43 Kimyo sanoati juda ham katta miqdordagi xomashyoni qayta ishlab, ularni kerakli mahsulotlarga
aylantiradi. Ko‘p hollarda 1 t mahsulot olish uchun 3—5 t xomashyoni sarf qilishga to‘g‘ri keladi.
Xalq xo‘jaligi turli soxalarining kimyo sanoati mahsulotlariga bo‘lgan talabining yil sayin ortib borishi
xomashyo zaxirasini va uning turlarini kengaytirishni talab etadi.
Xomashyoning klassifikatsiyasi Kimyo sanoatida xomashyo turli belgilariga qarab bir necha turlarga bo‘linadi. Kimyoviy
tarkibiga qarab ikki turga bo‘linadi:
1.
Noorganik xomashyo
2.
Organik xomashyo
Kelib chiqishiga qarab quyidagi asosiy guruxlarga bo‘linadi:
► 1) mineral;
► 2) mineral bo‘lmagan;
► 3) o‘simlik;
► 4) hayvonot;
► 5) suv va havodan olinadigan xom ashyolar
Bu guruhlar o‘z navbatida bir necha guruhlarga bo‘linadi.
Yer qa‗ridan olinadigan hamma foydali qazilmalarga mineral xomashyo deb ataladi va ular
ma‗danli, noma‗dan va yonuvchan xomashyo sinflarni tashkil etadi. Ularni qayta ishlab asosan
metallar, metall qotishmalari, hamda kimyoviy mahsulotlar olinadi. Masalan, sulfidli rudalarni qayta
ishlaganda mis, rux va nikel metallari bilan-bir vaqtda sulfat kislota ham olish mumkin.
Xomashyolarga tarkibida oltingugurt tutgan tog‘ jinslari, fosfatlar, tabiiy kaliyli tuzlar, osh tuzi,
qum, tuproq va boshqalar kiradi. Ular asosan o‘g‘itlar, tuzlar, kislota va ishqorlar, tsement, shisha va
keramik buyumlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Yonuvchi mineral xomashyoga yer qa‗rida uchraydigan ko‘mir, neft va tabiiy gaz kiradi.
Ulardan asosan issiqlik energiyasi ishlab chiqarishda yoqilg‘i sifatida va qator kimyoviy mahsulotlar
ishlab chiqarishda foydalaniladi.
O‘simlik va hayvonot xomashyolariga yog‘och, teri, jun, ipak va x.k. kiradi.
Havo va suv ham arzon xomashyo turiga kiradi. Havodan azot va kislorod olinadi.
Suvdan esa vodorod va kislorod olish mumkin. Suv yana ko‘pchilik jarayonlarda qatnashadi, hamda
qattiq suyuq va gaz moddalarni eritishda ishlatiladi.
Turli moddalarni xomashyo sifatida ishlatilishi ularning bahosiga, yerdagi zahirasiga, qazib
olinishiga hamda texnikaning rivojlanish darajasiga bog‘liq.
Xomashyo muammosini hal qilishda, asosan, quyidagi yo‘nalishlarda izlanishlar olib
borish zarur:
►1. Xomashyoning arzonroq turlarini qidirib topish va ishlatish.
►2. Kontsentrlangan (boyitilgan) xomashyoni ishlatish.
►3. Xomashyoni kompleks ishlatish.
►4. Oziq-ovqat uchun ishlatiladigan xomashyoni boshqasiga almashtirish.