1 О‗zbekiston respublkasi oliy va о‗rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti



Yüklə 180,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/308
tarix07.01.2024
ölçüsü180,2 Kb.
#206847
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   308
Xomashyoni boyitish usullari 


46 
 
Xomashyo tarkibidagi foydali elementlarining miqdorini oshirish va keraksiz jinslardan qutilish 
maqsadida xomashyo boyitiladi. Ishlab chiqarishda boyitilgan xomashyoni ishlatish transport 
xarajatlari va sarf qilingan energiya miqdorini kamaytirishga, hamda ba‗zi reaktsiyalarda ajralib 
chiqqan energiyadan samarali foydalanishga olib keladi. 
Hozirgi vaqtda xomashyoning boyitishning bir necha turlari mavjud.
Ulardan eng muhimlari quyidagilari:
1.
Mexanik boyitish 
2.
Termik boyitish 
3.
Kimyoviy boyitish 
4.
Elektromagnit boyitish 
5.
Flotatsiya yoki fizik-kimyoviy boyitish. 
Mexanik usulda asosan qattiq minerallar elaklaga va gravitatsion ajratish yo‘li bilan 
boyitiladi. Elaklash usuli tarkibida qattiq va yumshoq jinslardan iborat bo‘lgan minerallarni boyitishda 
ishlatiladi, Mexanik kuch ta‗sirida mo‘rt, yumshoq jinslar oson maydalanadi va elakning teshiklaridan 
o‘tib kerakli jinslardan ajratiladi. Masalan, fosforitni kerakmas jinslardan elaklash usuli bilan ajratib 
olish mumkin. 
1. Konsentrat miqdori (chiqimi) olingan konsentrat massasini m
к
boyitilayotgan xom ashyo 
massasiga m
х
bo'lgan nisbati orqali aniqlanadi:
2. Foydali komponentni ajratib olish darajasi konsentratdagi foydali komponent massasini m
к
boyitilayotgan xom ashyo tarkibidagi foydali komponent massa qismiga m
х
bo'lgan nisbati orqali 
aniqlanadi: 
Gravitatsion boyitish ho‘l va quruq usulda olib boriladi. Bu usul gaz va suv oqimida 
kelayotgan zichligi va o‘lchami har xil bo‘lgan zarrachalarni turli tezlikda cho‘kishiga asoslangan. 
Gravitatsion usullar silikat materiallar, mineral tuzlar ishlab chiqarishda va metallurgiya sanoatida 
ishlatiladigan xomashyoni boyitishda keng qo‘llaniladi. 
Maydalangan xom ashyo aralashtirgich yordamida suv bilan aralashtirilib pulpa (qattiq 
materialni suyuqlik bilan aralashmasi) shaklida vertikal cho‘ktirish kameralaridan iborat tindirgichga 
yuboriladi. Kamera bo‘ylab pulpaning harakat tezligi kamayib boradi. Natijada qattiq zarrachalarning 
cho‘kishi osonlashadi. I—kamerada katta zarrachalar, II va III—kameralarda o‘rtacha va yengil 
zarrachalar cho‘kadi. Tindirgich kameralarning sonini ko‘paytirib xomashyoni turlicha fraktsiyalarga 
ajratish mumkin. Ko‘pincha cho‘ktirish kameralarining bittasida xomashyo tarkibida keraksiz jinslar 
(tuproq, loyqalar) cho‘kmaga tushadi va kontsentrlangan mineral keyingi kameralarda ajratib olinadi. 

Yüklə 180,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin