-4-
bergan ulkan ma’naviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan makondir. Shuningdek, murakkab
siyosiy vaziyatlar, ijtimoiy inqirozlar holatida millatning alp o‘g‘lonlari, ulug‘
siyosatdonlar, sarkardalar Vatan farzandlari sifatida milliy g‘urur va salobat bilan
kurash maydoniga chiqishlari muqarrarligi qonuniyatini ham mushohada doirasida
tutishimiz zarur.
Yuqorida keltirilgan ana shu ilmiy, tarixiy haqiqat mezoniga amal qilsak,
mustaqil O‘zbekiston – Amir Temur boshqargan ulug‘ Turkiston davlatining qonuniy
vorisidir. Mustabid sovet “dohiylari” “tarixning yaratuvchisi xalq, davlat boshliqlari,
sarkardalar yoki alohida bir shaxslar tarixni yarata olmaydilar” degan asossiz, g‘ayri
ilmiy g‘oyani targ‘ib qilgan edilar. Ammo, tarixni xalqning ijtimoiy-siyosiy faol,
quvvai hofizasi baland, ma’naviy salohiyatli qatlami, olimlari, sarkardalari, davlat
arboblari, mutafakkirlari yaratadilar. Sohibqiron Amir Temur o‘z xalqining yangi
tarixini yaratgan buyuk davlat arbobidir.
Bugun shahrimizda Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag‘ishlangan
Dostları ilə paylaş: