48
1- rasm. Maydalovchi mashinalar
Navlarga ajratish
Xomashyo zarrachalarining katta-kichikligiga qarab fraksiyaga ajratiladi hamda boyitiladi. Agar
xomashyo qattiqligi turlicha bo'lgan minerallardan iborat bo'lsa, yumshoqlari juda maydalanib ketadi.
Qattig'i esa yirikroq bo'laklarga bo'linadi. U elakdan o'tkazilgandan so'ng yiriklari maydasidan
ajratiladi, navlarga bo'linadi va bir yo'la xomashyo ham boyitiladi. Masalan, fosforid va appatit rudalar
bekorcha jinslardan shunday yo'l bilan ajratiladi. Qattiq xomashyolar
zarrachalarining katta-
kichikligiga qarab g'alvirdan o'tkazish yo'li bilan navlarga ajratiladi.
G'alvirlar yassi yoki silindrsimon bo'lishi mumkin. Navlarga ajratishni jadallash uchun g'alvir
aylanishi, tebranishi, titrashi kerak. Maydalangan xomashyoni bir necha fraksiyalarga, navlarga ajratish
uchun, u teshiklarining kattaligi turlicha bo'lgani bir necha g'alvirda elanadi yoki teshildarining kattaligi
har xil bo'lgan bir necha seksiya — bo'lmalardan iborat silindrsimon g'alvirlardan (baraban g'alvir)
o'tkaziladi. (3- rasm)
Gravitatsion boyitish
massasi, kattaligi va zichligi turlicha bo'lgan zarrachalarning suv
yoki gaz oqimida og'irlik kuchi ta'sirida yoki markazdan qochma kuch ta'sirida har xil tezliklarda pastga
tushishiga asoslangan. Xomashyo
suvda erisa yoki buzilsa, quruq usulda foydalaniladi.
Quruq gravitasion usulda boyitish havo oqimida cho'ktirish orqali yoki separator mashinalarda
olib boriladi. Havo separatorining tuzffishi 4- rasmda berilgan. U ikki:
ichki va tashqi konusdan
xomashyoni changitib to'kuvchi qurilma hamda havoni aylantiruvchi moslamadan qurilgan.
Maydalangan kukunsimon ashyo aylanuvchi tarelka yordamida ichki konus ichiga sochilib turadi.
Mayda zarrachalar havo oqimi bilan yuqoriga ko'tariladi va tashqi konusga tushib, uning ostki qismidan
chiqadi, yirikroq zarrachalari esa ichki konusning ostiga cho'kib maxsus quvur orqali chiqadi