1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


Jaloliddin Mangubеrdi – vatanparvar siymo



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə26/83
tarix13.03.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#87658
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   83
тарих

28. Jaloliddin Mangubеrdi – vatanparvar siymo. 1220-yilning mart oyida qo'rquv domiga tushgan, o'z kuchlariga ishonchini butunlay yo'qotgan Xorazmshoh o'g'li Jaloliddin Manguberdini taxt vorisi etib tayinlab, orolda xor-zorlikda, g'ariblikda kasallanib, vafot etadi. . Endigina Xorazm davlatining Sultoni deb e'lon qilingan Jaloliddin Manguberdi Urganchga yetib kelib mudofaaga kirishsada, ammo Turkon Xotun Jaloliddin hokimiyatini tan olmadi. Bu orada sobiq Jand noibi qochqin Qutlug'xon tomonidan uyushtirilayotgan fitnadan xabar topgan Sulton Jaloliddin Temur Malik bilan Xurosonga jo'nashga majbur bo'ladi. Movarounnahrning asosiy shaharlari egallangach, mo'g'ul jangarilarining bosqinchilik yurishi Amudaryodan janubga joylashgan yirik savdo va madaniyat markazlaridan hisoblangan Balx, Hirot, Marv va G'azna kabi shaharlarga yo'naltiriladi. Ammo bu viloyatda ular Jaloliddin Manguberdining qattiq qarshiligiga uchraydi. Jaloliddin tengsiz janglar olib borib, Sind (Hind) daryosi qirg'oqlariga yaqinlashib boradi. Daryo bo'yida 1221-yilning 25-noyabrida ikki o'rtada qattiq jang bo'ladi. Jaloliddin ta’slim bo'lishni xohlamay otda Sind daryosiga sakrab, narigi qirg'oqqa suzib o'tadi. U bilan birga uning to'rt ming kishilik askari ham daryodan o'tib oladi. Hozirgi paytda ham bu daryoning bir tomoni «Ot sakrash», narigi tomoni «Cho'li Jaloliy» deb ataladi. Jaloliddinning jasoratiga qoyil qolgan Chingizxon hatto uni ta'qib qilish fikridan ham qaytadi. Hatto, u o'g'illariga qarab: «Ota o'g'il mana shunday bo'lishi lozim» degan ekan. Jaloliddin yana o'n bir yil davomida goh Eron, goh Ozarbayjon hududlarida mo'g'ullarga qarshi kurashni davom ettiradi. Shunday qilib, buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdini va uning jangovar kuchini tashkil qilgan fidoyi safdoshlari dushmanga qarshi yillar davomida qahramonona kurashsalarda, ammo ona yurt ozodli-gini saqlab qolishning ilojini qilolmaydilar. Eng so'nggi Xorazmshoh-ning hukmdorligi 1231-yilda tugaydi. Sharqdagi bu ulkan davlat batamom barham topadi. Vatan ozodligi yo'lida jon fido qilgan buyuk ajdodimiz Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi mustaqil O'zbekistonda 1999-yili keng nishonlandi. Xorazmda unga haykal o'rnatildi, yirik ko'cha va maydonlarga uning nomi qo'yildi, videofilm, pyesa va dostonlar yaratildi. 2000-yil 30-avgustda «Jaloliddin Manguberdi» ordeni ta'sis etilgan.



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin