245 Kimyoviy moddalarni ta‗mini bilish yo‘li bilan tekshirish mumkin emas. Xidlaridan ajratish
uchun nixoyatda extiyotlik bilan, chuqur nafas olmay gazlarni yoki bug‘larni qo‘l panjasi yordamida
asta-sekin harakatlantirib tekshirish mumkin.
Har qanday noma‗lum moddaga «u zaharli» deb yondoshish kerak.
Zaharli gazlar va moddalar bilan hamda o‘zidan zaharli gaz yoki bug‘ ajratadigan moddalar
(tsian birikmalari, xlor, brom, serevodorod, ammiak, organik eritmalar, uchuvchan kislotalar va
boshqalar) bilan o‘tkaziladigan ishlar germetik yopiq, yaxshi shamollatiladigan so‘ruvchi shkaflarda
bajarilishi kerak.
O‘yuvchi va kuydiruvchi moddalar bilan ish bajarilayotganda albatta xalat kiyilgan va tugmalari
taqilgan bo‘lishi kerak.
Kimyoviy eritmalar birdan qaynab toshib ketmasligi uchun, ular qaynatilayotgan idishlarga bir
nechta shisha kapillyar (naycha)lar yoki chinni parchalari tashlab qo‘yilishi kerak.
Reaktsiya ketayotganda idishlar ustiga, ayniqsa qizdirilayotganda, egilish mumkin emas.
Reaktorlarning chiqish teshiklarini ham teskari tomonga to‘g‘rilab qo‘yish kerak.
Agar bajarilayotgan ish o‘yuvchi, zaharli, tez alangalanadigan, portlovchi moddalar bilan bog‘liq
bo‘lsa va ular yuqori yoki past bosimda o‘tkazilayotgan bo‘lsa va nihoyat ushbu reaktsiyalar natijasida
yarador bo‘lish, kuyish, ko‘zga zarari tegishi mumkin bo‘lsa, albatta ximoya ko‘zaynaklari yoki
organik oynadan, metall to‘rdan qilingan niqoblar taqiladi.
Xech qanday moddani etiketka yoki yozuvsiz koldirish mumkin emas. Biror moddadan
foydalanilganda etiketka yoki yozuvlarini diqqat bilan o‘qish kerak. Agar shubhali bo‘lsa, darhol
tekshirib ko‘rih kerak.
Yong‘indan havfli, portlashdan havfli, zaharli, o‘tkir hidli moddalarning qoldiqlarini rakovina
yoki axlat idishlariga tashlash man etiladi. Aksincha ularni maxsus idishlarga yig‘ib, iloji boricha
zararsizlantirib maxsus jixozlangan quduqlarga ag‘darish kerak. Rakovinaga faqat suv va
neytiralangan eritmalar qo‘yish mumkin.
Kimyo laboratoriyalarida yolg‘iz tajriba o‘tkazish mumkin emas. Xonada eng kamida ikki kishi
va ulardan biri esa boshliq bo‘lishi kerak.