Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti Iqtisodiyot fakulteti 2-I-2021-guruh talabasi Hakimov Quvonchbekning Bank va Moliya bozori fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
MAVZU:Ozbekiston Respublikasi tijorat banklarining jahon moliya bozoridagi orni.
Reja:
1. Ozbekiston Respublikasidagi tijorat baklari.
2. Tijorat banklarining faoliyati va mohiyati.
3. Ozbekiston tijorat banklarining jahon moliya bozoridagi orni.
Ozbekiston Respublikasidagi tijorat baklari.
Tijorat banki bank harakatlarini amalga oshirish uchun pul mablaglarini, asosan, qoʻyilmalar (omonatlar), banklararo kreditlar, oʻz aksiya va obligatsiyalarini chiqarish xdgsobiga shakllantiradi. Oʻzbekistonda dastlabki tijorat banklari Rossiya Oʻrta Osiyoni bosib olganidan keyin, 19-asr oxirlarida rus kapitali ishtirokida paydo boʻlgan va 1917 yildagi Oktyabr toʻntarishiga qadar faoliyat koʻrsatgan. 20-asrning 90-yillari boshidan, mustaqillikdan keyin respublikada Tijorat bankilari kayta paydo boʻldi.
Oʻzbekistonda Markaziy bank Tijorat banki faoliyati uchun litsenziya beradi va uning ishini nazorat qiladi. Tijorat banki lari mulkchilikning turli shakllari asosida davlat ishtirokidagi, davlataksiyadorlik, ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyatlari tarzida tashkil etilgan. Respublika hududida 33 ta Tijorat banki, faoliyat koʻrsatadi (2003). Ulardan 2 tasi davlat banki, 3 tasi davlataksiyadorlik Tijorat banki 12 tasi xususiy bank, 4 tasi chet el kapital ishtirokidagi banklar va 1 tasi shoʻʼba bankdir. Mazkur banklarning respublika hududida faoliyat koʻrsatayotgan 800 dan ortiq, filiallari va 690 dan ortiq minibanklari bor. Respublikada 7 chet el Tijorat bankilari, 4 xalqaro moliya tashkilotlarining vakolatxonalari faoliyat koʻrsatadi. Tijorat bankii faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida" (1996, 25apr.) qonuniga muvofiq tartibga solinadi.
Tijorat banklari iqtisodiyotning “qon tomir tizimi” bo‘lib, aholi va biznesning to‘planib qolgan jamg‘armalarini taqsimlash orqali iqtisodiyotni zarur moliyaviy resurslar bilan ta'minlaydi. Bu vositachilik iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun zarur bolgan yoqilgi bilan ta'minlaydigan omilidir.Vositachi sifatida tijorat banklari pul mablaglaridan foydalanganligi uchun foiz tolash sharti bilan omonatlarni jalb qiladilar va ularni aholi va tadbirkorlarga kreditlar va investitsiyalar shaklida foiz evaziga taqdim etadilar.Ozbekistonda tijorat banki faoliyatini yuritish uchun Markaziy bank tomonidan beriladigan bank litsenziyasini olish zarur. Ushbu litsenziya muddatsiz va uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas.
2. Qimmatli qogʻozlar - oʻz egasiga mulkka egalik huquqini va daromad koʻrinishida muayyan pul summasini olish huquqini beradigan pul yoki tovar hujjatlari (aksiya, obligatsiya, akkreditiv, veksel, chek va boshqalar). Qimmatli qogʻozlar taqdim etuvchi yoki egasining ayrim huquqlari qayd etilgan maxsus tarzda rasmiylashtirilgan moliyaviy hujjat. Qimmatli qogʻozlar maʼlum shaxs nomiga yozilgan (ismli), dastlab sotib olgan shaxs nomiga yozilgan va uning roziligi bilan boshqa shaxsga oʻtkaziladigan orderli va egasi yozilmaydigan (egasi koʻrsatilmaydigan) turlarga boʻlinadi.
Korxonalarning aksiya, obligatsiyalari va davlat obligatsiyalari Qimmatli qogʻozlarning asosiy turlari hisoblanadi. Qimmatli qogʻozlar korxona kapitalida qatnashish yoki pulni ssudaga taqdim etish va dividend yoki foiz tarzida daromad olish huquqini beradi. Qimmatli qogʻozlar oʻz egasiga daromad keltirgani uchun fond birjasit maʼlum kurs boʻyicha oldi-sotdi qilinadi.
2008 yil 22 iyulda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining "Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida"gi qonuniga muvofiq "qimmatli qog‘ozlar – hujjatlar bo‘lib, ular bu hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi ortasidagi mulqiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad tolashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga otkazish imkoniyatini nazarda tutadi. Qimmatli qogozlarning qiymati Ozbekiston Respublikasi milliy valyutasida ifodalanadi". Yuqorida qayd etilgan qonunga kora, qimmatli qogozlarga aktsiyalar, obligatsiyalar, xazina majburiyatlari, depozit va jamgarma sertifikatlari, veksellar, shuningdek, hosila qimmatli qogozlar kiradi. Horijiy davlatlarning meyoriy hujjatlarida qimmatli qogozlar "hujjat egasining bunday hujjatni chiqargan shaxsga nisbatan mulqiy huquqlarini yoki qarz munosabatlarini tasdiqlovchi pul hujjati sifatida" ancha qisqa tariflanadi. Huquqiy nuqtai nazardan, ananaviy tarzda qimmatli qogozlar ancha keng manoda korib chiqiladi yani bular "mulqiy huquqlarni belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlar bolib, ularni taqdim etgan taqdirdagina mazkur huquqlarni amalga oshirish yoki boshqa shaxslarga berish mumkin boladi". Bu manoda qimmatli qogozlarga "quyidagilar kiradi: obligatsiyalar, veksellar, cheklar, depozit va jamgarma sertifikatlari, bankning taqdim qiluvchiga pul beriladigan jamgarma daftarchasi, qonosament hamda qonun hujjatlari bilan qimmatli qogozlar jumlasiga kiritilgan boshqa hujjatlar". Shunday qilib, turli manbalarda, jumladan "Qimmatli qogozlar va fond birjalari togrisida"gi qonun hamda "Fuqarolik kodeksi"dagi qimmatli qogozlarning tarifi bir biridan jiddiy tarzda farq qiladi. Qimmatli qogozlarni bundan ham keng manoda korib chiqish mumkin. Yuqorida tilga olingan hujjatlardan tashqari, yana shunday, qimmatli qogozlarga tegishli bolmasada, lekin, ayrim iqtisodchilarning fikriga kora, qimmatli qogozlar, deb tan olinayotgan hujjatlar ham mavjud, chunki ular kopgina hozirgi tariflarda qimmatli qogozlarning barcha asosiy belgilarini ozida mujassamlantiradi. Gap, albatta, pul haqida borayapti.
Dostları ilə paylaş: |