Chahor maqola” (Nizomiy Aruzi Samarqandiy) asari tahlili



Yüklə 0,56 Mb.
tarix12.04.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#55195
Aqmuratova Malohat o\'zbek adabiyoti tarixi Chahor maqola


Urganch davlat universiteti filologiya va tillarni o'qitish o'zbek tili 2-kurs 207-guruh talabasi Aqmuratova Malohatning o'zbek adabiyoti tarixi fanidan taqdimot ishi

Chahor maqola” (Nizomiy Aruzi Samarqandiy) asari tahlili

XV asrning koʻzga koʻringan adabiyotshunos olimlaridan biri Davlatshoh ibn Alouddavla Baxtishoh al-Gʻoziy as-Samarqandiydir. Uning tarjimai holiga oid maʼlumotlar juda kam boʻlib, “Tazki-rot un-shuaro” (“Shoirlar tazkirasi”) asarida keltirilgan baʼzi bir maʼlumotlarga qaraganda, u yirik harbiy xizmatchi va davlat arbobi oilasida tugʻilgan.

Otasi Baxtishoh Shohrux Mirzoning amirlaridan boʻlib, koʻpgina harbiy yurishlarida qatnashgan va toju-taxt sohibiga sadoqat va qahramonlik namunalarini koʻrsatgan. Uning “al-Gʻoziy” atalishi ham shundandir.Davlatshohning tugʻilgan vaqti maʼlum boʻlmasada, oʻzining “Tazkirat ush-shuaro” asarini 50 yoshga kirganida yoza boshlaganini maʼlum qiladi

Bizga esa asar 1486 yili yozib tugatilgani maʼlum. Agar bu katta va muhim asarni yozish uchun kamida 2-3 yil vaqt sarflagan deb taxmin qilinganda, Davlatshoh taxminan 1435–1436 yillarda tugʻilgan boʻlib chiqadi.

Davlatshoh Samarqandiy yoshligidan ilmga qiziqib, oʻz davrining koʻzga koʻringan olimi, faqih va shoir Xoja Jaloluddin Fazlulloh Abullaysiydan taʼlim olgan. Lekin 1480 yillarga qadar ilmiy yoki adabiy faoliyat bilan shugʻullanmagan, balki saroy xizmati va harbiy ishlarga jalb qilingan, Shohrux va Sulton Husayn Boyqaroning koʻpgina harbiy yurishlarida ishtirok etgan.

. U soʻnggi marta Sulton Boyqaro bilan Sulton Mahmud (Hisori shodmon va Badaxshon hokimi) oʻrtasida Chakmansaroy (Afgʻonistonning And-xoy viloyatida joylashgan manzil) da boʻlgan jangda qatnashgan. Bu jang, Xondamirning maʼlumotlariga qaraganda, 875/1471 yilda sodir boʻlgan. Davlatshoh Samarqandiy 60 yilga yaqin umr koʻrib, 1495 yili vafot etgan.

Davlatshoh Samarqandiy “Tazkirat ush-shuaro” asarini yozishda juda koʻp manbalardan: oʻzidan oldin yozilgan tazkiralardan, xususan Abu Tohir Xotuniyning “Manoqib ush-shuaro”, Avfiyning “Lubob ul-albob” kitoblaridan, tarixiy va geografik asarlardan, xususan, Istaxriyning “Kitob masolik ul-mamolik”, Gardiziyning “Zayn ul-axbor”, Abulfazl Bayhaqiyning “Tarixi oli Sabuktakin” va boshqalardan, shuningdek, tazkirada qayd etijan shoir va adiblarning asarlaridan keng foydalangan

Tazkirada VII – XV asrlarda yashab ijod etgan 155 shoir haqida qisqacha, lekin nihoyatda qimmatli maʼlumotlar keltirilgan. Toʻgʻri, har qanday ilmiy asarda boʻlgani kabi, Davlatshoh Samarqandiy tazkirasi ham ayrim juzʼiy kamchiliklardan xoli emas.

Masalan, ayrim hollarda sanalar, u yoki bu shoirning tugʻilgan joyi notoʻgʻri berilgan, ayrim hollarda keltirilgan maʼlumotlar chalkashib ketgan. Shunga qaramay asarning ijobiy tomonlari koʻp. Bu asar juda katta davr – qariyb sakkiz yuz yil mobaynida Eron va Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan shoir va adiblar faoliyatini tadqiq qabzasiga olgan

Tazkirat ush-shuaro” yoki “Tazkirai Davlatshohiy” muqaddima, xotima va yetti qism (tabaqa) dan iborat.Muqaddimada asarning yozilish sabablari, VII – X asrning birinchi armida yashab oʻtgan arab shoirlardan Labid (VII asr), Abu Nuvos (vafoti tax. 814), Abu Tayyib al Mutanabbiy (vafoti – 963), Abu Aʼlo al-Maarriy (973–1058) va boshqalar haqida maʼlumot keltirilgan

E’tiboringiz uchun katta rahmat!
Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin