1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


XIV asrning o’rtasi va ikkinchi yarmida Movarounnahrdagi ijtimoiy – siyosiy vaziyat. Sarbadorlar xarakati



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə28/83
tarix13.03.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#87658
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   83
тарих

30.XIV asrning o’rtasi va ikkinchi yarmida Movarounnahrdagi ijtimoiy – siyosiy vaziyat. Sarbadorlar xarakati. XIV asrning 60-yillarida Movarounnahrda mo'g'ul xonlarining hujumi munosabati bilan Sarbadorlar harakati vujudga keldi. Samarqand sarbadorlariga mudarris Mavlonzoda Samarqandiy, hunarmand Abu Bakr Kululy va sha­har mahallalaridan birining oqsoqoli, mohir mergan Xurdaki Buxoriylar boshchilik qiladilar. Sarbadorlar mo'g'ullarga Samarqand shahrida qaqshatqich zarba beradilar. Buning ustiga Uyosxo'janing otlari orasida o'lat tarqab, otlar qirila boshladi. Chorasiz qolgan Ilyosxo'ja avval Samarqand, so'ngra esa butun Movarounnahrni tash-lab chiqib ketishga majbur bo'ladi. Shaharda xalq hokimiyati o'rnatiladi va ayrim islohotlar o'tkaziladi. Badavlat mulkdor shaxslarning mol-mulki musodara qilinib, ularga tazyiq o'tkazadilar. Tortib olingan mol va mulklar kambag'al-yo'qsillarga tarqatiladi. Jon boshidan olinadigan jiz 'ya solig'i bekor qilinadi. Bu hukmdor tabaqalarning ke-kin noroziligiga sabab bo'ldi. Natijada Samarqandda beqarorlik vujudga keldi. Sarbadorlar boshliq samarqandliklarning mo'g'ullar xoni Ilyos­xo'ja ustidan g'alabasi va shahardagi beqarorlik to'g'risidagi xabar Amir Temur bilan Amir Husaynga ham borib yetadi. 1366-yilning bahorida ular Samarqandga yo'l oladilar va shahar yaqinidagi Konigil mavzeyiga kelib tushadilar. Beklar sarbadorlarning yetakchilari bilan muzokara olib boradilar. Uchrashuvning birinchi kunida beklar ularning sharafiga ziyofat berib, sha'niga hamdu sanolar aytadilar. Biroq ertasi kuni Abu Bakr Kululy bilan Xurdakiy Buxoriylar dorga tortiladilar. Mavlonozodani esa Amir Temur o'rtaga tushib qutqarib qoladi. Shu tariqa sarbadorlar boshliqsiz qoldirilib, harakat bostiriladi. Movarounnahrda Amir Husaynning hukmronligi o'rnatiladi. Ammo ko'p vaqt o'tmay Husayn bilan Amir Temur o'rtasida munosabat keskinlashib, ochiqdan ochiq nizoga aylanadi. 1366-1370-yiilar davomida ular o'rtasida bir necha bor o'zaro to'qnashuvlar ham bo'ladi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin