4 VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari
ma‟ruzalar;
interfaol keys-stadilar;
seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar) ;
guruhlarda ishlash;
taqdimotlarni qilish;
individual loyihalar;
jamoa bo„lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
5 III. Kreditlarni olish uchun talablar Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‟la o‟zlashtirish, tahlil natijalarini
to‟g‟ri aks ettira olish, o‟rganilayotgan jarayonlar va tushunchalar haqida mustaqil
mushohada yuritish, oraliq va boshqa nazorat shakllarida bеrilgan vazifa hamda
topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‟yicha yozma ishni topshirishi zarur.
Kirish nazorati. Bu nazorat turi modulga kirish maqsadida anketa- so„rovnomasi
shaklida o„tkaziladi. Bunda talabalarga fanning kelajakdagi talabalar bilan faoliyatida
tutgan o„rni, ahamiyati, fan mazmuni, fanni o„qitish usullariga oid so„rovlar o„tkaziladi,
talabalarning fanni o„rganish uchun zarur bo„lgan dastlabki bilimlari aniqlanadi, taklif va
tavsiyalar olinadi. Ushbu so„rovlar natijasi chuqur o„rganilib fanni o„qitishni tashkil qilish
jarayonida zarur o„zgartirishlar kiritiladi.
Oraliq va joriy nazoratlar. Oraliq nazoratlar semestr davomida 2 marta o„quv
mashg„ulotlari davomida o„tkaziladi va 1-2 va 3-4 modullar bo„yicha talabalarning
bajargan ishlari portfolio shaklida jamlanib tahlil qilib baholanadi.
Jami 15 ta laboratoriya (LabReport, Q/A, Chart, Link, Review, SWOT, Google
Apps, Interview) mashg‟ulotlari bo‟yicha jami 30 ball va 2 ta oraliq nazorat bo‟yicha
(Q/A-savollarga cheklangan hajmda javob yozish) o„zlashtirish natijalari jami 20 ballik
tizimda baholanadi va jami 50 ball to„planadi, talabaning mustaqil ta‟lim topshiriqlarini
barganligi uchun 10 ball qo„yiladi. Umumiy hisobda joriy nazorat topshiriqlari 100 ballik
tizimda baholanadi.
Yakuniy nazorati og‟zaki, test yoki yozma shaklda o‟tkaziladi va 50 ball tizimda
baholanadi.
Talabaning joriy, oraliq va yakuniy nazorat bo„yicha o„zlashtirgan ballari quyidagi jadval
asosida kredit ballariga va harfli tizimga o„giriladi.