sifatlarga ega bo‘lishini inobatga olish bilan birga, ularning har bir masalada har doim odil bo‘lishlari, aql-zakovat bilan ishlashlari uchun sharoit yaratgan. Buni “Temur tuzuklari” ham to‘la tasdiqlaydi. Amir Temur Movarounnahrda o‘zining yakka hukmronligini o‘rnatgandan so‘ng, to‘rtta vazir tayinladi va ularga mamlakatda eng muhim ishlarni bajarish vazifasini yuklatdi. Yana eng e’tiborlisi shundaki, tayinlangan vazirlar mamlakatdagi qabilalardan tanlab olingan edi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin