-216-
Bakayev Zoir Zarifovich, Avezov Tohir Ochilovich
Buxoro viloyat XTXQTMO hududiy markazi, AKT o‘qituvchilari.
YANGI O‘ZBEKISTON – PORLOQ KELAJAK SARI QADAMLAR
Annotatsiya
. Maqolada Uchinchi Renessans” mohiyati, dolzarb muammolar,
takliflar va ularning amaliy ahamiyati yoritilgan.
Kalit so‘zlar
: “Uchinchi Renessans”, milliy hunarmandchilik asoslari, Buxoro
san’at maktabi, takliflar.
Mamlakatimiz
Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyevning
matbuotga
bergan
intervyusida “Uchinchi renessans” va Yangi O‘zbekiston
tushunchalariga atroflicha
ta’rif berilgan.
O‘tmishda yashab o‘tgan, ma’naviyatimiz va ma’rifatimizga, shuningdek,
millat va xalq hayotining barcha jabhalariga ulkan mehnati va ijodiy salohiyatini
baxsh etgan ulug‘ ajdodlarimizning ulkan xizmatlarini e’tirof etgan holda tarixiy
haqiqatning saqlanib qolganligini ta’kidladilar.
“
Bugungi kunda butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan, umumiy
harakatga aylanib borayotgan, “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasi zamirida ana shunday
ulug‘ ajdodlarimiz, umuman olganda, milliy tariximizda Birinchi va Ikkinchi
uyg‘onish davrlariga asos solgan alloma bobolarimizning orzu-intilishlari va
armonlari ham mujassam, desak, adashmagan bo‘lamiz
”, – deb ta’kidladi muhtaram
Prezident[1].
Uning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston zamini qadimda ikki buyuk uyg‘oniish
davriga-Birinchi (ma’rifiy – IX-XII asrlar) va Ikkinchi (Temuriylar – XIV-XV asrlar)
Renessansga beshik bo‘lgan…. “
Bu-jahon ilm-fanida o‘z isbotini topgan va tan
olingan tarixiy haqiqatdir
”, – deya qo‘shimcha qildi Prezident[1].
“
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yana bir muhim Uyg‘onish jarayoni
kechmoqda. Shuning uchun “Yangi O‘zbekiston” va “Uchinchi renessans” so‘zlari
-217-
hayotimizga o‘zaro uyg‘un va hamohang bo‘lib yangramoqda, xalqimizni ulug‘
maqsadlar sari ruhlantirmoqda
”, – deya xulosa qildi davlat rahbarimiz[1].
Yaqinda chop etilgan, iqtisod fanlari doktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan
iqtisodchi, senator Murtazo Rahmatov hamda akademik, biologiya fanlari doktori,
professor Bakridin Zaripov hammuallifligidagi “Yangi O‘zbekiston
Uchinchi
Renessans ostonasida” nomli kitobida ham ayni haqiqatlar haqida to‘liq va
mukammal tasavvurlar, shiddatli islohotlar, yangi muvaffaqiyatlar, Prezidentimiz
tashabbuslari, xalqimizning ulug‘ maqsadlar sari intilishi haqida fikr yuritiladi[2].
Shunday ekan, xalqimizning
azaliy qadriyatlari, milliy hunarmandchilik
asoslari, ilm-fan va madaniyat yutuqlari asoslarini saqlab qolish va rivojlantirish
dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda, degan fikrdamiz.
Shu maqsadda azaliy an’analarimizni hurmat qilgan holda, quyidagi takliflarni
kiritmoqchimiz.
1.
Viloyatimizning har bir hududida ustuvor hunarmandchilik va boshqa
tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha markazlar tashkil qilish.
2.
Buxoro san’at maktabi azaldan rivojlanib kelgan. Shu munosabat bilan
qadimiy an;analar va milliy hunarmandchilik asoslarini saqlab qolish va rivojlantirish
maqsadida turkum kitoblar tayyorlash va chop etishni taklif qilamiz.
Turkum kitoblar loyihasi:
1.
Tasviriy san’at;
2.
Kulolchilik va xalq amaliy san’ati (haykaltaroshlik;
3.
Yog‘och o‘ymakorligi;
4.
Ganchkorlik;
5.
Misgarlik (kandakorlik;
6.
Zargarlik;
7.
Me’morchilik (arxitektura);
8.
Xattotlik va
poligrafiya;
9.
Zardo‘zlik;
10.
Qorako‘lchilik;
-218-
11.
Kashtachilik va milliy (buxorcha) liboslar san’ati;
12.
Musiqa madaniyati;
13.
Ashula va raqs san’ati;
14.
Musiqiy asbobsozlik;
15.
Chilangarlik;
16.
Do‘ppi va telpakdo‘zlik;
17.
Fan va ta’lim;
18.
Jismoniy tarbiya va sport;
19.
Foto va kino san’ati;
20.
Radio va televideniye, OAV va zamonaviy telekommunikatsiyalar;
21.
Etnografiya va folklor;
22.
Ekologiya atrof muhit muhofazasi.
Albatta, bu borada qilinadigan ishlar o‘z-o‘zidan
amalga oshishi katta
mashaqqatli mehnat talab qiladi. Bu sohada AKTlardan, arxiv va Internetda mavjud
resurslardan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan:
1.
Arxiv ma’lumotlariga murojaat va nusxa yig‘ish;
2.
Fotosurat va lavhalar bazasini tashkil etish;
3.
Bo‘lajak turkum kitoblar muqovasining dizayni;
4.
Kitoblarga kiritiladigan ma’lumotlar tartibini ishlab chiqish;
5.
Tarixiy, shaxsiy va oilaviy ma’lumotlarni yig‘ish;
6.
Kitoblar sahifalarining poligrafik dizayni;
7.
Ma’lumot va materiallarni saralash;
8.
Tegishli mutaxassislarni jalb qilish;
9.
Arxiv materiallari va boshqa ma’lumotlarni yig‘ish
uchun tegishli
ruxsatnoma olish;
10.
Kitoblar ustida ishlash va nashrga tayyorlash;
11.
Barcha ma’lumotlarni yagona raqamli (kompyuter) bazasiga kiritish.
Mazkur harakatlar amalga oshgan taqdirda Buxoro san’at maktabining
an’analari saqlanib qoladi, degan umiddamiz. Bu kelajak avlodni milliy qadriyatlarga
-219-
hurmat, kelajakka ishonch, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda, kasb-hunar
tanlashda, hunarmandchilikka qiziqishini rivojlantirishda amaliy ahamiyat kasb etadi,
degan fikrdamiz va shunga umid qilamiz.
Dostları ilə paylaş: