Sanoatda suvning umumiy qattiqligi qanday usullarda amalga oshiriladi? A. Soda-ohakli va ion almashinish usullarida.
V. Faqat soda bilan ishlov berish bilan.
S. Faqat ohak bilan ishlov berish bilan.
D. Hamma javoblar to‘g‘ri.
40. Uy-ro‘zg‘or sharoitida suv qanday yumshatiladi? a. Suv muzlatiladi.
b. Suv qaynatiladi.
s. Suvga soda solinadi.
d. B va C javoblar to‘g‘ri
KIMYOVIY LABORATORIYADA ISHLAYOTGANDA TEXNIKA XAVFSIZLIGI
QOIDALARI
« Kimyo va kimyoviy texnologiya» kafedrasi o‘quv laboratoriyalarida ishlayotgan xar bir shaxs
ishlatilayotgan kimyoviy moddalar, ulardan olingan mahsulotlarning xossalari, ya‗ni zaharlilik,
yong‘in va portlashdan xavflilik darajalari va moboda extiyotsizlik natijasida zaharlanish, kuyish yoki
tok urishi xollari yuz beradigan bo‘lsa, birinchi yordam ko‘rsatish usullarini bilmog‘i lozim.
Kimyoviy moddalarning xususiyatlarini va ulardan foydalanilayotganda qanday ehtiyot
choralariga rioya qilish lozimligini bilmaslik, baxtsiz vaqealarga va og‘ir oqibatlarga olib kelishi
mumkin. Ayniqsa portlovchi, yengil alangalanadigan va o‘yuvchi, zaharli moddalar bilan muomila
qilayotganda juda ehtiet bo‘lish kerak. Birorta ishni boshlashdan avval uni bajarish tartibi bilan
yaxshilab tanishish va ehtiyot choralarini ko‘rib qo‘yish kerak.
UMUMIY QOIDALAR Laboratoriya tajribalarini o‘tkazayotganda extiyotsizlik, diqqatsizlik va ish qurollari hamda
kimyoviy moddalarni yetarli darajada bilmaslik og‘ir-oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligini
hamisha esda tutish kerak.
Berilgan vazifadagi laboratoriya ishlarini bajarayotganda boshqa ishlar bilan va gap-so‘z bilan
chalg‘imaslik kerak.
Kimyoviy reaktsiyalarni bajarayotganda metodik qo‘llanmada qanday ko‘rsatilgan bo‘lsa, aynan
shunday idish, xajm va kontsentratsiyalarda bajarish, agarda birorta o‘zgartirish lozim bo‘lsa, faqat
rahbarning ko‘rsatmasi bilan bajarish va extiyot choralarini oldindan tayyorlab ko‘yish lozim.
Ish bajarilayotgan joyda taom yeb-ichish, chekish qat‗iyan man etiladi.