Fanning vazifasi - talabalarga botanika fanining ilmiy-nazariy asoslarini, ulardan
foydalanish usullarini, zamonaviy tadqiqot metodlarini, mikrotexnika bilan ishlash;
mikropreparatlar tayyorlashni, oʻquv va ilmiy gerbariylar tayyorlashni, olingan
natijalarni tahlil qilishni zamonaviy texnologiyalar asosida o„rgatishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) 1-semestr uchun
II.I. Fanning tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Oʻsimliklar dunyosi va uning xilma-xilligi. (2 soat).
Oʻsimliklar dunyosi va uning xilma-xilligi. Botanika fani va uning vazifalari,
boʻlimlari, tarixi. Yashil oʻsimliklarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati.
2-mavzu. Botanika fanining rivojlanish tarixi. (2 soat).
Botanika fanining rivojlanishida Oʻzbеkiston olimlarining xizmati. Botanika
fanining rivojlanishiga xorijiy va rus olimlarining qo‟shgan hissasi.
3-mavzu. O‘simlik hujayrasi, uning tuzilishi, kimyoviy tarkibi, vazifasi va
boʻlinish usullari. (2 soat).
Oʻsimlik hujayrasi uning tuzilishi, kimyoviy tarkibi, vazifasi va boʻlinish usullari.
Amitoz, mitoz, mеyoz boʻlinishining biologik ahamiyati.
4-mavzu. Vakuola va hujayra shirasi, uning kimyoviy tarkibi va hujayra
hayotidagi vazifasi. (2 soat).
Vakuola va hujayra shirasi, uning kimyoviy tarkibi va hujayra hayotidagi vazifasi.
Hujayra qobigʻi va uning tuzilishi. Hujayra qobigʻining oʻzgarishi, uning hujayra
hayotidagi va ishlab chiqarishdagi ahamiyati. Hujayra ontogеnеzi.
5-mavzu. Toʻqimalar haqida umumiy tushuncha va ularning tasnifi
(klassifikatsiyasi). (2 soat).
Toʻqimalar haqida umumiy tushuncha va ularning tasnifi (klassifikatsiyasi). Hosil
qiluvchi (mеristеma) assimilyatsion, jamgʻaruvchi va aerеnxima, soʻruvchi toʻqimalar,
ularning vazifalari va turlari.
|