1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/91
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

-10- 
Ulug‘ hukmdor Sohibqiron Amir Temur va Zahiriddin Muhammad Boburning 
umr yo‘llari haqida fikr yuritilar ekan, har bir inson, har bir saltanat asoschisining 
hayoti turlicha kechganligiga guvoh bo‘linadi. 
Amir Temur 68 yilu 10 oy yashadi, Zahiriddin Muhammad Bobur esa 47 yilu 
10 oy umr ko‘rdi. Jangu-jadallarda o‘ng qo‘lu, o‘ng oyog‘idan yaralanishiga 
qaramay, umrining so‘nggi damigacha harbiy harakatlardan to‘xtamagan Amir 
Temur Xitoyga harbiy safari paytida O‘tror hokimi Berdibek saroyining sohibqiron 
uchun maxsus ajratilgan va jihozlangan xonasida hijriy 807 yil sha’bon oyining 17 
kuni (1405 yil 18 fevral)da vafot etdi. Sharafiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” asarida 
“Temur jon bergan paytda 71 yoshda bo‘lgan, shundan 36 yilini podshohlikda 
o‘tkazganligi, farzand va nabiralarining soni ham 36 ta bo‘lganligi”ni yozib 
qoldirgan. Buyuk davlat arbobi va sarkardani o‘z saltanati poytaxti Samarqand 
shahriga keltirib, izzat-ikrom bilan dafn etishgan. Amir Temur qanday kasallikdan 
vafot etganligi bilan bog‘liq ma’lumotlar shu paytgacha o‘rganilgan manbalarda 
uchramaydi. Amir Temur 70 yoshga yaqin umr ko‘rsa-da, antropolog olimlarning 
tekshirishlari shuni ko‘rsatdiki, uning suyaklari 50 yashar kishinikidek mustahkam 
bo‘lgan. U vafotidan oldin atrofini qurshab olgan amir va lashkarboshilarga ikkita 
barmog‘ini ko‘rsatgan. Bu “bir, ikki kundan so‘ng sizlarning oralaringizda 
bo‘lmayman”, – degani edi. 
Doimiy harbiy yurishlar, sarson-sargardonliklar, o‘zga yurtda yashash bilan 
bog‘liq ma’naviy va ruhiy zo‘riqishlar, Ibrohim Lo‘diy onasining zaharlashi, taxt 
vorisi bo‘lmish Humoyunning og‘ir betob bo‘lib qolishi, yangi tug‘ilgan o‘g‘li Anvar 
Mirzoning to‘satdan vafot etishi kabi ko‘pdan-ko‘p omillar tufayli Zahiriddin 
Muhammad Boburni umrining so‘nggida podshohlik ishlari qiziqtirmay qolgandi. 
Zahiriddin Muhammad Bobur tushkunlikka tushib qolgan, u vafoti oldidan Agradagi 
o‘zi qurdirgan “Zarafshon” bog‘idan chiqmay tanholikda yashaydi. 
Salomatligi yomonlashgan Bobur mislsiz mehr-muhabbat va astoydil e’tiqod 
bilan o‘z jonini o‘g‘li Humoyunga sadaqa qilib, 1530 yil 26 dekabrda 48 yoshni ham 
to‘ldirmay hayotdan ko‘z yumdi. Zahiriddin Muhammad Bobur ham Farg‘ona 


-11- 
vodiysi, Kobul va Hindistondagi hukmronligini qo‘shib hisoblasak, 36 yil podshoh 
bo‘ldi. Uning ham o‘g‘li, qizlari va nabiralari 36 ta bo‘lgan. 
Zahiriddin Muhammad Boburning jasadi Agradagi o‘zi qurdirgan boqqa dafn 
etildi, vafotidan ancha vaqt o‘tganidan keyin xotinlaridan biri Dildorcha xonim 
tashabbusi bilan uning jasadi Kobuldagi “Bog‘i Bobur” ga keltirilib qayta dafn etildi. 
1993 yilda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi munosabati 
bilan shoh va shoir dunyoga kelgan Andijon shahrida uning ramziy qabri bunyod 
etildi. Shu o‘rinda yana bir mulohaza, Sohibqiron Amir Temur “islom himoyachisi” 
sifatida Xitoyga qo‘shin tortgan bo‘lsa, Zahiriddin Muhammad Bobur umrining 
so‘nggi yilida (1529 yil iyun – Sh.H.) odamlarni diniy tafovutga qarab 
tabaqalashtirishni bekor qilish to‘g‘risida farmon e’lon qildi. Zahiriddin Muhammad 
Bobur ulug‘ bobokalonidan hayotiy masalalarda o‘tib ketib, tolerant (bag‘rikenglik) 
ko‘rsatgan, har qanday dinga mansublikdan tabiatning oliy ne’mati bo‘lgan inson 
ulug‘ ekanligini chuqur anglagan hukmdor, u shunday farmon bilan o‘zidagi ijobiy 
xislatlar shodasini ko‘paytirgandi. Amir Temur Zahiriddin Muhammad Bobur 
zamonida yashaganida, bundanda oliymaqom ishlarni amalga oshirardi. Bu o‘rinda 
ikki buyuk siymoni bir-biridan 1,5 asrlik tarixiy davr ajratib turganligini, Zahiriddin 
Muhammad Bobur turli din va e’tiqodlar hukm surgan Hindistonda podshoh 
bo‘lganligini hisobga olmaslik insofdan emas. 
Sohibqiron Amir Temur “Temur tuzuklari”ni aytib yozdirgan, ayni paytda 
olimu-ulamolar suhbati, ular bahs munozaralarida ishtirok qilib turadigan, ayrim 
masalalarda o‘zidan boshqacha fikrlaydiganlarga ham sovg‘a-salomlar ulashadigan 
tanti, mard inson bo‘lganligi ma’lum. Shuningdek, Amir Temur fan va madaniyat 
homiysi bo‘lganligi haqida ko‘p yozildi va yozilmoqda. 
Zahiriddin Muhammad Bobur ulug‘ bobokalonidan 21 yil kam umr ko‘rgan 
bo‘lsa-da, shaxsan o‘zidan boy ilmiy, tarixiy, jug‘rofiy, badiiy meros qoldirdi. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin