58
Mavzu 5. Microsoft Accessda shakllar (formalar).
Reja:
1.
Formalar yaratish
2.
Formaga hisoblash maydonlarini kiritish
3.
Accessning standart funksiyalari
Ma‘lumotlarni kiritishda formadan foydalanish ko‘p qulayliklarni beradi.
Accessda yaratilgan har bir forma ma‘lumotlarni kiritish uchun maxsus maydonlar,
Oddiy tanlash tugmachalari va buyruq tugmachalarini o‘z ichiga oladi.
1.MB oynasi obektlar panelidan Formы (Forms) bo‘limi ishchi rejimga o‘tkaziladi.
Kerakli jadval yoki zapros tanlanadi.
2.MB oynasi instrumentlar panelidan Sozdat (New) buyrug‘i beriladi.
3.Forma tuzishni bir necha usulda bajarish mumkin.
Lekin master yordamida
forma tuzish eng oddiy usul bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi.
formaga kiruvchi maydonlarni tanlash;
formaning tashqi ko‘rinishini tanlash;
forma
rasmini tanlash;
forma nomini tanlash.
4.Tayyorlangan formani mavjud ma‘lumotlarni ko‘rishda ishlatish mumkin.
Forma strukturasi bo‘limlardan tashkil topgan bo‘lib, har bir bo‘lim o‘z
ichiga boshqarish elementlarini oladi. Eng oddiy forma bo‘limlari bilan tanishish
uchun Master yordamida tuzilgan formani Konstruktor rajimida ko‘rish mumkin.
Buning uchun Accessning boshqarish panelidan Vid buyrug‘ini berish kerak. Bu
holda forma strukturasida uchta bo‘lim ko‘rinadi:
forma sarlavhasi; ma‘lumotlar
maydoni; forma izohi. Ma‘lumotlar maydoni boshqarish elementlarini o‘z ichiga
oladi.
Elementlar panelida sarlavhani tuzish uchun
maxsus boshqarish elementi
mavjud bo‘lib unga ―Nadpis‖ deyiladi. Agar bu boshqarish elementi sichqonchada
bir marta chiqillatilsa, formaning sarlavhasi pastida
matn kiritish ramkasi paydo
bo‘ladi. Unda istalgan matn kiritish mumkin.
59
Forma tuzishda Access foydalanuvchiga formaning bir qator usullarini taklif
etadi:
1.
Konstruktor - mustaqil ravishda yangi forma tuzish.
2.
Master - tanlangan maydonlar asosida avtomatik ravishda formalar tuzish.
3.
Avtoforma ustun ko‘rinishda - maydonlarni bitta ustunga
joylashtirgan holda
avtomatik ravishda forma tuzish.
4.
Avtoforma lentasimon - maydonlarni avtomatik lentasimon ravishda
joylashtirgan holda forma tuzish.
5.
Avtoforma jadvalli - maydonlardan avtomatik ravishda jadval shaklda forma
tuzish.
6.
Diagramma - diagrammalar ko‘rinishida formalar tuzish.
Dostları ilə paylaş: