75
Tiniqlik esa ko‘z yoki fotoelement yordamida standart belgilar ko‘rinadigan suv qalinligi bilan
o‘lchanadi.
Oksidlanuvchanlik suvdagi organik moddalar miqdori bilan belgilanadi va 1 kg suvdagi
moddalarning oksidlanishiga sarflanadigan kislorod miqdori bilan o‘lchanadi.
Suvning reaktsiyasi, ya‗ni uni nordon yoki ishqoriyligi bilan xarakterlanib, vodorod ko‘rsatkichi
(рН) bilan o‘lchanadi. Tabiiy suvlar рН 6,8—7,3 atrofida o‘zgarib turadi.
Ichimlik suvlar uchun eng muhim xossa ularning zararsizligi, mazasi, hidi, rangidir. Bu shartlar
tegishli standartlarda qayd etilgan.
Sanoat suvlari asosan yirik zarrachalardan va tuzlardan holi bo‘lishi kerak. Yirik zarralar, ular
oqadigan quvurlar va naylarni ifloslantiradi va batamom berkitib qo‘yib, halokatga olib keladi. Erigan
gazlar va tuzlar esa metallarni korroziyaga uchratishi va quyqalar hosil qilishi mumkin.
Quyqa devorlarda qalin qatlam hosil qilib issiqlik almashinishini yomonlashtiradi.
To‘qimachilik sanoatida yuvish jarayonlarida qattiq suv sovunni ko‘p sarflanishiga sabab bo‘ladi.
Shuning uchun suv tayyorlash jarayoni ko‘p pog‘onali murakkab jarayondir, xo‘jalik ham sanoat
uchun ancha qimmatga tushadi.
Suvni tejash maqsadida sanoatda suvni yopiq tsikl bo‘yicha, ya‗ni aylanma usulida ishlatishga
harakat qilinadi. Atrof muhitni muxofaza qilish maqsadida chiqindi suvlarni tozalab, kaytadan sanoat
tsikliga kirgiziladi. Biz bu yerda asosan chiqindi suvlarni tozalashga to‘xtaymiz, chunki birlamchi
tabiiy havzalardan olinadigan yangi suvlarni tayyorlash operatsiyalari ham unga o‘xshash.
Dostları ilə paylaş: