Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий
Мажлисга Мурожаатномаси 30.12.2020.
2. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг
Ўқитувчи ва мураббийлар кунига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи.
-208-
“Ўқитувчи ва мураббийлар – Янги Ўзбекистонни барпо этишда катта куч, таянч
ва суянчимиздир”. 30.09.2020.
3. Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом
эттириб, янги босқичга кўтарамиз. 1 том. – Тошкент: “Ўзбекистон” НМИУ,
2017.
Maqsudjonova Maqsuda
BuxDUPI “Xorijiy tillar” kafedrasi talabasi
Gulshanova Shahzoda
BuxDUPI “Xorijiy tillar” kafedrasi talabasi
YANGI O‘ZBEKISTONDA FARZAND TARBIYASI VA UMUMINSONIY
QADRIYATLAR
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Yangi O‘zbekistonda farzand tarbiyasi va
umuminsoniy qadryatlar haqida fikr yuritiladi. Mamlakatimizda jismoniy sog‘lom,
ma’naviy yеtuk, har tomonlama uyg‘un va barkamol rivojlangan, mustaqil
fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega
avlodni tarbiyalash masalalari yoritilgan.
Kalit so‘z:
ma’naviyat, demokratik, oila, tarbiya, axloq, qadriyat, jamiyat,
maktab, intellektual, ma’daniyat, ma’rifat, iste’dod, istiqlol, tarixiy xotira, salohiyat.
Mamlakatimizda jismoniy sog‘lom, ma’naviy yеtuk, har tomonlama uyg‘un va
barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va
zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni
o‘z zimmasiga olishga qodir yosh avlodni tarbiyalab voyaga yеtkazish vazifasini
izchil davom ettirish mas’uliyati, eng avvalo, oila zimmasidadir. Ma’naviy-ruhiy
sog‘lom bolaning dunyoga kelishi masalasiga sog‘lom va ahil oila mehnatining
samarasi sifatida qarab, oilada o‘zaro hurmat va mehr-muhabbat, yuksak axloqiy va
ma’naviy qadriyatlar muhitini shakllantirish bugungi kunda har birimizning
-209-
vazifamiz hisoblanadi. Bu vazifani bajarishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning
o‘rni judayam katta. Qadriyatlar jamiyat rivojining negizi, millatning tarixiy
taraqqiyotida erishilgan muvaffaqiyatlarini avloddan avlodga o‘tkazuvchi qudratli
omildir. Tarixiy taraqqiyot bosqichlariga nazar tashlar ekanmiz, har bir jamiyat,
davlat o‘zining milliy qadriyatlarini rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib
taraqqiy etmagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida
2021-yil 19-yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish,
bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari
bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida: “
Agar jamiyat hayotining tanasi
iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo
etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi –
bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy
merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat
”, – deb e’tirof etdilar.
Xo‘sh qadriyatning o‘zi nima? Qadriyatlar deganda, inson va insoniyat uchun
ahamiyatli bo‘lgan barcha narsalar tushuniladi. Qadriyatlarning mohiyati
insonlarning tarixiy tajriba an’analarini kelgusi avlodlarga to‘la-to‘kis yеtkazish,
o‘rgatish, ta’lim-tarbiya berish orqali izohlaymiz. Shuning uchun milliy ma’naviy
qadriyatlarni e’zozlab, ardoqlab, chin dildan bajarish va ularni o‘z holida saqlash, shu
bilan birga, umuminsoniy qadriyatlarni oila muhitiga uyg‘unlashtirish dolzarb
masaladir. Qadriyatlar mazmunan xilma-xil turlarga bo‘linib, hayotning barcha
jabhalarini qamrab olgan. Jumladan, inson va uning hayoti eng oliy qadriyat
hisoblanadi. Inson yo‘q joyda biror narsaning qadr-qimmati haqida so‘zlashga hojat
ham yo‘q. Shuning uchun ham inson qadr-qimmatini e’zozlash, uning turmushini
yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog‘lig‘ini saqlash, hayotini
himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishini tashkil etadi Qadriyatlar
amal qilish doirasiga ko‘ra, milliy va umuminsoniy turlarga bo‘linadi. Insonning
qaysi millatga mansub ekanligi haqida tasavvuri faqat g‘oyagina emas, balki tuyg‘u
hamdir. Insonda milliy ong va g‘urur bo‘lmasa, u o‘zining qaysi millatga
mansubligini his etmasa, uning milliy qadriyatlarini anglashini tasavvur qilish qiyin.
|