79
Ekranda diagramma turini tanlash muloqot oynasi paydo bo‘ladi.
Bu yerdan kerakli
diagramma turi tanlanadi va
Daleye
tugmachasi bosiladi.
Diagrammaga sarlavha yoziladi
va
Gotovo
tugmachasi bosiladi. Natijada ekranda
yakuniy diagramma paydo
bo‘ladi.
80
Nazorat savollari:
1.Qanday MBBTlarini bilasiz?
2.MB deganda nimani tushinasiz?
3.Accessning qanday ob‘ektlarini bilasiz?
4.Tablitsa strukturasi qanday tashkil etiladi?
5.MBda maydon va yozuv tushunchasi nimani anglatadi?
6.So‘rovlar qanday tashkil etiladi?
7.Makroslarda qanday operatsiyalar bajariladi?
8.Modullar qanday tashkil qilinadi?
Mavzu 7. Makroslar yaratish, makroslar bilan ishlash
Reja:
1.
Makroslarni yaratish tehnikasi
2.
Makroslarni muharrirlash
3.
Makroslarni makroguruhga birlashtirish
4.
Makroslarni menyu komandalari bilan bog‗lash
ACCESS foydalanuvchilariga ma‘lumotlar bazasi bilan ishlash uchun 2
ta avtomatizatsiya vositasini taqdim etadi: makroslar
tili va Visual Basic for
applitsation(VBA) tili. Bu vositalar mashaqqatli operatsiyalar ketma-ketligini
qaytarilishni, tugmani yoki klavish kombinatsiyasini
bosish yoki menyu
komandasini aktivizatsiya qilishdan iborat oddiy protseduraga aylantirishga imkon
beradi.
VBA ning imkoniyatlari makroslar tiliga nisbatan beqiyosdir. Bunga
qaramasdan makroslar tilidan ma‘lumotlar bazasini boshqarish bo‗yicha ko‗pgina
operatsiyalarni avtomatizatsiyalash uchun foydalanish mumkin.