54
lentada biroz ushlanib qoladilar va lenta baraban yuzasidan o‘tgandan so‘ng 5—
bunkerga yig‘iladilar.
Termik usulda boyitish
xomashyo tarkibiga kirgan komponentlarning turli temperaturada
suyuqlanishiga asoslangan. Masalan, toza oltingugurtni oltingugurtli rudalardan
shu usulda ajratib
olinadi. Oltingugurt ancha past temperaturada (113—119°С) suyuqlanadi, keraksiz rudalar esa yuqori
temperaturada suyuqlanadi.
Kimyoviy usulda boyitish
xomashyo tarkibiga kirgan komponentlarning ba‗zi
birlarini
reagentlar ta‗sirida erishiga yoki bir-biridan oson ajraladigan birikmalar hosil qilishiga asoslangan.
Kimyoviy usulda boyitishga minerallarni yuqori temperaturada kuydirish ham kiradi. Bunda
karbonatlarning, organik aralashmalarining parchalanishi va namlikning yo‘qolishi
hisobiga
xomashyodagi kerakli komponentning miqdori ortadi.
Dostları ilə paylaş: