-220-
faqat ma’naviy burchgina emas, balki siyosiy va huquqiy ehtiyoj hamdir.
Bag‘rikenglik tinchlikka erishishni musharraf qilguvchi va urush madaniyatsizlikdan
tinchlik madaniyatiga eltuvchidir. Bag‘rikenglik haqida gapirilganda bu xalqimizning
azaliy fazilati ekanligini ta’kidlash zarur.
Qomusiy alloma Abu Rayhon Beruniy xristianlik ta’limotini o‘rganar ekan,
“Bibliya”ga kirgan to‘rtta “Injil” haqidagi ma’lumotlarni keltirib, ular orasidagi
farqlarni ham tahlil qilib bergan. Uning yozishicha:
Xuroson mitropolitining
qarorgohi Marv shahrida bo‘lgan. Bu esa o‘sha davrlarda musulmon aholisi bilan
birga xristian jamoasi ham emin-erkin o‘z ibodatlarini amalga oshirganligini
ko‘rsatadi. Yurtimizning bag‘rikeng diyor ekanligiga tarixning o‘zi guvoh.
Tarixdan ma’lumki, o‘zbek xalqi boshidan kechirgan og‘ir qatag‘on yillari va
ikkinchi jahon urush yillari ko‘p sitamlarga yuzma-yuz bo‘lgan koreys, nemis, turk,
polyak, grek, qrim-tatar va boshqa millat vakillari O‘zbekistonni vatan tutdilar.
Ularning hozirgi avlodlari uchun esa O‘zbekiston ona Vatanga aylandi. Chunki, ular
shu yerda tug‘ilib kamolga yetdilar, hayotda o‘z o‘rinlarini topdilar.
Yurtimizdagi tinchlik –
osoyishtalik, albatta, turli millat vakillarining o‘zaro
do‘stlik, birodarlik munosabatlariga asoslangan. Prezidentimiz bu borada
“O‘zbekiston millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik” sohasida o‘z anʼanalariga
doimo sodiq bo‘lib, bu yo‘ldan hech qachon og‘ishmasdan ilgari boradi.
Mamlakatimizda turli millat va diniy konfessiya vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat,
do‘stlik va ahillik muhitini mustahkamlashga birinchi darajali eʼtibor qaratiladi.
Millatlararo totuvlik g‘oyasi Yer yuzida yashayotgan barcha xalqlarning guruhlarning
teng huquqlilik, hurmat va hamkorlik asosida tinch-totuv yashash g‘oyasidir.
Millatlararo totuvlik g‘oyasi millatparvarlik g‘oyasidir. U barcha millat va elatlarni
tili, urf-odati, an’analari, bayramlari rivojlanishini talab etadi.
Yana shu narsani tan olib aytishimiz mumkinki, yurtimizda barcha sohada olib
borilayotgan islohotlar o‘zining ijobiy samarasini beryapti. Shu jumladan, mustaqillik
yillarida yurtimizda
yashayotgan turli millatlar, xalqlar o‘rtasida teng huquqlilik va
hamjihatlikni ta’minlash maqsadida uning qonuniy asoslari yaratildi. Jumladan,