1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/48
tarix19.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#186733
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48
MB -qo\'llanma

 
 
 
 
 


71 
Mavzu 6. Microsoft Accessda hisobotar 
Reja: 
1.
Hisobotlar tayyorlash 
2.
Sahifalarni loyihalash 
3.
Makros va modul ob‘ketlarida ishlash 
 
Otchyot ob‘ekti ham formaga o‘xshab ketadi va Zapros ob‘ekti natijalarini 
kerakli formada tayyorlash imkoniyatlarini yaratadi.
Hisobot tuzilmasi besh qismdan iborat: 

hisobot sarlavhasi;

yuqori kolontitul; 

ma‘lumotlar joylashgan joy; 

quyi kolontitul; 

hisobot eslatmasi. 
Odatda, hisobot tuzilmasi bilan tanishish uchun avtomatik ravishda hisobot 
tashkil qilib, uni Konstruktor tartibida ochish qulay. Bunda hisobot sarlavhasi 
umumiy sarlavhani chop etishni ta‘minlaydi, yuqori kolontitul qismlari esa, 
sarlavhaga tegishli kichik sarlavhachalarni ifodalaydi. Ma‘lumotlar maydonida esa 
boshqaruv elementlari joylashtirilib, ular, asosan, ma‘lumotlar bazasi maydonlari 
mazmunini bildiradi. Quyi kolontitul qismida xuddi yuqori kolontitul kabi 
boshqarish elementlariga ega, Now funksiyasi bilan vaqtni va Page() funksiyasi 
bilan hisobot varaqlari belgilanadi. Hisobot eslatmasida esa yordamchi axborotlar 
kiritiladi. 
Sahifalarni loyihalash 
Stranitsы ob‘ekti ma‘lumotlar bilan bog‘lanishning yangi bir ko‘rinishi bo‘lib, 
u Internet tarmog‘iga ma‘lumotlar bazasini Web sahifa ko‘rinishida joylashtirishda 
ishlatiladi. Stranitsы ob‘ekti o‘zida har xil boshqarish elementlarini olgan bo‘lib, 
foydalanuvchi uchun interaktiv rejimni, ma‘lumotlarni ko‘rish, kiritish va 
taxrirlashni ta‘minlaydi. Stranitsы ob‘ekti faylni .Htm formatida saqlaydi. 
Sahifani tashkil qilishni har xil usullarda amalga oshirish mumkin:


72 
Konstruktor stranits dostupa -boshqarish elementlari yordamida sahifani 
tuzish; 
Master stranitsы dostupa –sahifani avtomatik ravishda tashkil etish;
Avtostranitsa v stolbets –sahifaning oddiy varianti.
Sahifani tuzishda quyidagi boshqarish elementlari ishlatiladi: 
1.Matn maydoni yoki kiritish maydoni -ma‘lumotlar bazasining tablitsasiga 
mos maydonlar va hisoblash maydonlari. 
2.YOzuvlar -MB ning tablitsa va zaproslari bilan bog‘liq maydonlar to‘plami. 
3.Guruhlar -yozuvlarni birlashtiradi.
4.Jamlanma ro‘yhat -jamlangan ma‘lumotlarni jadval ko‘rinishda tasvirlaydi. 
5.OLAR - server MBdan katta hajmdagi ma‘lumotlarni ajratib oladi. OLAR-
kub -kichik hajmdagi ma‘lumotlarni ajratib oladi. 
6.Elektron jadval -Excel ish kitobida varag‘idagi ma‘lumotlarni taxrirlashni 
ta‘minlaydi va ma‘lumotlarni hisoblab qayta ishlash uchun formulalar tuzadi. 
7.Diagrammalar -MB jadvali va so‘rovnomasidagi ma‘lumotlarni vizul analiz 
qilishni ta‘minlaydi. 
8.Aylanib turuvchi (yurib turuvchi, ya‘ni begushaya stroka) qator qo‘yish. 
9.Gipermurojaat qo‘yish. 
10.Rasm va film qo‘yish. Va boshqa elementlar mavjud, ular kuyidagilardir: 
YAngi sahifani tashkil qilish quyidagicha bajariladi: 
1.MB oynasidan Stranitsы ob‘ekti tanlanadi. 
2.Menyudan master yordamida sahifa tuzish buyrug‘i beriladi. 
3.Ob‘ekt tanlanadi (masalan, jadval nomi tanlanadi). 
4.Kerakli maydonlar (ikkinchi darchaga) olinadi. 
5.Muloqot darchasidan chiqiladi, sahifa nomi kiritilib saqlanadi. 


73 
Sahifaga qo‘shimcha elementlarni joydashtirish boshqarish elementlari 
yordamida amalga oshiriladi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin