76
2.
Filtrlash va tutib qolish
. 1 m balandlikka ega bo‘lgan oqava suv tarkibidagi turli jism
va organizmlarni mayda zarrachalarining,
massalariga qarab, cho‘kish vaqti quyidagi jadvalda
kеltirilgan:
№
Jism va organizmlar turi
Zarracha diamеtri, mm
1m suv ustunida
zarrachani cho‘kish
vaqti
1
Shag‘al
10
1 sеk
2
Qum
1
10 sеk
3
Mayda qum
0,1
2 min
4
Loy (tuproq aralashmasi)
0,01
2 soat
5
Baktеriya
0,001
8
sutka
6
Kolloid (yirik)
0,0001
2 yil
7
Mayda kolloid zarrachalari
0,00001
20 yil
Jadvalda ko‘rsatilgan aralashma modda zarrachalarining tabiati hususida yaqqol tasavvurga ega
bo‘lish uchun misol sifatida shuni ta'kidlash lozimki, 0,1 mg dan kam bo‘lgan kolloid birikma yoki
baktеriyalar 1 l suv hajmida 10 mln.dan ortiq mayda zarrachalardan tashkil topishi mumkin. Shuning
uchun ham suv sifati to‘g‘risidagi tushunchalar nisbiydir. Ko‘pincha, suv
tiniqligi va unda erimay
kichik zarrachalar holda tarqalish darajasini baholashga odatlanilgan. Aslida kolloid suspеnziya
zarrachalari barcha tur suvlarda juda ko‘p miqdorda va barqaror holatda mavjuddir.
Yuqori darajada dispеrslangan ko‘z ilg‘amas kolloid zarrachalarni oqavalarni ajratib olish
uchun, tеxnologik jarayonlar paytida koagulyatsiya va flokulyatsiya dеb
yuritiluvchi fizik kimyoviy
usullar qo‘llanilishini ta'kidlash zarur.