52 kuchliroq bo'ladi. Pulpa orqali havoning mayda pufakchalari puflansa, o'zi bilan birga gidrofob
zarrachalarini ham olib yuzaga qalqib chiqadi. Qattiq zarrachaning ho'llanmaslik darajasi va ho'llanish
chekka burchagi qanchalik katta bo'lsa, uning havo pufakchasiga yopishish va yuzaga qalqib chiqish
ehtimoli shunchalik katta bo'ladi. Natijada suyuqlik yuzasida gidrofob material zarrachalarini olib
chiqqan ko'pikchalar qavati hosil bo'ladi. Uni osongina ajratib olish mumkin. Yaxshi ho'llanadigan
zarrachalar asta-sekin suyuqlik ostiga cho'kib to'planadi.
Tabiiy minerallar ho'llanish darajasi bilan bir-biridan kam farq qiladi. Shuning uchun ham
flotatsiyaga qulay muhit yaratish uchunpulpaga turli flotareagentlar qo'shiladi. Barcha flotareagentlar:
ko'pik hosil qiluvchilar, yig'gichlar va to'g'rilagichlar (regulyatorlar)ga bo'linadi.
Ko'pik hosil qiluvchilar organik sirt aktiv moddalar bo'lib, ko'pikning tashqi
Yig'gichlar — organik moddalar bo'lib, molekulasi qutbsiz (uglevodorodli) va qutbli
(karboksil, gidroksil, amin va boshqa) qismlardan tuzilgan bo'ladi. Bunday moddalar o'zining qutbli
guruhlari bilan qattiq zarracha yuzasiga absorbsiyalanib, uning gidrofobligini keskin oshiradi. Natijada
unday zarrachalar pufakchalar (ko'pikchalar) sirtida yig'iladi va suyuqlik yuzasiga qalqib chiqadi.
Yig'gichlar sifatida, sulfidli rudalar uchun kisantogenotlar va ditiofosfatlar, ishqoriy yer elementlari
tuzlarini yoki metall oksid-larini (Sn0
2
, Fe
2
0
3
, Mn0
2
) saqlovchi minerallar (appatit (Ca
3
(P0
4
)
2
• CaF
2
),
flyurit (NaAlF
6
),barit (BaS0
4
) vaboshqalar) uchun yuqori alifatik aminlar ishlatiladi.
Regulyator — to'g'rilovchi, reagentlarning tanlab ta'sir etish xossasini oshirish uchun
xizmat qiladi. To'g'rilovchilardan bir xillari yig'gichlarni absorbsiyalanishini tezlashtirsa, boshqalari esa
flotatsiyalanishi kerak bo'lmagan zarrachalarga absorbsiyalanib, ularning gidrofilligini oshiradi.
Regulyatorlar, molekulasida gidrofob guruhlari bo'lmaydi. Masalan, suyuq shisha silikat minerallarni va
ohakning flotatsiyalanishini kamaytiradi. Shunday qilib, ko'p marta selektiv flotatsiyalash natijasida
nafaqat foydali komponentni, bekorcha jinslardan ajratib boyitish, balki ularni to'liq ajratish ham
mumkin. Flotareagent sarfi katta bo'lmaydi. Bir tonna jinsga 100 grammgacha flotareagent sarflanadi
xolos.